Sinf majlislarining bayonnomalari
Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini nazorat qilish sinf rahbari hamda ota –onalar zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi ____________ Raximova M. Kotib ____________ J. Toshboboyev Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4-“A”sinfida bo`lib o`tgan 9 - sonli yig`ilish BAYONNOMASI 25 – may 2019-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Ulug`ova D. Kotib Ochildiyev D Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari Kun tartibida ko`riladigan masalalar: 1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik. 2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish. Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf rahbari IV chorakva o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 24 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Xolmurodova Kumushbibi, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina,Xayrulloyev Javohir, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 82% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. . Sinf davomati 99,9% ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 82 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 99,2 % ni tashkil etdi. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga ol gan holda yaxshi deb topilsin. 2. Yozgi ta`tilni maroqli otkazib , berilgan topshiriqlarni puxta bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U o`quvchilarga yozgi ta`til vaqtida badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmasligi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Sinf o`quvchilariga yozgi ta`tilni maroqli o`tkazish uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlari lozimligi uqtirilsin. 2. Sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida yozgi ta`tilda turli to`garak va mashg`ulotlarga jalb qilinsin. Yig`ilish raisi Ulug`ova D. Kotib Ochildiyev D. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling