Shillerning har biri asari,bu-buyuk mukammallikka erishmoq yo’lidagi olg’a bosilganodimdir
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
shiller poeziyasi ozbek tilida
“Haymarket” geografik nomi ham voqeaning haqiqatligini isbotlay olmaydi,chunki
asarda mif asosiga qurilgan majoziy tasvir juda kuchli. Shiller “chor-nochor,och qolgan shoir”obrazi orqali o‟z g‟oyasini,g‟oyaviy niyatini ilgari suradi.Asardagi Ilhom tulpori bo‟lib gavdalangan Pegas oddiy obraz emas,u o‟zida juda katta majoziy ma‟no tashiydi.U shoir vujudidagi tuganmas kuch- qudrat,yuragidagi jo‟shqinlik,toshqinlik ramzi bo‟lib namoyon bo‟ladi.Ilhom bilan ijod qilish ijodkorni poyonsiz kengliklarga,ko‟z ilg‟amas cho‟qqilarga,cheksiz ufqlar, “sirli
ijod qilish,oldinga,yuksaklikka intilib yashashdek bir ramziy ma‟no obrazli 15
ifodalangan.Bu majoziy tasvir,bu ramziylik Muhammad Ali nazmida shillerona ifodasini topgan deyish mumkin.Ko‟klarga parvoz qilish uchun qanot qoqayotgan Pegas she‟rning birinchi satrlaridanoq kitobxonda mifologik tushuncha paydo qiladi.Ya‟ni: Yolllarin silkitar,kishnar asov ot, Ko‟klarga sapchiydi.Odamlar hang-mang, Hayratdan yoqasin ushlaydi: “Hayhot, Qanaqa zo‟r ot-a.Savlatin qarang.
Osmon falaklarga ayladi parvoz. Pinhon qudratini etib namoyon. Quyida o‟rmonlar bo‟y cho‟zmish daroz… Birdan ketdi hamma otlardan imon. She‟r g‟oyaviy- badiiy yo‟nalishining o‟zbekchaga to‟g‟ri ko‟chirilishi tarjimonning yutug‟idir.Majoziy-allegorik obrazlar (Hans,shoir,xaridor,tog‟dan sitra chalib tushib kelgan yosh yigit va ramziy-allegorik obraz Ilhom tulpori-Pegas),ular oralaridagi muomala-munosabat,umuman she‟rning g‟oyaviy-badiiy yo‟nalishi,o‟zbekchaga to‟g‟ri ko‟chirilgan.Bunga tarjimon original muallifi maqsadini to‟g‟ri anglashi va frazeologik birikmalar,maqol,metal,realiya va boshqa leksik,poetik komponentlarni muqobil o‟girish orqali erishgan.Biz o‟zbek tilida Shiller tasvirlagan ilhom tulpori Pegasni,ziqna Hansni,”och qolgan shoir”ahvolini va tog‟dan tushib kelgan yigitning muomala- munosabatlarini xuddi Shiller ifodalaganday tasavvur qilamiz. “Asoratdagi Pegas”ning tili maqol,metal,realiya, turli xil frazeologik birikmalarga boyligi bilan shoirning boshqa shu singari poetik asarlaridan ajralib turadi.Shoir asarni yaratishda she‟rning tarkibiy qismi bo‟lgan bu komponentlardan,umuman, nemis tili leksik boyligidan o‟rinli foydalangan.She‟r mag‟ziga singib ketgan bu komponentlar shoir ilgari surgan g‟oyani yoritishga bo‟ysundirilgan.Tarjimada asarning lisoniy xususiyatlari,obrazlarning qayta tiklanishi,hazil-mutoyiba,frazeologizmlar o‟rinli berilgan.Mutarjim tarjima jarayonida siyqasi chiqib ketgan(банальное слово) 16
so‟zlaridan qochadi,asliyatdagi badiiy tasvirning rang-barangligini ifodalashga kuchi yetadigan poetik so‟zlar axtaradi.Misol: Mana,sharmandali qismatga bandi, Tulpor novvos bilan chiqar maydonga Behuda yer tepar samo farzandi, Behuda intilar ona osmonga.
Novvos-chi?Sudralar eggancha boshin, Egilar darddan Feb arg‟umog‟I ham. Faqat zanjirlari jaranglar mash‟um, Faqat qanotlari qayrilar bu dam. Xudo manglayini silagan tulpor- Yiqilar,azobdan yosh to‟kib zor-zor. Satrlardagi “sharmandali qismatga bandi,samo farzandi,ona osmonga egilar Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling