Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4-“A” sinfida


Download 0.72 Mb.
bet52/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4-“A” sinfida
bo`lib o`tgan 3 - Sonli yig`ilish bayonnomasi
3. 11. 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi D. Ulug`ova
Kotib D. Ochildiyev
Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari
2.Ota –onani hurmat qilish haqida.
3. Sport sog`lik garovi
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari I chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. I chorak 4-sentabrda boshlanib, 1-noyabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 25 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 14 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. O`quv yili boshida 1 nafar o`quvchi boshqa maktabga ketganligi sababli sinf o`quvchilari 24 nafarni tashkil etdi, ulardan 11 nafari qiz bolalar 13 nafari o`g`il bolalardan iborat bo`ldi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Aliyev Akbar Yo`ldoshev Muhammad, Sattorov Azamat, Abdurasulova Muyassar, Ravzatova Parizoda, A`zamova Dilnura , Nasriddinova Farangiz, Rahmatulloyev Sayfullo, Raximova Sabrinalar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 87% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi.
Sinfda 22 nafar o`quvchi fanlarni yaxshi o`zlashtirdilar, 2 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz I chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman.
Shuningdek II chorak vazifalari ham belgilab olindi.
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb
topilsin.
2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Ota-onani hurmat qilish ” mavzusida ma`ruzasini o`qib eshittirdi. Sinf rahbari o`quvchilarga ota-onalar haqida so`z yuritar ekan , ota-bu quyosh, ona esa oydir. Ular bizning baxtimiz debochasi, ular bor ekan oila tinch va farovon. Shunday ekan, farzandlar ota-onalaringizni hurmat qilish lozimligini, ular chaqirganda labbay deb javob berishi, hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari, biror bir yumush buyurganda xo`p bo`ladi deb javob berishi, doimo ota-onaning gaplariga amal qilishi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi.


“Otang suyangan tog`ing, Onang sen o`sgan bog`ing” deb o`z fikriga yakun yasadi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Ota-onani hurmat qilish ” mavzusida ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Sinf o`quvchilari hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari lozimli uqtirilsin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi, u o`quvchilarga “Sport sog`lik garovi’ mavzusida ma`ruzasini o`qib berdi. “Buyuk hakim Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning qancha umr ko`rishi uning o`ziga bog`liq. Sog`lom bo`lish uchun inson kundalik hayotda qator qoidalarga amal qilmog`i kerak. Ertalabki badantarbiya, sayr qilish, to`g`ri ovqatlanish, sport bilan shug`ullanish, ozodalikka rioya qilish sog`lom bo`lishning asosiy shartlaridir. Odamning tanasi sog`lom bo`lsa, ruhi ham tetik bo`ladi. O`qishi a`lo, ishida unum bo`ladi. Sog`lom kishi baquvvat, g`yratli va mehnatsevar bo`ladi. Buning uchun ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam bajarib borishlari lozim bo`ladi. Sport bilan shug`ullanish kishini komillikka yetaklaydi. Bunday inson odamlarga, jamiyatga juda ko`p naf keltiradi. “Tan sihatlik tuman boylik” deb bejizga aytishmagan. “ deb o`z so`zini yakunladi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilariga “Sport sog`lik garovi “ mavzusidagi ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Sinf o`quvchilarini har doim sport bilan shug`ullanib borishlari lozimligi uqtirib o`tilsin.
3.O`quvchilarni sport bilan shug`ullanishlarini nazorat qilish, sport to`garaklariga jalb qilish jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi ____________ D. Ulug`ova


Kotib ____________ D. Ochildiyev

Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4- “A” sinfida


bo`lib o`tgan 4 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
24. 12. 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi D. Ulug`ova
Kotib D. Ochildiyev
Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari
2. O`quvchilarni to`garak mashg`ulotlariga jalb qilish
3. Dars tayyorlash bilim garovi
Eshitildi
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari II chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. II chorak 10-noyabrda boshlanib, 24-dekabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 24 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Aliyev Akbar Yo`ldoshev Muhammad, Sattorov Azamat, Abdurasulova Muyassar, Ravzatova Parizoda, A`zamova Dilnura , Nasriddinova Farangiz, Rahmatulloyev Sayfullo, Raximova Sabrina, Jabborova Noila, Xolmurodova Kumushbibilar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 95% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi.
Sinfda 23 nafar o`quvchi fanlarni yaxshi o`zlashtirdilar, 1 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqda. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz II chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman.
Shuningdek II chorak vazifalari ham belgilab olindi.
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb
topilsin.
2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi.


U sinf o`quvchilariga o`quvchilarning fan to`garaklariga ishtiroki haqida to`xtaldi. Sinf o`quvchilari sport, matematika, ingliz tili , ona tili, tasviriy san`at to`garaklariga qatnashishlari haqida to`xtalib o`tdi. Maktabda , tumanda faoliyat olib borayotgan to`garaklarga faol ishtirok etish o`quvchilarni bilimini oshiradi, chaqqon epchil , bilimli bo`lib o`sishiga yordam beradi . Har bir o`quvchi biror bir to`garakka qatnashsa yaxshi bo`lar edi. Bu sinfda o`quvchilarni o`z kuchiga ishonchni oshiradi,sinf sifat o`zlashtirishining yuqori bo`lishiga olib keladi deb so`zini yakunladi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1) O`quvchilarni fan to`faraklariga va sport to`garaklariga jalb qilish fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2) To`garaklarga faol ishtirok etish va o`z vaqtida to`garaklarga qatnashish o`quvchilar zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarini dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqida aytib o`tdi . Sinfimizda 24 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi.
Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlari nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi ____________ D. Ulug`ova


Kotib ____________ D. Ochildiyev

Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Farzand oila quvonchi ” mavzusidagi ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Oila jamiyatning bir bo`g`inidir. Har bir inson tug`ilgan kunidan boshlab o`zining ma`naviy, ijtimoiy, moddiy ehtiyojlarini qondiradi. Shu sababli oiladagi muhitning qay tarzda bo`lishi bolaning tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bolaga milliy ta`lim tarbiya eng avval oilada singdiriladi. Bu jarayon bobolar o`giti, otalar ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.. Oila - tarbiya maskani. Dunyoga kelgan farzand ota-onadan axloq- odob qoidalarini, halollikni poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlarni egallaydi.


Oilada bola tarbiyasi masalasi kishilik jamiyati paydo bo`libdiki, dolzarb masala hisoblanib kelinmoqda. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak kishilik jamiyatining ilk davrlarida ona mavqeyi baland bo`lgan. Bundan ko`rinadiki, bola tarbiyasida onalarning o`rni muhim bo`lgan va hozirgi kungacha shundayligicha qolmoqda. Oiladagi muhit bola tarbiyasiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Farzand oila quvonchi deymiz. Ota ona farzandini yeru-ko`kka ishonmay o`stiradi. Shunga javoban sizlar ham ota-ona chaqirganda labbay deb javob berishingiz lozim. Farzandning esa ota-ona oldida quyidagi burchlari mavjud:- Ota –ona oldida cvozini pasaytirib gapirishi; -ota-ona nasihat qilsa unga amal qilishi; -ularga har doim birinchi bo`lib salom berishi;-ota-ona yumushlariga yordam berishi kabi burchlari haqida to`xtalib otdi..
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.
1. “Farzand oila quvonchi” mavzusida ma`ruza o`qib eshittirilgani ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2.Farzandning ota-ona oldidagi burchini bajarish, unga amal qilish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatisin. .
Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 4-“A” sinfida
bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

31-oktabr 2019-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi D. Ulug`ova
Kotib D. Ochildiyev
Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari
KUN TARTIBI
1. “Yo`l qoidasi -umr foydasi” mavzusida tushunchalar berish
2. Iqtidorli va istedodli o`quvchilarni aniqlash , ular bilan qo`shimcha mashg`ulotlar
tashkil etish .
3. Sinf o`quvchilarini davomatini nazorat qilish
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari D. Ulug`ova so`zga chiqib, sinf o`quvchilariga “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga, hayotiga tahdid, xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Bo`layotgan shikastlanishlar orasida ko`p uchraydigani bu yo`l transport hodisalaridir. Shunisi achinarliki respublikamiz yo`llarida sodir etilayotgan yo`l transport hodisalari oshib bormoqda. Buning natijasida ko`plab bolalar nogiron, majruh bo`lib qolmoqda, ba`zilari halok bo`lmoqda. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez harakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar.
Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi.Maktabda olgan bilimlarimiz, ota-ona o`gitlariga amal qilaylik, ularni hayotda qo`llay olsak har qanday noxush holatlarga chek qo`ygan bo`lar edik.

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:


1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf o`quvchilariga
o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurish sinf o`quvchilarining
zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi. Bugun sinf davomatini yo`lga qo`yish juda muhim bir masala bo`lib turibdi. Bizning sinfimizda I chorak yakuniga ko`ra davomat juda yaxshi bo`ldi. Sinfimiz o`quvchilari sababli va sababsiz dars qoldirganlari yo`q.


Bir soat qoldirilgan dars tufayli qancha olinishi mumkin bo`lgan bilim qolib ketadi. Shuning natijasida o`quvchi o`zlashtira olmaydi. Siz ota- onalar o`quvchini dars to`liq ishtirok etishini ta`minlab berishingiz lozim. Biz esa ularga kerakli bilimni beramiz, deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf davomatini to`g`ri yo`lga qo`yishda sinf rahbariga ko`maklashish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2. Sinf davomatini orqaga tortadigan o`quvchiga qatiy chora ko`rilishi haqida ma`lumot berilsin.

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3-“A” sinfida


bo`lib o`tgan 3 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
3.11. 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi M. Raximova
Kotib J. Toshboboyev Qatnashdilar: 3-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari
2.Ota –onani hurmat qilish haqida.
3. Sport sog`lik garovi
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida I chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 7 nafarini qiz bolalar 15 nafarini o`g`il bolalar tashkil
etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida 3-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati __ % ni tashkil etdi. Sinfda o`zlashtirish ___ % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni ko`rsatdi.
Sinfda 4 nafar o`quvchi fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirdilar. Bu o`quvchilar D. Bo`riyeva, R. Boboshukurova, Safaraliyeva Sabina, Z. Rashidovlardir. Qolgan o`quvchilar ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar J. Raximov, U. Usmonov, M. Tursunov va F. Majidovlardir. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz I chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman.
Shuningdek II chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. Bundan tashqari I chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga kuzgi ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb
topilsin.
2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Ota-onani hurmat qilish ” mavzusida ma`ruzasini o`qib eshittirdi. Sinf rahbari o`quvchilarga ota-onalar haqida so`z yuritar ekan , ota-bu quyosh, ona esa oydir. Ular bizning baxtimiz debochasi, ular bor ekan oila tinch va farovon. Shunday ekan, farzandlar ota-onalaringizni hurmat qilish lozimligini, ular chaqirganda labbay deb javob berishi, hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari, biror bir yumush buyurganda xo`p bo`ladi deb javob berishi, doimo ota-onaning gaplariga amal qilishi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi.


“Otang suyangan tog`ing, Onang sen o`sgan bog`ing” deb o`z fikriga yakun yasadi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Ota-onani hurmat qilish ” mavzusida ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Sinf o`quvchilari hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari lozimli uqtirilsin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, uo`quvchilarga “Sport sog`lik garovi’ mavzusida ma`ruzasini o`qib berdi. “Buyuk hakim Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning qancha umr ko`rishi uning o`ziga bog`liq. Sog`lom bo`lish uchun inson kundalik hayotda qator qoidalarga amal qilmog`i kerak. Ertalabki badantarbiya, sayr qilish, to`g`ri ovqatlanish, sport bilan shug`ullanish, ozodalikka rioya qilish sog`lom bo`lishning asosiy shartlaridir. Odamning tanasi sog`lom bo`lsa, ruhi ham tetik bo`ladi. O`qishi a`lo, ishida unum bo`ladi. Sog`lom kishi baquvvat, g`yratli va mehnatsevar bo`ladi. Buning uchun ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam bajarib borishlari lozim bo`ladi. Sport bilan shug`ullanish kishini komillikka yetaklaydi. Bunday inson odamlarga, jamiyatga juda ko`p naf keltiradi. “Tan sihatlik tuman boylik” deb bejizga aytishmagan. “ deb o`z so`zini yakunladi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilariga “Sport sog`lik garovi “ mavzusidagi ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Sinf o`quvchilarini har doim sport bilan shug`ullanib borishlari lozimligi uqtirib o`tilsin.
3.O`quvchilarni sport bilan shug`ullanishlarini nazorat qilish, sport to`garaklariga jalb qilish jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi ____________ Raximova M.


Kotib ____________ J. Toshboboyev

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling