Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4- “A” sinf


Download 0.72 Mb.
bet57/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4- “A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 5 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
25-may 2021 -yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi G. Nazarova
Kotib D. Ulug`ova
Qatnashdilar: 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari


KUN TARTIBI
1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik.
2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish.


Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf rahbari ota-onalarga IV chorak va o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 23 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 10 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Xolmurodova Kumushbibi, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina,Xayrulloyev Javohir, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 82% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. . Sinf davomati 99,9% ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 82 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 99,2 % ni tashkil etdi. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:

1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga


olgan holda yaxshi deb topilsin.
2. Farzandlarini ta`til davomida ham kitob o`qishlarini nazorat qilish
sinf ota –onalari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilari ota-onalariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U ota-onalarga yozgi ta`til vaqtida farzandlarini badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmasligini nazorat qilishlarini aytib o`tdi. Ularga hamma vaqt
hushyor bo`lishlari kerakligini uqtirdi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling