korifeylari bilan bir qatorda Shiller poeziyasining ham ta‟siri kuchli bo‟lgan.Shu ijodiy
ta‟sir zamirida o‟zbek she‟riyati vakillarining G‟arb poeziyasiga, jumladan, Shiller
poeziyasiga bo‟lgan katta qiziqishi yotadi.
b)60-yillardan keyin Shiller poeziyasidan qilingan tarjimalar, bir tomondan, o‟zbek
badiiy tarjimachiligini sara namunalar bilan boyitgan bo‟lsa, boshqa tomondan, Shiller
poeziyasiga qiziqishning kuchayishi natijasida, hozirgi o‟zbek she‟riyatida qator asarlar
paydo bo‟lgan.Bu o‟rinda faqat so‟nggi yillar o‟zbek she‟riyatining ayrim namunalarida
an‟anaviy ramziy Ilhom obrazining g‟oyaviy-badiiy talqinida “Asoratdagi Pegas”
pamfletining ijodiy ta‟sirini eslatish kifoya. Nemis dramaturgi va shoiri Fridrix
Shillerga yillar davomida muntazam murojaat qilinmoqda, dramalari qayta-qayta
sahnalashtirilmoqda, she‟rlari qayta-qayta tarjima qilinmoqda.Bu shoir va dramaturg
ijodining umrboqiyligidan va naqadar xalqchilligidan dalolatdir.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |