"MUSOVIYATTARAFAYN"Bunda she'r misralari odatdagi
o'qilishidan tashqari yuqoridan pastga qarab o'qilganda ham bir xil
matn hosil bo'laveradi. "Musoviyattarafayn" arabcha so'z bo'lib, "ikki
tomonlama teng, bir xil" degan ma'noni bildiradi.
Ogahiyning quyidagi musoviyattarafayn usulida yozilgan she'ri
adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan hisoblanadi:
Ul sho'xki
ochildi
xat-u
ruxsori
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
Xat-u
yuzi
besabr-u
qarori
man man
Ruxsori
gulnori
man man
zori
QAYTARISH SAN'ATI(takrir) baytdagi mazkur o'rinlardan biridagi
so'zning yana boshqa bir o'rinda takrorlanishini nazarda tutadi.
Qaytarish san'atida quyidagilarni bilish
Husnni to huvaydo qildi xoliq
Husn birla vafo bo'lmas muvofiq.
RADD UL-MATLA’G'azaldagi matla' birinchi misrasining maqta'dagi
ikkinchi misrada takrorlanishi, ya'ni g'azalning birinchi misrasini
uning oxirida takrorlash san'ati radd ul-matla' (ar."matla'ning
qaytarilishi") hisoblanadi.
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
....
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini, ayt,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?!
RUJU' (AR."QAYTISH") Ruju'ning mohiyati o'z-o'zini inkor etib,
fikrni kuchaytirishdadir.
O'n sakiz yil dema, yuz sakson yil o'lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim, ko'zu qoshindadur.
SAJ'. Gapdagi ayrim bo'laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi,
nasriy asarlardagi qofiya saj' (ar."qofiyali nasr") deyiladi.
Misollar:
"Ravshanxon bu bog' devorlariga qarasa, tik paxsasini ishlagan,
devorining tagini g'ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan,
devorlarni ganjlagan…".("Ravshan"dostonidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |