She’riy san’atlar


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

Menga dushvor erur sensiz tirilmoq,
Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur. 
Alisher Navoiyning:
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.
Misralari bilan boshlanadigan g‘azali boshdan oyoq mana shu 
san’atning qo‘llangani bilan ajralib turadi. «Balo» va «qaro» so‘zlari 
dastlabki oddiy tartibida ko‘zning qoraligini ta’kidlash uchun 
bo‘ysundirilgan. U «shunchalik», «nihoyatda» kabi so‘zlarning 
o‘rnida kelgan deyish mumkin. Ammo ularning o‘rni almashganidan 
keyin, ikkinchi misrada mutlaqo boshqa ma’no va mazmun yuzaga 
keladi. «Qaro balo» baloning rangini emas, balki uning darajasini, 
dahshatini ifodalaydi.
Quyidagi baytda tardi aks «davo»hamda «dard» so‘zlari vositasida 
yaratilgan:
Majmu’i davoni dard qildi,
Dardingki, manga davo bo‘lubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki, sango fido bo‘lubtur.
Baytda «fidosi», «jon» so‘zlari o‘rin almashtirib qo‘llangan. Shu 
tariqa shoir ma’noning yangi-yangi qirralarini kashf etishga muyassar 
bo‘lgan. Birinchi misradagi «jon» «yuz» so‘zi bilan qo‘shilgan 
holatda ham «yuz kishi», ham «yuzta jon» ma’nolarini anglatadi. 
Keyingi misrada esa «jon», asosan, «shaxs», «kishi» ma’nosini 
anglatib kelgan.
Begona bo‘lubtur oshnodin,
Begonag‘a oshno bo‘lubtur.
Bu baytda «bo‘lubtur» va «oshno» so‘zlari istifoda etilgan. Natijada 
ma’noda kutilmagan yangi bir qirra ko‘zga tashlangan. Bu shoir uchun 
o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda imkoniyatini ko‘rsatishiga ham keng 
maydon ochib bergan. 
NIDO  
Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va 
hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan 
ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana misoli junbushga 
kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, 
tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat 
etishi mumkin. Masalan, «Rustamxon» dostonida Sultonxon 
Rustamga «qo‘zim» deb murojaat etadi:
Necha kun, necha tun orada o‘tdi, Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi:
– Quloq solgin xon otangning tiliga, Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga,
Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», – 
deya murojaat etadi. Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur 
dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali oshiqona bo‘lib, unda 
suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan 
oshiq holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehti-
romini «begim» so‘zida mujassamlashtira olgan. Sensiz u jahon ayshi 
alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
Alisher Navoiy lirik qahramonining ichiga sig‘may ketgan ruhiy 
holatini aks ettirish uchun tabiatga, aniqrog‘i tabiat hodisalaridan 
bo‘lgan saboga murojaat etadi: Ey sabo, holim borib sarvi 
xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt. 

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling