Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Atash vazifasi: 
Har qanday sarlavha, u qanday uslubga xos bolmasin, eng 
awalo, atash vazifasini bajaradi. Chunki u o‘zi belgilab, ko‘rsatib kelayotgan 
ashyo maqola yoki asaming atamasi, nomi hisoblanadi. Gazeta axboroflaxi
umuman yozma matnlar dastlab sarlavhasi orqali ma’lum boiadi.
Har bir asar, maqola va boshqa ijod turlari л о т bilan ataladi. Bu nom, 
ya’ai atash vazifasi uni boshqa materiallardan ajratib turadi.
Bosma matnlar, awalo, sarlavhasi orqali ajralib turadi: “Allomaning qabri 
qayerda?”, “Shijoat”, “Buyuk jasorat” kabi.
Gazgtadagi materiallaming nomi turli xil tuzilishdagi sarlavhalardan iborat 
bolsada, ular doimo atash vazifasida keladi. Bu nom o‘sha matn mazmunidan 
kelib chiqib qp‘yila(li. Bu jihatdan A.M. Peshkovskiyning quyidagi fikri e’tiborga 
loyiq: “0 ‘quvchi kitobni o‘qishga kirishar ekan, uning mazmuni bilan qiziqadi va 
sarlavhada ana shu .mazmunga qilingan ishorani yoki uning qisqa ifodasini 
ko'radi... Demak,kitobning nomi, ham doim odatdagi nomlardankengroqdir”. Bu 
fikr gazeta saj lavhalanga ham tegishlidir.
Farqlash vazifasi: 
Har qanday nom nimanidir belgilash, atash va shu orqali 
uni boshqa narsalardan farqlash, ajratish zaruratidan kelib chiqadi. Xuddi shunday
36


gazeta sarlavhalari ham matnlami nomlash orqali bir-biridan farqlashga xizmat 
qiladi.
Sarlavha matndan oldin o ‘qiladi. 0 ‘quvchiga zamr axborotni topishga, eng 
muhim va qiziqarlisini tanlab olishga yordam beradi. Gazetaning biror sonini 
qo'lga olgan o'quvchi dastlab undagi sarlavhalami nazardan o‘tkazadi. Gazetxon 
sarlavhalar bilan tanishish natijasida olgan taassuroti bo'yicha o‘zining 
qiziqishidan kelib chiqib biror axborotni o‘qishga kirishadi.
Farqlash vazifasi ma’lum bir matiming sarlavhasi bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lmay, bu, odatda, gazetaning ma’lnm sonida berilgan barcha sarlavhalar 
asosida, ulami o‘zaro qiyoslaganda aniq bilinadi. Shu jihatdan gazeta ruknlarini 
kitobchilikda qism yoki boblarga qo‘yiladigan sarlavhalarga qiyoslash mumkin. 
Ruknlaming asosiy vazifalaridan biri ham ma’lum soha yoki mavzuga oid 
axborotlarni guruhlash, boshqalardan farqlash sanaladi. Sarlavhalaming farqlash, 
chegaralash vazifasi o‘quvchini jalb etish vazifasi bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘ladi va bu ulaming axborot berish xususiyatidan kelib chiqadi.
Xabar berish vazifasi: Sarlavha maqola yoki xabaming mazmuni bilan 
bogiiq bo‘lganligi sababli unda axboriylik (informativlik), ya’ni xabar berish 
vazifasi ham namoyon bo'ladi. Bu vazifa atab qolmasdan matn haqida ozgina 
bolsa-da, xabar beradi. Bu ma’lumot esa turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘ladi: 
“Sud jarayoni boshlandi”, “Sholi ekish boshlandi”, “Prezident elchilami qabul 
qildi”, “Tashriflar yakuniga bag‘ishlandi” kabi sarlavhalardan ayon bir xabar 
anglashiladi.
Reklama qilish vazifasi: Gazeta sarlavhalariga xos bo‘lgan yana bir 
xususiyat reklama vazifasini o‘tash hisoblanadi. Bunda sarlavha alohida vositalar 
yordamida o‘quvchini qiziqtiradi, uning e’tiborini tortadi. Har qanday maqolaning 
sarlavhasi matn mazmunini ifodalash bilan birgalikda, o'sha maqolani o‘qishga 
gazetxonni chaqirishi ham kerak. Reklama qilish vazifasi oshkora yoki' pinhona 
ifodalanishi mumkin. Ba’zi sarlavhalarda bu vazifa asosiy sanaladi, boshqasida 
yordamchi vazifani o‘taydi. Ular ko‘pincha g'ayrioddiyligi, tasodifiyligi,
31


xabardagi asosiy fikr va voqea-hodisani aniq ko‘rsatmasligi, iekin shunga ishora 
qilish bilan ajralib turadi. Misol uchun: “Ko‘ngil ko‘chalari” gazetasida 
“SPIDning narxi qancha?” nomli maqola chiqqan. Ushbu maqolaning sarlavhasi 
gazetxonda g'ayritabiiy qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishga undaydi. Demak, bu 
maqola sarlavhasi o‘z o‘mida reklamalik vazifasiш bajargan desak boiadi Shu 
o'rinda ‘‘Nega?” degan savol tug Uadi. Chunki sarlavha SPIDntng ta’rifini, xunuk, 
bedavo dard ekanligini tasvirlab rsklama qilish vazifasida kelgan. Sarlavhani 
ko‘zdan kechirgan o‘quvchida bir necha savollar paydo boiishi mumkin. 
Qayerda? Kim? Nima uchun? kabi va bu bevosita maqolani o‘qishga undaydi.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling