Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


Download 111.49 Kb.
bet8/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

And when death comes and stands by,
And my griefs are gone away,
And on the bed o f death I lie
I '11 pass by your door some day.
Bundan tashqari, o‘tgan zamonda ishlatilgan to‘g‘ri fe’llardagi -ed suffiksi, ba’zi hollarda qisqartirilib ishlatiladi.
Misol:
I f ever any beauty I did see.
Which I desired, and got, twise but a dream o f thee.
(John Done “The good- Morrow”)
Umuman olganda, ingliz she’riyatida qisqartirilgan so‘zlar deyarli har bir she’rda uchraydi. Jumla it is deb boshlanish o‘rniga ‘Tis deb boshlanadi. Misol:
Tis true, than learn how false fears be.
(John Done. The Flea.)
Even” сўзи “e’en” deb yoziladi va bu hol misraning o‘zining qofiyadosh misrasi bilan bir xil o‘lchovda bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Misol:
Bid те despair, and I’ll despair
Under that cvpress – tree
Or bid me die, and I will dare die
E’en Death, to die for thee.
O‘zbek tilidagi she’rlarni ingliz tiliga tarjima qilar ekanmiz, ushbu holatlarga e’tibor berishimiz va ingliz she’riyati qonun-qoidalariga asoslanib she’rni qayta yaratish kerak, bunda shakl va mazmun birligiga rioya qilishimiz zarur buladi.
Misol:
Ko‘zlaringdan necha su kelgan deb, o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi. (Alisher Navoiy)
Tarjima:
And ‘tis not те who's to be blamed fo r heavy rains pour’d
from sore eyes,
And there were not tears, but blood o f mine, thus night tears
fail ’d to come. (D. Sultanova tarjimasi)
Tashqi ko‘rinishdan o‘zbek tilidagi jumlalar kalta va ixchamdek ko‘rinadi, hammasi bo‘lib 18 ta so‘z ishlatilgan, lekin bu 18 ta so‘z 30 ta bo‘g‘indan iborat. Ingliz tilida esa bu bandda 30 ta so‘z ishtirok etgan va bu so‘zlar 32 bo‘g‘indan iborat. Shunday qilib, ingliz she’riyatida bir bo‘g‘inli so‘zlar ko‘prok ishlatiladi, degan koidasiga amal qilgan holda, o‘zbek, aruzini ingliz tilida qayta yaratilishini ko‘rish mumkin. Asliyatdagi misradagi sintagmalar (gapning ma’noli bo‘linishi) tarjimada aks etgan. Xuddi shu bandning K.Mamurov tomonidan qilingan tarjimasini tahlil qilamiz.
Misol:
Don’t humilate те by saying my eyes shed much water...
All that I shed was blood, but that night, even tears did not come.
Bandda 24 ta so‘z bo‘lib, ular 29 bo‘g‘indan iborat. Shakl qayta yaratilgan desak bo‘ladi, ammo mazmun to‘la berilmagan. “O‘lturmang meni” so‘zlarini “don’t humilate me” deb o‘girish aslo maqsadga muvofiq emas. “Humilate” so‘zi lug‘atda “unijat” ya’ni “kamsitmok” deb berilgan. “Water” so‘zi umuman ko‘z yoshi ma’nosida ishlatilishi ham uncha to‘g‘ri emas. Tarjimada shakl va mazmun birligini hamma vaqt nazarda tutmoq va unga erishmoq lozim. She’riy tarjima taraqqiyotida uning milliy va baynalmilal tomonlari koʻzga tashlanadi. Milliy tomoni milliy til tabiatiga suyanganligida koʻrinadi (mas, qofiya milliy til bilan bogʻliq milliy unsur boʻlib, uning ifodalanishida yaqqol namoyon boʻladi). Tarixan xalqlarning oʻzaro bir-birlariga yaqinlashishlari natijasida turli xalqlarning Sheʼr tuzilishi ham oʻzaro yaqinlashadi. Masalan, oʻzaro yaqin milliy til guruhlarida Sheʼr tuzilishi bir-biridan keskin farq qilmaydi (masalan, turkiy xalqlar). Sheʼr tuzilishining baynalmilal tomoni esa takomillashuv yoʻli bilan taraqqiy etib, shakl oʻzgarishi tarzida sekin-asta oʻzgarib borgan. Sheʼr tuzilishi unsurlari turli millatlar uchun mushtarak boʻlishi ham mumkin (mas, barmoq va aruz aksar turkiy xalqlarda ishlatib kelinadi; band ham koʻplab xalqlar SHeʼr tuzilishi uchun baynalmilal hodisa; sonet yoki gʻazal jahonning koʻpgina xalqlari sheʼriyatida qoʻllangan va qoʻllanmoqda). She’riy tarjima tarixiy taraqqiyot, davr uslubi va madaniyadabiy anʼanalar bilan uzviy aloqada yashaydi. Bir Sheʼr tuzilishida turli sheʼr tizimlarining imkoniyatlari mavjud boʻlishi va ular tarixiy taraqqiyot natijasida birinketin roʻyobga chiqishi mumkin. Har qanday Sheʼr tuzilishidagi vazn asosida boʻgʻin turadi. Biroq sheʼr tizimlarining xarakteri boʻgʻinning qaysi xususiyatiga tayanishiga bogʻliq. Sillabik tizim, shu jumladan, oʻzbek barmoq tizimi boʻgʻinlarning soniga, tonik tizim urgʻusiga, sillabiktonik tizim esa boʻgʻinning urgʻuli va urgʻusizligiga tayanadi, aruz esa boʻgʻinning choʻziqqisqaligiga qaraydi. Bunda sintaktik parallelizmga tayanilgan. Misralar dastlab boʻgʻin soni jihatidan teng boʻlmagan, ularni sheʼriy alliteratsiya, tovush usullari va soʻz takrori uyushtirgan, qofiyalar bilan soʻz takrorlari aralash holda misra ichida joylashgan (qofiyaning misra oxiriga chiqishi keyingi davrlarga xos hodisadir). Buni oʻziga xos barmoq sheʼr tizimi davri, deyish ham mumkin; 2) aruz vazniga asoslangan Sheʼr tuzilishi davri. Aruz arab xalq ogʻzaki ijodi negizida 8-asrda shakllangan va islom dinining yoyilishi bilan avval Eronga, keyin Oʻrta Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan va 11-asrdan qoʻllana boshlagan. Juda koʻplab durdona asarlar shu Sheʼr tuzilishida yaratilgan;3) erkin vaznga asoslangan SHeʼr tuzilishi oʻzbek adabiyotiga 20-asrning 20-yillarida rus tonik sheʼr tizimi taʼsirida kirib keldi. Biroq bu vazn oʻlchov, qofiya, band jihatidan erkin boʻlsada, alohida tizim emas, balki barmoq vaznining sodda, qoʻshma, aralash, murakkab kabi vazn turlaridan biridir; 4) boʻgʻinurgʻu, miqdorurgʻu va qorishiq sheʼr tizimlari. Bular nisbatan keyinroq paydo boʻlgan tizimlardir. Biroq yuqorida sanalganlardan faqat 2 tasi — barmoq va aruz tizimlari oʻzbek SHeʼr tuzilishining asosini tashkil etadi. Negaki, oʻzbek sheʼriyati, asosan, barmoq va aruzda yaratilgan. Qolgan sheʼr tizimlari — erkin vazn, boʻgʻinurgʻu, miqdorurgʻu va qorishiq tizimlar u qadar keng tarqalmagan. Sheʼr tuzilishi — sheʼriy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, yaʼni sheʼriy nutq nasriy nutqdan Sheʼr tuzilishi qonuniyatlariga koʻra va shu qonunqoidalarga qatʼiy amal qilinishi bilan farqlanadi. Sheʼr tuzilishi aslida oʻziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki sheʼrning yaratilishida juda koʻplab gʻoyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, gʻoya, band, naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urgʻu, poetik timsollar, fonetik usullar, badiiy sanʼatlar, syujet, timsol, kompozitsiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan sheʼr paydo boʻladi. SH.t.dagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: mazmunga oid unsurlar va shaklga oid unsurlar. Sheʼr toʻqimasida bu unsurlar bir-biriga chambarchas bogʻliq va ularni sira bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Sheʼrda bir unsur ikkinchisiga, ayni damda, ikkinchisi birinchisiga oʻtib turishi, baʼzi hollarda esa bir unsur ham mazmun, ham shakl vazifasini oʻtashi mumkin (mas, timsol). Sheʼrda mazmun va shakl bir butun holda voqeʼ boʻladi. Sheʼrda mazmun va shakl mutanosibligi haqida Alisher Navoiy shunday yozgan:Nazmda ham asl anga maʼni durur, Boʻlsun aning surati har ne durur. Nazmki maʼni anga margʻub emas, Ahli maoni qoshida xoʻb emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida maʼni dagʻi dilkash anga. ("Hayrat ul abror") Sheʼr tuzilishida, asosan, 5 shakliy unsur ishtirok etadi, bular: vazn, qofiya, band, takrir va tajnis Bu jihatlar nasrda ham uchrashi mumkin. Biroq ular nasrda muntazam ravishda mavjud emas Vazn — sheʼr oʻlchovi yoki meʼyorini bildiradi. U sheʼriy nutqni nasriy nutqdan ajratib turuvchi asosiy unsurlardandir. Vazn baʼzan sajʼda va aruzning bahri taʼvil shaklida ham uchrashi mumkin. Qofiya esa ohangdosh soʻzlarni sheʼr misra (bayt, band)larida tizimli boʻlib kelishidir. U yeajʼ va boshqalar shakldagi asarlarda ham qoʻllanadi. Band — sheʼrning alohida qofiyalanish tartibiga ega ritmik boʻlagi. U qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartib asosida takrorlanishidir. Vazn va bandni tildan ajralgan holda, turli jadvallar va belgilar bilan ham koʻrsatish mumkin. She’riy tarjima badiiy tarjima murakkab ijodiy jarayonni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu murakkablik, ayniqsa, she’riy asarlar tarjimasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bois biz mazkur soha vakilini haqli ravishda shoir-tarjimon, deb ataymiz. Nasriy asarda syujet, kompozitsiya, voqealar rivoji va yechim bor. Bunda ustoz adib Asqad Muxtor ta’biri bilan aytganda, tarjimon — chizmakash emas, rassomdek ijod qiladi va tarjimaning turli, jumladan, metonimik, transformatsiya usullari, implitsit(yashirin) ma’nolarni eksplitsit(mufassal) bayon qilish yo‘llari orqali muallif fikrini kitobxonga aniqroq yetkazishga intiladi. Ammo to‘rt satr she’rdagi ohang va lirik kechinmani o‘quvchi qalbidan joy oladigan darajada tarjima qilish shoirona ilhom va mahoratni taqozo etadi. She’riy asar tarjimoni tarjimaning boshqa sohalari (ilmiy-texnikaviy, sinxron, axborot-analitik materiallar tarjimasi) bilan shug‘ullanadigan, buyurtma asosida ish yuritadigan tarjimondan tubdan farq qiladi. Zero, u she’rni qalban his eta oluvchi tug‘ma iste’dod egasidir. Shu ma’noda, she’rlarni buyurtma asosida tarjima qildirish doim ham samarali natija bermasligi mumkin. Sababi, she’riy tarjima ham she’r kabi ilhom kelganda, asar tarjimonga kuchli ta’sir ko‘rsatganda dunyoga keladi. Qo‘liga buyurtma she’rni olib tarjimaga kirishgan mutarjimning ishida ijod zavqi emas, buyurtmani egasiga tezroq topshirish istagi ustuvorlik qiladi. Fikrimizga dalil sifatida ayrim tarjima asarlarni misol sifatida keltirib, tahlil qilishga urinib ko‘raylik. O‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga tarjima ixlosmandlari tarjimon Qosim Ma’murovning internetdagi shaxsiy blogida (http://kosimamur.blogspot.com) ijodiy ishlari bilan tanishishlari mumkin. Ustoz tarjimon har gal uchrashganda qo‘limga yangi-yangi ijod mahsullarini tutqazadi, o‘qib chiqib fikrimni aytishimni so‘raydi. Bular, asosan, buyurtma tarjimalar bo‘ladi. Shoirlarimizning o‘z ishlarini chet ellarda ­targ‘ib qilishga bo‘lgan ishtiyoqlari yaxshi, albatta. Ammo she’r tarjimasi ko‘ngil ishi ekanini tan olmay iloj yo‘q. Zero, tarjimon ko‘ngliga mos kelgan, ruhiyatiga tushgan she’rnigina ilhom bilan qayta yaratadi. Aksincha, belgilangan muddatda tugatilishi shart qilib olingan she’riy tarjimadan mutarjim zarracha ta’sirlanmasligi ham mumkin. Natijada tarjima quruq va shirasiz chiqadi. Q.Ma’murovning ham tarjimalarida asliyat ohangi va ruhiyatini saqlab qolgan professional ishlar bilan bir qatorda, shunchaki taglamasifat chiqqan she’riy tarjimalar ham uchraydi. Ammo uning hazrat Alisher Navoiy ruboiylaridan qilgan inglizcha tarjimalarida sharqona ohang, ritm va qofiyalanish, ulug‘ shoir ijodiyotiga xos nuktapardozlik aniq aks etgan. Mana bir misol:

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling