Sinf majlislarining bayonnomalari
Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 1-“B” sinfida
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 1-“B” sinfida
bo`lib o`tgan 3 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 3. 11. 2020 -yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi : M. Sohibova Yig`ilish kotibi: S. Aliyeva Qatnashdilar: 1-“B” sinf o`quvchilari Kun tartibi 1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari 2.Ota –onani hurmat qilish haqida. 3. Sport sog`lik garovi Eshitildi Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari M. Sohibova so`zga chiqdi, u o`z nutqida I chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 21nafar o`quvchi bo`lib, shundan 9 nafarini qiz bolalar 12 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida 1-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. Sinfda o`quvchilarning o`zlashtirishi 100% ni tashkil etdi. Sinfdagi o`quvchilar harflarni puxta o`zlashtirishga erishdilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bo`ldi. Bu o`quvchilar II chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. O`quvchilarni o`zlashtirishiga qarab biz I chorak yakunini namunali deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. Shuningdek II chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. Bundan tashqari I chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin. 2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Ota-onani hurmat qilish ” mavzusida ma`ruzasini o`qib eshittirdi. Sinf rahbari o`quvchilarga ota-onalar haqida so`z yuritar ekan , ota-bu quyosh, ona esa oydir. Ular bizning baxtimiz debochasi, ular bor ekan oila tinch va farovon. Shunday ekan, farzandlar ota-onalaringizni hurmat qilish lozimligini, ular chaqirganda labbay deb javob berishi, hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari, biror bir yumush buyurganda xo`p bo`ladi deb javob berishi, doimo ota-onaning gaplariga amal qilishi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi. “Otang suyangan tog`ing, Onang sen o`sgan bog`ing” deb o`z fikriga yakun yasadi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1. Sinf rahbarining “Ota-onani hurmat qilish” mavzusida ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin. 2. Sinf o`quvchilari hamma vaqt ota-onalarining ishonchli ko`makchisi bo`lishlari lozimli uqtirilsin . Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova so`zga chiqdi, u o`quvchilarga “Sport sog`lik garovi’ mavzusida ma`ruzasini o`qib berdi. “Buyuk hakim Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning qancha umr ko`rishi uning o`ziga bog`liq. Sog`lom bo`lish uchun inson kundalik hayotda qator qoidalarga amal qilmog`i kerak. Ertalabki badantarbiya, sayr qilish, to`g`ri ovqatlanish, sport bilan shug`ullanish, ozodalikka rioya qilish sog`lom bo`lishning asosiy shartlaridir. Odamning tanasi sog`lom bo`lsa, ruhi ham tetik bo`ladi. O`qishi a`lo, ishida unum bo`ladi. Sog`lom kishi baquvvat, g`yratli va mehnatsevar bo`ladi. Buning uchun ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam bajarib borishlari lozim bo`ladi. Sport bilan shug`ullanish kishini komillikka yetaklaydi. Bunday inson odamlarga, jamiyatga juda ko`p naf keltiradi. “Tan sihatlik tuman boylik” deb bejizga aytishmagan” deb o`z so`zini yakunladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1. Sinf o`quvchilariga “Sport sog`lik garovi “ mavzusidagi ma`ruzasi axborot uchun qabul qilinsin. 2. Sinf o`quvchilarini har doim sport bilan shug`ullanib borishlari lozimligi uqtirib o`tilsin. 3.O`quvchilarni sport bilan shug`ullanishlarini nazorat qilish, sport to`garaklariga jalb qilish jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi : M. Sohibova Yig`ilish kotibi: S. Aliyeva Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling