Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Tarqatma materialiar


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

62


Tarqatma materialiar 
“Aqliy hujum” metodi asosida m ashg‘uIot o ‘tkazish
Mavzu: “Sarlavha tanlash mahorati”
1-bosqich. Savol о ‘rtaga tashlanadi.
2-bosqich. Fikrlar so ‘raladi va doskaga yozib boriladi.
3- bosqich. Fikrlar izohlanadi va xulosalanadi.
“FSMU” metodi asosida guruhlarda ishlash. 
(Guruhlarda ishlash)
Fikr: Samarali sarlavha muvaffaqiyatli main garovidir 
Sabab:
Misol:
Umumlashma:



O A V D A Y O Z M A M A T N
1. Til, nutq va matn tushunchasi.
2. Matn yozma nutqning asosiy koVinishi.
3. Matn turlari: mikromatn va makromatn.
4. Matnning tarkibiy qismlari.
5. Mass-mediada beriladigan matn turlari.
6. Samarali matn yaratish talablari.
Tayanch so‘zlar: 
Til, nutq, matn, matn turlari, samarali matn, mikromatn, 
makromatn, poligrafiya, ilmiy matn, badiiy matn, rasmiy matn, ommabop matn, 
kirish, asosiy qism, muallif nutqi, qahramon nutqi.
Til - ulkan xazina. Har bir ijodkor bu xazinadan o‘z ruhiy ehtiyoji va 
ijodiy mahorati doirasida foydalanadi. “Aslida o‘zbek tilining tasvir imkoniyatlari, 
ichki potensial quwati juda katta. Buni faqat va faqat iste’dodli yozuvchilar 
ko‘rsata oladi. 0 ‘lik tilni tiriltiradigan ham, tirik tilni o‘ldiradigan ham 
yozuvchilar dir”. Darhaqiqat, bu jihatdan juda katta mas’uliyat shoir va adiblar 
hamda jumalistlaming zimmasiga tushadi. Zotan, muayyan fikming moddiy 
ko‘rinishi olaroq yaratilgan matn yuzlab hatto minglab nusxada tarqalishi va shu 
asno o'quvchining ruhiy dunyosiga kirib borishi mumkin.
Jumalistning matn ustida ishlash mahorati til rivoji va tafakkumi 
kengaytirisli yo'lidagi harakatning amaliy ifodasi bolgani uchun ham muhim 
aliamiyat kasb etadi. Shu ma’noda har qanday publitsistik asaming til taraqqiyoti 
va jumalistik jarayonda tutgan o‘ziga xos o‘mi boiadi. Albatta, barcha ijod 
namunalari ham estetik voqelik maqomiga ko‘tarila olmaydi. Masalaning ayni 
jiliati yozuvchining matn ustida ishlasli mahoratiga, so‘zni his qila bilish 
qobiliyatiga va uning barcha ijodiy o‘ziga xosliklarini qamrab oluvchi uslubiga 
borib taqaladi. Ayni paytda tilshunosligimizda lisoniy vositalardan foydalanish 
hamda jurnalistning matn yaratish mahorati bugungi kunning dolzarb masalasidir.
64


Jumalist matni tili va uslubi, til estetikasi xususida fikr yuritishdan awal 
matnning o‘zi nima ekanligiga oydinlik kiritib olish lozim. Aytish joizki, matn 
atamasi bir qator adabiyotlarda turlicha izohlangan. 0 ‘zbek tilining izohli lug'atida 
matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan 
tekst so‘zi anglatgan ma’noga teng ekanligi ta’kidlangan. Izohli lug'atning 156- 
betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi:
1. Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va 
shu kabilar yoki ulaming bir parchasi; matn. Maqolaning teksti
2. Musiqa asariga, masalan, biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga 
asos bo‘lgan she’r, so‘z.
3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi.
Albatta, yuqoridagi bandlar matnning to‘liq ta’rif va xususiyatini qamrab 
olgan deyish qiyin. Chunki axborot-kommunikatsiya vositalarining rivoji bilan 
bevosita bog‘liq ravishda Word matn, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, 
gipermatn kabi yangi atamalar ham paydo boidi. Demakki, matn atamasi 
anglatgan ma’noning ko‘lami yanada kengaydi.
Bilamizki, nutq og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadi. “Nutqning yozma 
shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi”. Demak, nutqning 
yozma shakl olishi - bu matn. Shu ma’noda har qanday nutq muayyan fikming 
ifodasi boTgani kabi har qanday matn ayni bir munosabatining yozma ko‘rinishda 
moddiylik kasb etishidir. U “faqat obyektiv informatsiyadan iborat'bo‘lmay, balki 
o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir”.
“Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘!gan, tugallangan, 
yozma shaklda mavjud boigan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan 
tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bogTangan, aniq 
maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak”.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling