Қўшилган ва резерв капитали ҳисоби


Download 170.52 Kb.
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi170.52 Kb.
#1452156
1   2   3   4   5   6   7
Debet 8420 Kredit 4610 – 5 000 000 so'm (100000*50).
3.Vujudga kelgan salbiy kurs farqi summasini hisobdan chiqarilishiga: Debet 9620 Kredit 8420 – 5 000 000 so'm (100000*50).

2.REZERV KAPITALINING HISOBI


Rezerv kapitali – bu korxonaning turli maqsadlarlarda va turli manbalar evaziga shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi. Ushbu kapital asosan quyidagi manbalar hisobidan vujudga keladi:

  • mavjud mulkni qayta baholash natijasida paydo bo'ladigan yangi qiymat

evaziga;

Mulkni qayta baholashdan vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan "1 yanvar holati bo'yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o'tkazish tartibi to'g'risida Nizom"ga1 va unga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq korxonalar har yilning 1 yanvar holatiga o'zlarining asosiy vositalarini, tugallanmagan qurilish ob'ektlarini bozor baholaridan kelib chiqib yoki Iqtisodiyot vazirligi belgilagan koeffisientlar asosida qayta baholaydilar2. Qayta baholashda asosiy vositalarning oldingi boshlang'ich qiymati va jamlangan eskirishi Real bozor baholaridan kelib chiqgan holda, ko'payish yoki kamayish tomonlariga o'zgartirilishi mumkin. Agar o'zgartirishlar o'sish tomonga yuz bergan bo'lsa, o'rtadagi ijobiy farq rezerv kapitalini vujudga kelishiga sabab bo'ladi. 21-son BHMS ga muvofiq qayta baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalining hisobi maxsus 8510 "mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyotining kreditida va mos asosiy asosiy vositalar schyotlarining ( 0110-0190) debetida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning jamlangan eskirishini o'sish tomonga o'zgartirilishi 8510 "mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyotining debetida va mos asosiy asosiy vositalar eskirishlari schyotlarining (0210-0290) kreditida aks ettiriladi. 8510 "mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyotining kredit oboroti va debet oboroti summalari o'rtasidagi ijobiy farq balansda qayta baholashdan vujudga kelgan maxsus rezerv kapitali sifatida aks ettiriladi. Agar qayta baholash natijasida ushbu schyotning debet oboroti kredit oboroti summasidan katta bo'lsa, u holda korxona qayta baholashdan zarar ko'rgan bo'ladi va u 9430 "boshqa operasion xarajatlar" schyotining debetida va 8510 "mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. Mulkni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali korxona tugatilganda ta'sischilarning hissalariga mos ravishda taqsimlanadi, bunga debet 8510 "mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyoti va kredit 6620 "chiqib ketgan ta'sischilarga ularning hissalari bo'yicha qarz" schyoti kreditlanadi.
Misol. Aytaylik, 1 yanvar holatiga korxona binosining boshlang'ich qiymati 100 000 000 so'm, jamlangan eskirish summasi 60 000 000 so'm, qoldiq qiymati 40 000 000 so'm. Korxona qayta baholashni iqtisodiyo vazirligi belgilagan 1,05 koeffisientda qayta baholadi. Qayta baholash natijalari quyidagicha:


Download 170.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling