Қўшилган ва резерв капитали ҳисоби


Download 170.52 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi170.52 Kb.
#1452156
1   2   3   4   5   6   7
Debet 8510 Kredit 9210 – 2 000 000 so'm. Debet 9210 Kredit 9310 – 2 000 000 so'm.
Korxonaning sof foydasi hisobidan vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari va ta'sis hujjatlariga muvofiq korxonalar o'zlarining sof foydasi evaziga rezerv kapitalini shakllantirishlari mumkin. Rezerv kapitaliga qilingan ajratmalar debet 8710 "hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" va kredit 8520 "rezerv kapitali" schyotining kreditida aks ettiriladi. Shakllangan rezerv kapitali korxonalarda turli maqsadlarda, jumladan aktsionerlik jamiyatlarida imtiyozli aktsiyalar bo'yicha dividendlarni to'lash uchun, hisobot yilda ko'rilgan zararlarni qoplash uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Rezerv kapitalini ishlatilishi 8520 "rezerv kapitali" schyotining debetida va 6610 "to'lanadigan dividendlar", 8710 "hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi. Bunday yo'l bilan vujudga kelgan rezerv kapitali 8530 "bepul olingan mulk" schyotining kreditida va kelib tushgan mulkni aks ettiruvchi schyotlarning (0110-0190,0710-0720,0610, 0800, 1000, 5810 ) debetida aks ettiriladi. Soliq kodeksiga muvofiq bepul kelib tushgan mulklar bitta tizim korxonalarida yuqori tashkilotning qarori bilan balansdan balansa o'tkazish tarzida amalga oshirilgan bo'lsa, daromad solig'iga tortilmaydi. Boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda bepul kelib tushgan mulk ularning yalpi daromadiga kiradi va soliqga tortiladi.
Rezerv kapitali schyotlari bo'yicha analitik hisob uning turlari va tashkil topish manbalariga qarab yuritiladi.

Rezerv kapital xisobi kuyidagi xisobvarakalarda yuritiladi:


8510 – "aktivlarni kayta baxolash buyicha tuzatishlar";
8520 – "rezerv kapital";
8530 – "tekinga olingan mol – mulk";
8540 – "aktivlarni kayta baxolash buyicha tuzatishlar" xisobvaragini kayta baxolash natijasida aktivlar kiymatining oshishini xisobga oladi.
Misol. Transport vositasining boshlangich kiymati 500000 sumga, eskirish kiymati 200000 sumga teng. 3 koeffitsent bilan kayta baxolash natijasida transport vositasining boshlangich kiymati 1500000 sum (500000x3) gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000 sum (200000x3) gacha oshgan. Transport vositasining boshlangich kiymati urtasidagi fark 1000000 sum (1500000 – 500000) ga eskirish kiymati urtasidagi fark 400000 sum (600000 – 200000) ga teng.
Ushbu muomalalar xisobida kuyidagicha aks ettiriladi.:
D - t 0160 – "transport vositalari" - 1000000 sum;
K - t 8510 – "aktivlarni kayta baxolash buyicha kayta tuzatishlar" - 1000000 sum;
D - t 8510 – "aktivlarni kayta baxolash buyicha kayta tuzatishlar" - 400000 sum;
K - t 0260 – "transport vositalarining eskirishi" - 400000 sum;
Asosiy vositalar kabi kimmatli kogozlar xam kayta baxolanadi. 


Download 170.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling