She’riy san’atlar


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa.
Bu o‘rinda Lutfiy savob, olqish, duo so‘zlarini ketma-ket sanash 
orqali ushbu san’atni hosil qilyapti.
Ta’didda, asosan, sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam 
qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, 
olmosh va ravishlar ham bajaradi.
Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket 
foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin:
Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor,
Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor.
Bugina emas, bir xil grammatik o‘zaro bog‘lanishlar takrori ko‘pincha 
she’riy musiqani kuchaytirib yuboradi. Hozirgi misolimizda ham bu 
holat kuzatiladi. Unda to‘ldiruvchilar tilingni, ko‘zingni, bo‘g‘uzni 
so‘zlari o‘ziga xos ichki qofiyalarga yaqinlashadi, kesimlar esa 
(ko‘dazgil) radif vazifasini ado etyapti. Bu ichki qofiya va radiflar 
baytning ritmik ohangdorligini yoki boshqacha qilib aytsak, musiqiy 
bo‘yog‘ini ta’minlayapti.
SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN 
SAN’ATLAR
TASDIR  
Tasdir – badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga 
asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati shunday: baytni boshlagan 
so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi 
birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning 
oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga 
ko‘ra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida r a d d u l - s a d r i i l a l - a j u 
z (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi.
Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida ko‘rinsa-da, shoirlar uni 
turli maqsadlarda qo‘llar ekan, uning xilma-xil ko‘rinishlarini va hatto 
aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan.
Tasdirlar, eng avvalo, tuzilishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sodda va 
murakkab. Sodda tasdirlar birgina so‘zning takrorlanishiga asoslanadi. 
Sodda tasdirlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: tasdir so‘zlar hech 
qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadi, shakl jihatdan ham, ma’no jihatdan 
ham ayni so‘zning takroridangina iborat bo‘ladi:

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling