Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara
Yangiliklar mavzuidagi gazeta maqolalarining
Download 28.78 Kb. Pdf ko'rish
|
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangiliklar. Jumalist va siyosatshunoslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir jarayonida. 88
Yangiliklar mavzuidagi gazeta maqolalarining
matniy qurilishi ommaviy muloqot sohasidagi barqaror ijtimoiy-uslubiy tajribaga muvofiq yaratiladi; ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar «iqlimi» (konteksti)ning bevosita ta’sirida tarkiblanadi, demak, sahifadagi shu mavzudagi materiallar bilan mazmun va shakl jihatdan ma’lum munosabatda bo‘ladi. «Yangiliklar»ga xos yana bir xususiyat eng muhim axborot matn boshlanishida bayon qilinadi, sabab, oqibat munosabatlari bayoni va bulaming sharhi asosiy axborotni tavsiflaydi. Yangiliklar. Jumalist va siyosatshunoslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir jarayonida. 88 Ommaviy axborotning eng keng tarqalgan janrlaridan bin yangiliklardir. Yangiliklar radio va televideniyening birinchi kimlaridanoq efiming bosh va asosiy sahifasni egallab kelgan. Yangiliklaming og'zaki uzatish shakli haqida gapiradigan bolsak, uning turli xil usullari mavjud. Ba’zilari monolog holida ya’ni jumalist to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga (mikrofonga) yuzlanib, yangiliklami o‘qib eshittiradi. Ba’zilarida esa boshqa shaxs (jumalistlar, korrespondentlar, mutaxassislar, fuqarolar, intervyu berayotgan insonlar) bilan jonli muloqot yordamida axborot uzatadi. Bugungi kunda OAV faoliyatlarining rivojlanishi sababli yangiliklami uzatishda monoton (bir xildagi) muloqotdan ko‘ra interfaol usullardan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday usullardan biri - qisqa intervyular seriyasidan tashkil topgan axborot uzatish tizimi Newsnight BBC, BBC radiolaridan keng foydalanib kelinmoqda. Keyingi muloqot usuli - studiyada to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri uzatishda mavzuga oid turli xil fikrlarga ega boigan ma’lum shaxslardan intervyu olish, dolzarb mavzulami o'rtaga tashlash, bahs-munozara orqali mavzuni yoritib berishdir. Bu usul turli xil teleshou sifatida amalga oshirilayapti. Bugungi kunda bunday usul ommalashgan. AQShda interaktiv muloqot usuli keng tarqalmoqda. Bunda efirga uzatish vaqti ham nazarda tutilib, kunduzgi efimi an’anaviy shakldagi yangiliklar tashkil etadi. Kechki efirda esa interfaol bahs-munozaralar asosida tuzulgan teleshoular uzatiladi. Bunday ko‘rsatuvlar tomoshabinni ham muloqotga chorlaydi. Turli fikrlarga ega boigan teleshou ishtirokchilarining tarafdorlari ekran ortida ham bahs-munozaraga kirishadilar. Ya’ni teletomoshabinni o‘rtaga tashlangan masalalar haqida o‘ylashga, bosh qotirishga undaydi. Tok shoular qiziqarli bolgani uchun tele-radio kompaniyalar ko'proq anashunday janrda mahsulot tayyorlashga alohida ahamiyat bermoqdalar. Demak, biz yangiliklarga faqat axborot uzatish mahsuli deb qarab emas, balki axborotni 89 yetkazish strukturasi, axborotni ta’sir qilish mexauizmi jihatidan ham OAVlar usullarini alohida ко‘rib chiqishimiz lozim. Axborot uzatish shakllarining rivojlanishi bilan ommaga ta’sir o‘tkazish kuchaymoqda. Bu borada axborot uzatish tizimi o‘ziga xos vosita sifatida o‘sib kelmoqda. Aslida vosita axborot tashimaydi, lekin axborotni uzatish jarayonida interaktiv usul axborotni qabul qilishda o‘z kuchini ko'rsatadi Intervyular axborot uzatishda markaziy rol o‘ynaydi. Tele intervyu OAVlarining spetsifik janri bo‘lib, birinchi navbatda, kun mavzusi bo‘lib kelgan hodisalarga uning ishtirokchilari (siyotsatchilar va boshqa jamoatchi insonlar) bilan to‘g'ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yangiliklar uzatiladi. Bunday intervyu bir minutdan kam bo‘lishi yoki o‘n daqiqadan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular siyosatga oid bo‘lgan masalalarga qaratilgan axborotlarda o‘z o‘rnini topadi. Intervyuer va intervyu beruvchi o‘rtasidagi savol-javob kun mavzusiga aylangan axborotlar ketma-ketligi jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bunda intervyu beruvchi axborotga o‘z munosabatini bildiradi. Intervyuer esa mavzuga oid savollami berish jarayonida bu fikrlami yanada ochib berishga yordam beradi. Bunday jarayonda jumalist faqat neytral pozitsiyada axborotga yondashishi talab etiladi. Jumalist “men”i berilmaydi.17 R eportajlar nutqiy qurilish shakllariga nihoyatda boy. Ularda axborot va talililiy janrlarga xos kompozitsion tuzilmalar keng qoilaniladi. Reportyor «Meni» matnga kiritilgan bo'lishi ham, nazarda tutilgan, tasaw ur qilingan bo'lishi ham mumkin. Ba’zan u «Biz» shaklida yoki nazarda tutilgan o‘quvchi tasavvurida ham lfodalandi. Boshqa hollarda esa jumalist o‘quvchi bilan muloqot qilish usulini tanlaydi. Sport reportajlari nutqiy qurilishini tarkiblashda ikki muhim tamoyil kuzatiladi: xolis (neytral) va shaxsiy (muallif mulohazasi). Yoqeiy reportajlarda, odatda, xolis bayon usuli, shaxsiy mualliflik tamoyilida esa sharhlash, baholash usuli ustuvorlik qiladi. Xolis-voqeiy usuldagi r Ian Hiitchbv.Media talk. Conversation Analysis and the Study o f Broadcasting Two Penn Plaza. New York. NY 10121-2289, USA First pubHshed, 2006. P .121. 90 reportajlarda axborot berish tadrijiy voqeaning kechishi oqimiga mos boiib, nutq ohangi, tezligi ham o‘sha voqea jarayonini aks ettiracb. Shu bois harakatni ifodalovchi vositalar (fe’llar), ixcham va lo‘nda jumlalar ko‘p ishlatiladi. Aniqlik, vazminlik, hujjatlilik, betaraf xolis bayon asosiy xususiyat sanaladi. Futbol yoki boks reportajlarida jumalist ba’zan xolislikni, betaraflikni «unutib» qo‘yadi va oshkora tarzda hissiyotli muxlisga aylanadi. U endi hakamlik qilish (hakam bilan munozaraga kirishishi), o‘z his-tuyg‘ularini, shaxsiy nuqtai nazarini oshkora bayon qilishi mumkin. Oqibatda, vazminlik, aniqlik his-tuyg‘u va mulohazalar bilan almashadi. Bu hissiyot va mulohaza o‘quvchi yoki tomoshabin hissiyotiga yaqin, unga «yuqadigan» hayajonli tuyg‘u sifatida ifodalanadi. Bu, albatta, reportaj samaradorligini, ta’sirchanligni oshiradi. Ammo bunda ham asosiy kompozitsion tamoyilga amal qilinadi: nutqiy ifodanirig barcha qismlari va usullari jumalist «Meni» asosida tarkiblangan yaxlit kompozitsion butunlikni yaratishga yo‘naltiriladi. Sport o‘yinlari matniy sharhi (gazeta axboroti), eng aw alo, lug‘aviy ifodalari, maxsus atamalari silsilasi bilan ajralib turadi. Sport terminologiyasi matnning yetakchi lisoniy xususiyati sanaladi. Ammo bu atama va ifodalar umuman sport o‘yini muayyan turi tavsifini berish maqsadida emas, balki malum bir sharoitda b o iib o ‘tgan va natijasi o‘quvchiga m alum boigan o‘yini - voqea sifatida sharhlash, babolash maqsadida qollangan boiadi. Matn yozma monolog - hikoya qilish tamoyilida tarkiblanadi. Har safar muayyan bir o‘yin sharhlansa-da, yangi matn yaratilsa-da bu matnlar lisoniy jihatdan - lug‘aviy tarkibi, matniy qurilishi jihatdan bir-biridan uncha farq qilmaydi. Ulaming lug‘aviy tarkibida asosiy axborotni ifodalovchi va baholovchi so'zlar faol ishlatiladi. Masalan, futbol o ‘yini sharhida to‘p, gol, darvoza, maydon kabi so‘zlar, o'yinclularning nomlari, nomerlari, maydondagi harakati va bu harakatning vaqti, o‘mini bildimvchi ifodalar asosiy axborot mazmunini sharlilashga xizmat qiladi. Sifat, sifatdosh, ravish turkumiga mansub 91 so‘zlar, modal ifodalar aniqlovi, sifatlovchi birikmalai axborotni baholash maqsadini amalga oshiradi. Bu ikki xil turdagi so'zlaming ko‘p ishlatilishi sport sharhlari matnining lug‘aviy andozalashuv darajasini oshirib yuborgan, janriy-ushibiy mohiyat kasb etgan. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling