Қўшилган ва резерв капитали ҳисоби


Download 170.52 Kb.
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi170.52 Kb.
#1452156
1   2   3   4   5   6   7
Debet 5010,5110 Kredit 8410 – 10 000 000 so'm.
Ushbu operasiyadan so'ng korxona balansining qo'shilgan kapital moddasida 10 000 ming so'm aks ettiriladi.
Misol 2. Kelgusida korxona qo'shimcha chiqargan oddiy aktsiyalaridan (har birining nominal qiymati 5000 so'm) 20000 tasini 4000 so'mdan sotdi, deylik. Ushbu operasiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Sotilgan oddiy aktsiyalarning sotish qiymatiga (4000*20000=
80000000):
Debet 5010,5110 Kredit 4610 – 80 000 000 so'm;
2.Sotilgan oddiy aktsiyalarning nominal qiymatidan past qismiga [(50004000)*20000= 20 000 000]
Debet 8410 Kredit 4610 – 10 000 000 so'm;
Debet 9690 Kredit 4610 – 10 000 000 so'm;
Ushbu operasiyadan so'ng korxona balansining qo'shilgan kapital moddasida summa mavjud bo'lmaydi, chunki oldin vujudga kelgan 10 000 000 so'mlik emissiya daromadi keyin chiqarilgan aktsiyalarning nominal qiymatdan past sotish natijasida vujudga kelgan 10 000 000 so'mlik zararni qoplashga yo'naltirilgan bo'ladi.Aktsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda sotishdan ko'rilgan qo'shimcha zararlar (bizning isolimizda u 10 000 000 so'm) hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
1. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar summasini yopilishiga:
Debet 9910 Kredit 9690 – 10 000 000 so'm;
2.Moliyaviy natijalarga olib borilgan zarar summasini yopilishiga: Debet 8710 Kredit 9910 – 10 000 000 so'm;
Ushbu operasiyadan so'ng korxona balansining taqsimlanmagan foyda moddasida uning summasi 10 000 000 so'mga kam qilib aks ettiriladi.
Ikkinchi holat, odatda, ustav kapitalida xorijiy investorlar ulushi mavjud bo'lgan korxonalarda vujudga kelishi mumkin. Ustav va ta'sis shartnomasiga muvofiq chet el investorining korxona ustav kapitaliga hissasi korxonaning davlat ro'yxatidan o'tgan sanasidagi rasmiy kurs bilan baholanadi. Shuning uchun xorijiy investor tomonidan uning hissasini haqiqatda kiritilishi vaqtida vujudga kelgan valyuta kurslari o'rtasidagi ijobiy va salbiy farqlar ustav kapitaliga tegishli bo'lmaydi va ular ushbu korxonalarda alohida 8420 "ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o'rtasidagi farq" schyotida hisobga olinadi. Valyuta kurslari o'rtasida vujudga kelgan ijobiy farq, bir tomondan, investorning hissasi sifatida kiritilgan uzoq va qisqa muddatli aktivlarning ( asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, TMB, pul mablag'lari) qiymatiga qo'shiladi (ya'ni 01100190, 0410-0490, 1010-1090,2810,2910-2990,5010,5110,5210,5210 va boshqa schyotlar debetlanadi), ikkinchi tomondan, qo'shilgan kapital sifatida tan olinadi va 8420 "ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o'rtasidagi farq" schyotining kreditida aks ettiriladi. Xuddi emission daromadga o'xshab, valyuta kurslari o'rtasidagi ijobiy farqlar evaziga vujudga kelgan ushbu qo'shilgan kapital ham soliqga tortiladigan daromadga kiritilmaydi, u faqatgina korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo'shiladi va ta'sischilar o'rtasida taqsimlanadi. Agar yualyuta kurslari o'rtasida salbiy farq vujudga kelsa, u holda ushbu farq 8420 "ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o'rtasidagi farq" schyotining debetida va 4610 "ta'sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo'yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Kurslar o'rtasidagi vujudga kelgan salbiy farq korxonaning zarariga olib boriladi va uning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foydasidan qoplanadi. Ushbu zarar 8420 "ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o'rtasidagi farq" schyotining kreditida va 9620 "valyuta kurslari farqida ko'rilgan zararlar" schyotining debetida aks ettiriladi.

Download 170.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling