Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Tahliliy publitsistika 
informatsion - xabardor etish publitsistikasining 
tadrijiy davomi. Tahliliy publitsistikaning boshlang‘ich janri korrespondensiyadir. 
Tahliliy publitsistikada esa uning birinchi ma’nosi, ya’ni joylardan yuborilgan 
xabar, hayotdagi fakt, voqea va hodisalar haqida yozilgan matbuot materiali 
sifatida qoTlaniladi.
Korrespondensiya 
- tahliliy publitsistikaning axboriy publitsistika bilan 
bogTab turuvchi janrdir. 
Korrespondensiya 
- so‘zi lotincha so‘zdan olingan 
bo‘lib joylardan yuborilgan xabar, ayrim idoralar o‘rtasidagi yozishmalar degan 
ma’noni anglatadi. Shuning uchun korrespondensiya kengaytirilgan xabar ham 
deyiladi. Vazifasi hayotning bir parchasini jonli, ta’sirchan tasvirlash va tahlil 
etishdir. Mazkur jam asosan gazeta va jumallarda keng o‘rin olgan. 
Korrespondensiyaning tili va uslubi jonli, publitsistik tilda yozilishi lozim.
94


Suhbat ja n ri - tahliliy publitsistikada ham alohida o‘rin tutadi. U 
informatsion janr intervyuning mantiqiy davomi bo‘l:ib, yoritilayotgan mavzuning 
mazmun-mohiyatini chuqur ochib berishi, tahliliy mulohaza va mushohadaga 
asoslanishi, hayotning chuqur qatlamlarini aks ettirishi bilan undan ajralib turadi 
hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga doir masala va muammolami 
yoritishda ommaviy axborot vositalarining eng ommabop, eng ta’sirchan quroli 
bo‘lib xizmat qiladi.
Suhbat hajm jihatidan intervyuga qaraganda kengroq bo‘lib, unda 
suhbatdosh tomonidan aytilgan fakt, bildirilgan ma’lumot haqida batafsil, kengroq 
so‘z yuritiladi, keltirilgan fakt, bayon etilgan voqea, hodisalar chuqurroq tahlil 
etiladi. Suhbat janri mavzu jihatidan ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab 
oladi. Suhbat janri suhbat-diolog, suhbat-monolog shaklida ham uchraydi.
Maqola - tahliliy publitsistikaning markaziy janri maqoladir. Maqola 
arabcha so‘zdan olingan bo'lib, aytilgan so‘z degan ma’noni bildiradi. Maqola deb 
jamiyat hayotining biror sohasi bo‘yicha m a’lum bir masala, muammo ko‘tarib 
chiqilgan publitsistik materialga aytiladi. Maqola muayyan mavzu yuzasidan 
hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalami umumlaslitirish asosida ma’lum bir 
fikrlar, taklif va mulohazalar oldinga suriladi, ilmiy, nazariy, amaliy va publitsistik 
ijtimoiy siyosiy xulosalar chiqariladi.
Ma’lum mavzuga bag‘ishlangan bir nec-ha maqolalarga esa maqolalar 
turkumi deyiladi. Maqola asosan OAVning gazeta va jumallarida, shuriingdek 
almanax, to‘plam va kitoblarda asosiy o‘rin olgan. Tili va uslubiga kelsak maqola 
rasmiy, ilmiy, adabiy-badiiy, hajviy, publitsistik usulda yozilishi mumkin.
«Jum alist tekshiruvi»da - jum alist hayotda uchraydigan biror salbiy 
voqea, holat va masalani tadqiq qilib, o'z munosabatini bildiradi.
Obzor - tahliliy publitsistikaning muhim janrlaridan biridir. Obzor rascha 
«obozret» so'zidan olingan bo‘lib ko‘zda® kechirish, kuzatish degan ma’noni 
bildiradi. Publitsistik janr sifatida esa hayotdagi ma’lum mavzu bilan o‘zaro 
bog‘langan voqea, hodisalar, faktlar haqidagi umumlashtimvchi materialga
95


aytiladi. Obzorda informatsion funksiya bilan tahliliy mushohada uyg‘unlashib 
ketadi, u o‘quvchiga hayot haqida ham xabar, ham publitsistik fikr xulosa 
yetkazadi, jamoatchilik fikrini uyg‘otadi. Obzor sharhga yaqin turadi, kuzatilgan 
hayot voqealarini tasvirlashda uning izohlash usulidan foydalanadi.
Xat 
- publitsistikaning o‘ziga xos janridir. Xat so‘zi arabchadan olingan 
b o iib biror odamdan ikkinchi odamga yozma shaklda yo‘llangan matn, m a’lum 
ma’lumotlami o‘z ichiga olgan yozuv ma’nosini anglatadi. Bu so‘z maktub, noma 
ham deb yuritiladi.
Xatlar xususiyatiga ko‘ra tahririyatga keladigan xatlar, «Ochiq xatlar», 
adabiy-badiiy xatlarga bo ‘ lin adi.
Taqriz 
- publitsistikaning muhim janridan biridir. Taqriz so‘zi arabcha 
so‘zdan olingan bo‘lib o‘lchamoq, salmoqlab ko‘rmoq, baholainoq degan ma’noni 
bildiradi. Bu janr retsenziya deb ham yuritiladi. Taqriz Fan, adabiyot-san’atga doir 
asarlami tahlil etuvchi, baho beruvchi publitsistik janrdir.
Sharh 
- tahliliy publitsistikada sharh ham alohida o‘rin tutadi. Sharh so‘zi 
arabcha so‘zdan olingan bo'lib, biror narsatiing mazmuni, mohiyatini ochib 
tushuntirib berish, izohlash, izoh degan ma’noni bildiradi.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling