She’riy san’atlar
Download 443.97 Kb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'at
TANOSIB
Aslida, ko‘plab badiiy san’atlar so‘zlarning she’riyatdagi ma’naviy aloqadorligiga tayanadi. Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir- birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi tanosib deyiladi. Masalan, bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi. Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk. Lutfiy bu o‘rinda yanoq, ko‘z, dahan kabi kishi tanasi qismlarini, shuningdek, olma, bodom, pista singari meva nomlarini bir baytga jamlagan. Ayni paytda olmadek yanoq, bodomdek ko‘z, pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta’sirchanlik ham berib turibdi. Atoyining quyidagi misralarida ham tanosib mavjud: Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda. Bu yerda soch, ko‘ngil, oyog‘, bosh so‘zlari o‘rtasida mutanosiblik bor. Quyidagi baytda esa Atoyi cherik (askar), mulk (mamlakat), oldi (bosib oldi), ittifoq (ikki mamlakatning o‘zaro kelishishi) kabi so‘zlarning ma’no yaqinligidan foydalangan: Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla, ya’ni sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari – qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi. TARSE'She'rda birinchi misra so'zlari bilan ikkinchi misra so'zlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh, qofiyadosh bo'lib kelishi tarse' (ar."ziynatlash, "bezash", "ipga marjon tizish") hisoblanadi. Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi, Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi. TAZMIN (ar."bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo'ymoq") she'rga o'zga shoir (ko'pincha ustozlar) she'ridan bir misra yoki bir bayt olib, o'sha vazn, o'sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she'r bitish san'ati hisoblanadi. Masalan, Mashrab o'zining Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondir jigarim xoh inon, xoh inonma - tarzida boshlanuvchi g'azalida Lutfiyning mashhur g'azalidan bayt keltiradi. TAZOD Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi. Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon ko‘z oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi: Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur, Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur. Bu yerda «tirilmoq» va «o‘lmoq» so‘zlari o‘zaro zid qo‘yilgan. Quyidagi baytdagi tazodlar «nasya» bilan «naqd» so‘zlari tufayli hosil bo‘lgan: Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? She’riy san’atlarni qo‘llashda ham Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Quyidagi misolning har ikki misrasida ham tazod mavjud: Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor. TASHBEH (ar."o'xshatish") - biror obraz yoki voqeani boshqa biror narsa yoki voqeaga qiyoslash orqali o'xshatishdir. Bunda so'zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisalar, xususiyatlar o'rtasida mavjud bo'lgan o'xshashlik, sifat, belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o'zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisalarning ayrim xususiyati yorqin va ta'sirliroq shaklda ochib beriladi. Tashbehda o'xshatilgan narsa mushabbah, o'xshagan narsa mushabbahun-bihi, bir predmetning ikkinchisiga o'xshatilish sababi (asosi) vajhi shaboh, o'xshatish vositasi odati tashbeh (-dek, -day, - cha, -simon, -vor, -saro, -vash, -oso, -iy, misli, kabi, go'yo, xuddi, yanglig', singari va boshq.) deb ataladi. Ko'zlaring cho'lpona o'xshar, qoralig'da sochlaring Orazing oydin munavvar, osmondir qoshlaring Download 443.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling