She’riy san’atlar
-sinf TASHBEH (O‘XSHATISH)
Download 443.97 Kb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'at
10-sinf
TASHBEH (O‘XSHATISH) Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuritiladi. U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi. Adiblar tashbehdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi. Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatilgan narsa (mushabbah) o‘xshagan narsa (mushabbahbihi), o‘xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o‘xshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat. O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlash zarur. Bu ma’lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llaidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qo‘llanadi. Bo‘ri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning hammasida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi. Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan: Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda. TA’DID Ta’did to‘g‘risidagi ma’lumotlarni klassik poetika haqidagi manbalarning ko‘plarida uchratish mumkin. Bu ma’lumotlarda u turli nomlar bilan yuritilgan. Masalan, siyoqat-ul a’dod («Aruzi Humoyun», «Badoye’ us-sanoe’», «Latoyif at-tavoif», «Jamoi muxtasar», «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»), ta’zil («Badoye’ us- sanoe’»), shumur («San’athoyi bade’yi dar she’ri tojikiy»), e’dod, ta’did, te’dod («Ilmi bade’ dar zaboni forsiy») shular jumlasidandir. Bu usulning go‘zal namunalarini so‘z ustalarining deyarli barchasida uchratish mumkin. Jumladan, Ahmad Yassaviy o‘zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun shu san’atdan foydalanadi: Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. Birinchi misraga e’tibor berilsa, xuddi birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan tarzidagi sanoq ohangi seziladi. Ayni mana shu tarz unga alohida ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Ta’didning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fikriy rivojni, ketma-ketlikni, tadrijiylikni anglatadi: O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Download 443.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling