Shillerning har biri asari,bu-buyuk mukammallikka erishmoq yo’lidagi olg’a bosilganodimdir
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
shiller poeziyasi ozbek tilida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‟rganilganlik darajasi
- Ishning maqsadi
- Ishning vazifasi
- Tadqiqotning ob‟ekti va predmeti
dolzarbligi:
Mustaqillik yillarida tarjima ishlariga e‟tibor kuchaydi.Shiller adabiy merosining O‟zbekistonda yoyilish tarixini o‟rganishni poetik asarlari tarjimasisiz tasavvur qilish qiyin.Shillerning she‟riy asarlari tarjimasida tarjimonlarning badiiy mahoratini ko‟rsatish misol qilib olingan she‟riy tarjimalarning badiiy xususiyatlari va ularning lingvoepik tahlili ishning dolzarbligini tashkil etadi. Mavzuni o‟rganilganlik darajasi: Shiller ijodi ,xususan she‟riy asarlari tarjimasining badiiy g‟oyaviy xususiyatlari tadqiqotchilar tomonidan adabiyotshunoslik va lingvistik aspektda atroflicha o‟rganilgan.Xususan, A.Abushning “Shiller.Nemis geniysining ulug‟ligi va fojiasi”, “H.Harderning “Shiller-Rossiyada” A.Anisimovning “Klassiklarning zamonaviyligi, N.N.Vilmontning “Dostoyevskiy va Shiller” kitoblari F.Sulaymonovaning “Shiller buyuk nemis shoiri” taqdqiqoti, R.Fayzullayeva, Sh.Karimov, U.Sotimmov, O‟.Nurmatovlarning dissertatsiyalari, R.Abdullayevaning “Shiller va o‟zbek adabiyoti” monografiyalari va boshqalarini misol qilib keltirish mumkin.Bitiruv malakaviy ishda she‟riy tarjimalarning lingvoepik xususiyatlari A.Sher, M.Ali, O.Matjon, V.Levik tarjimalari misolida chuqur va atroflicha tahlil etdik. Ishning maqsadi:Badiiy tafakkur taraqqiyotining buyuk siymolaridan biri F.Shiller ijodini O‟zbekistonda o‟rganilishi va tarjima qilinishi tarixini aniq bir misollar asosida yoritib berish, she‟riy asarlar tahlilini ko‟rib chiqish tarjimalardagi yutuq va kamchilikarni o‟rganib chiqish, badiiy tasvir vositalarining qay darajada qo‟llanilganligini ko‟rib chiqish muhitdir. 12
Ishning vazifasi:Shiller she‟riy tarjimalarini chuqur va batafsil yoritish quyidagi vazifalarni qamrab oladi: 1.Shiller ijodini O‟zbekistonda o‟rganilish tarixi va o‟zbek xalqining ma‟naviy hayotiga kirib borish bosqichlarini asoslash. 2.Shiller she‟riy asarlarining tarjimasini g‟oyaviy badiiiy xususiyatlarini baholash. 3.She‟riy tarjimalarning lingvoepik tahlil qilish orqali Shillerning o‟zbek adabiyotiga ta‟sirida badiiy tarjimaning rolini aniqlash. 4.O‟zbek adabiyotida Shiller poeziyasi an‟analarining izlarini aniqlash va hokazo. Tadqiqotning ob‟ekti va predmeti:Shiller poeziyasi, uning o‟zbek tiliga tarjimalari va o‟zbek adabiyotiga ta‟siri ob‟ekt vazifasini o‟taydi.Asosiy tadqiqot ob‟ekti sifatida o‟zbek, rus, nemis tarjimashunos olimlarining darslik, qo‟llanma, risola, maqolalari asosida Shiller she‟riy tarjimalarining xususiyatlari o‟rganilib tahlil qilib chiqildi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling