Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Yangiliklar mavzuidagi gazeta maqolalarining


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Yangiliklar mavzuidagi gazeta maqolalarining 
matniy qurilishi ommaviy 
muloqot sohasidagi barqaror ijtimoiy-uslubiy tajribaga muvofiq yaratiladi; ayni 
paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar «iqlimi» (konteksti)ning 
bevosita ta’sirida tarkiblanadi, demak, sahifadagi shu mavzudagi materiallar bilan 
mazmun va shakl jihatdan ma’lum munosabatda bo‘ladi.
«Yangiliklar»ga xos yana bir xususiyat eng muhim axborot matn 
boshlanishida bayon qilinadi, sabab, oqibat munosabatlari bayoni va bulaming 
sharhi asosiy axborotni tavsiflaydi.
Yangiliklar. 
Jumalist va siyosatshunoslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir jarayonida.
88


Ommaviy axborotning eng keng tarqalgan janrlaridan bin yangiliklardir. 
Yangiliklar radio va televideniyening birinchi kimlaridanoq efiming bosh va 
asosiy sahifasni egallab kelgan. Yangiliklaming og'zaki uzatish shakli haqida 
gapiradigan bolsak, uning turli xil usullari mavjud. Ba’zilari monolog holida 
ya’ni jumalist to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga (mikrofonga) yuzlanib, yangiliklami 
o‘qib eshittiradi. Ba’zilarida esa boshqa shaxs (jumalistlar, korrespondentlar, 
mutaxassislar, fuqarolar, intervyu berayotgan insonlar) bilan jonli muloqot 
yordamida axborot uzatadi.
Bugungi kunda OAV faoliyatlarining rivojlanishi sababli yangiliklami 
uzatishda monoton (bir xildagi) muloqotdan ko‘ra interfaol usullardan 
foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday usullardan biri - qisqa 
intervyular seriyasidan tashkil topgan axborot uzatish tizimi Newsnight BBC, 
BBC radiolaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Keyingi muloqot usuli - studiyada to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri uzatishda mavzuga oid 
turli xil fikrlarga ega boigan ma’lum shaxslardan intervyu olish, dolzarb 
mavzulami o'rtaga tashlash, bahs-munozara orqali mavzuni yoritib berishdir. Bu 
usul turli xil teleshou sifatida amalga oshirilayapti. Bugungi kunda bunday usul 
ommalashgan.
AQShda interaktiv muloqot usuli keng tarqalmoqda. Bunda efirga uzatish 
vaqti ham nazarda tutilib, kunduzgi efimi an’anaviy shakldagi yangiliklar tashkil 
etadi. Kechki efirda esa interfaol bahs-munozaralar asosida tuzulgan teleshoular 
uzatiladi. Bunday ko‘rsatuvlar tomoshabinni ham muloqotga chorlaydi. Turli 
fikrlarga ega boigan teleshou ishtirokchilarining tarafdorlari ekran ortida ham 
bahs-munozaraga kirishadilar. Ya’ni teletomoshabinni o‘rtaga tashlangan 
masalalar haqida o‘ylashga, bosh qotirishga undaydi.
Tok shoular qiziqarli bolgani uchun tele-radio kompaniyalar ko'proq 
anashunday janrda mahsulot tayyorlashga alohida ahamiyat bermoqdalar. Demak, 
biz yangiliklarga faqat axborot uzatish mahsuli deb qarab emas, balki axborotni
89


yetkazish strukturasi, axborotni ta’sir qilish mexauizmi jihatidan ham OAVlar 
usullarini alohida ко‘rib chiqishimiz lozim.
Axborot uzatish shakllarining rivojlanishi bilan ommaga ta’sir o‘tkazish 
kuchaymoqda. Bu borada axborot uzatish tizimi o‘ziga xos vosita sifatida o‘sib 
kelmoqda. Aslida vosita axborot tashimaydi, lekin axborotni uzatish jarayonida 
interaktiv usul axborotni qabul qilishda o‘z kuchini ko'rsatadi
Intervyular axborot uzatishda markaziy rol o‘ynaydi. Tele intervyu 
OAVlarining spetsifik janri bo‘lib, birinchi navbatda, kun mavzusi bo‘lib kelgan 
hodisalarga uning ishtirokchilari (siyotsatchilar va boshqa jamoatchi insonlar) 
bilan to‘g'ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yangiliklar uzatiladi. Bunday intervyu bir 
minutdan kam bo‘lishi yoki o‘n daqiqadan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular 
siyosatga oid bo‘lgan masalalarga qaratilgan axborotlarda o‘z o‘rnini topadi. 
Intervyuer va intervyu beruvchi o‘rtasidagi savol-javob kun mavzusiga aylangan 
axborotlar ketma-ketligi jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bunda intervyu 
beruvchi axborotga o‘z munosabatini bildiradi. Intervyuer esa mavzuga oid 
savollami berish jarayonida bu fikrlami yanada ochib berishga yordam beradi. 
Bunday jarayonda jumalist faqat neytral pozitsiyada axborotga yondashishi talab 
etiladi. Jumalist “men”i berilmaydi.17
R eportajlar nutqiy qurilish shakllariga nihoyatda boy. Ularda axborot va 
talililiy janrlarga xos kompozitsion tuzilmalar keng qoilaniladi. Reportyor «Meni» 
matnga kiritilgan bo'lishi ham, nazarda tutilgan, tasaw ur qilingan bo'lishi ham 
mumkin. Ba’zan u «Biz» shaklida yoki nazarda tutilgan o‘quvchi tasavvurida ham 
lfodalandi. Boshqa hollarda esa jumalist o‘quvchi bilan muloqot qilish usulini 
tanlaydi.
Sport reportajlari nutqiy qurilishini tarkiblashda ikki muhim tamoyil 
kuzatiladi: xolis (neytral) va shaxsiy (muallif mulohazasi).
Yoqeiy reportajlarda, odatda, xolis bayon usuli, shaxsiy mualliflik 
tamoyilida esa sharhlash, baholash usuli ustuvorlik qiladi. Xolis-voqeiy usuldagi
r Ian Hiitchbv.Media talk. Conversation Analysis and the Study o f Broadcasting Two Penn Plaza. New York. NY 
10121-2289, USA First pubHshed, 2006. P .121.
90


reportajlarda axborot berish tadrijiy voqeaning kechishi oqimiga mos boiib, nutq 
ohangi, tezligi ham o‘sha voqea jarayonini aks ettiracb. Shu bois harakatni 
ifodalovchi vositalar (fe’llar), ixcham va lo‘nda jumlalar ko‘p ishlatiladi. Aniqlik, 
vazminlik, hujjatlilik, betaraf xolis bayon asosiy xususiyat sanaladi.
Futbol yoki boks reportajlarida jumalist ba’zan xolislikni, betaraflikni 
«unutib» qo‘yadi va oshkora tarzda hissiyotli muxlisga aylanadi. U endi hakamlik 
qilish (hakam bilan munozaraga kirishishi), o‘z his-tuyg‘ularini, shaxsiy nuqtai 
nazarini oshkora bayon qilishi mumkin. Oqibatda, vazminlik, aniqlik his-tuyg‘u va 
mulohazalar bilan almashadi. Bu hissiyot va mulohaza o‘quvchi yoki tomoshabin 
hissiyotiga yaqin, unga «yuqadigan» hayajonli tuyg‘u sifatida ifodalanadi. Bu, 
albatta, reportaj samaradorligini, ta’sirchanligni oshiradi. Ammo bunda ham asosiy 
kompozitsion tamoyilga amal qilinadi: nutqiy ifodanirig barcha qismlari va usullari 
jumalist «Meni» asosida tarkiblangan yaxlit kompozitsion butunlikni yaratishga 
yo‘naltiriladi.
Sport o‘yinlari matniy sharhi (gazeta axboroti), 
eng aw alo, lug‘aviy 
ifodalari, maxsus atamalari silsilasi bilan ajralib turadi. Sport terminologiyasi 
matnning yetakchi lisoniy xususiyati sanaladi. Ammo bu atama va ifodalar 
umuman sport o‘yini muayyan turi tavsifini berish maqsadida emas, balki malum 
bir sharoitda b o iib o ‘tgan va natijasi o‘quvchiga m alum boigan o‘yini - voqea 
sifatida sharhlash, babolash maqsadida qollangan boiadi. Matn yozma monolog -
hikoya qilish tamoyilida tarkiblanadi.
Har safar muayyan bir o‘yin sharhlansa-da, yangi matn yaratilsa-da bu 
matnlar lisoniy jihatdan - lug‘aviy tarkibi, matniy qurilishi jihatdan bir-biridan 
uncha farq qilmaydi. Ulaming lug‘aviy tarkibida asosiy axborotni ifodalovchi va 
baholovchi so'zlar faol ishlatiladi. Masalan, futbol o ‘yini sharhida to‘p, gol, 
darvoza, maydon kabi so‘zlar, o'yinclularning nomlari, nomerlari, maydondagi 
harakati va bu harakatning vaqti, o‘mini bildimvchi ifodalar asosiy axborot 
mazmunini sharlilashga xizmat qiladi. Sifat, sifatdosh, ravish turkumiga mansub
91


so‘zlar, modal ifodalar aniqlovi, sifatlovchi birikmalai axborotni baholash 
maqsadini amalga oshiradi.
Bu ikki xil turdagi so'zlaming ko‘p ishlatilishi sport sharhlari matnining 
lug‘aviy andozalashuv darajasini oshirib yuborgan, janriy-ushibiy mohiyat kasb 
etgan.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling