Щзбекистон республикаси
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
Nazorat savollari:
1. Havo yo„li va havo yo„nalishlarini jihozlash deganda nimani tushunasiz? 2. Aeroportlarga tushuncha bering? 3. Havo raboti unsurlari deganda nimalarni tushunasiz? 4. O„zbekiston havo yo„llari tarmog‟i haqida ma‟lumot bering? 5. O„zbekistonda qanaqa aeroportlar mavjud? 6. Aerodrom va uning asosiy elementlari haqida tushuncha bering? 7. "O„zbekiston havo yo„llari" Milliy aviakompaniyasi qachon tashkil topgan? 8. “O„zbekiston havo yo„llari” dunyoning nechta mamlakatiga parvozlarni amalga oshiradi? 9. O„zbekistonda necha km dan ortiq havo yo„llari mavjud? 10. Havo transportining afzalligi nimadan iborat? 6-Bob. Sanoat va xo„jalik yo„llari 6.1. Sanoat yo„llarining bajaradigan vazifalari Tayanch so„zlari: sanoat yo„llari, kon yo„llari, osma kanat, quvur o„tkazgich transporti. Sanoat korxonasi avtomobil yo„li - sanoat yo„llari - sanoat yoki boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat ko„rsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish 50 yo„li. Shu korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat yo„llarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda, ular mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan «sanoat transporti» tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo„jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat yo„llari joylashishi va vazifalariga ko„ra tashqi va korxona ichi sanoat yo„llariga bo„linadi. Tashqi sanoat yo„llarida korxonaga keltirilgan xom-ashyo, yarimfabrikat yonilg‟i va boshqa turli buyumlarni umum foydalanadigan magistral transportidan korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo„shagan vagonlarni magistral transport yo„llarigacha tashish bilan shug‟ullanadi. Korxona ichi sanoat transporti xom-ashyo yarimfabrikatlar, turli xil detallar, yonilg‟i va boshqa buyumlarni omborxonalardan ŝexlarga, ŝexlararo va ŝex ichida tayyor buyumlarni esa ŝexlardan omborxonalarga tashish bilan shug‟ullanadi. Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab, temir yo„l, avtomobil yo„l, suv yo„li, quvur o„tkazgich va maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga ŝexlar ichi, ŝexlararo ishlovchi turli konveyer va transporterlar, elektr yoki avtomobil, yuk karalari harakatlanadigan yo„llar kiradi 6.1-rasim. 6.1-rasm. Sanoat yo„llari 51 Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l transport va avtomobil transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g‟ri keladi. Sanoat yo„llari shaxobchalari uzunligiga qarab quyidagilarga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 km gacha - 30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi sanoat yo„llari ishida temir yo„l transporti va avtomobil transporti keng qo„llaniladi: temir yo„l transporti toshko„mir ochiq konlarida, avtomobil transporti - rangli metall va tog‟-kimyo, xom-ashyosi konlarida qo„llaniladi. Sanoat yo„llarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer yo„llarini rivojlantirishdir. Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi: Yuk tig‟izligi bo„yicha - 1 mln.t. netto bir yilda va undan ko„p - III p - turkum. 1 mln.t. netto bir yilda - IV p turkum. Engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut va ko„p - III p. 2000 avt./sut dan kam. -IV p. Turkum. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling