Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
2019-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan 5 ta tashabbus quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan 5 ta tashabbus asosida sinfda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Sinfdagi o`quvchilar o`z qiziqishlari asosida guruhlarga ajratib olindi va oz yo`nalishlari asosida fan o`qituvchilariga biriktirildi. 1-tashabbus asosida rasm, musiqa, san`at, teatr yo`nalishlarida tadbirlar o`tkazildi. 2-tashabbus asosida turli sport musobaqalqri tashkil etildi. 3-tashabbus asosida kompyuter texnoloyiyasidan to`g`ri foydalanish o`rgatildi. 4-tashabbus asosida o`quvchilar maktab kutubxonachisi bilan uzviy aloqa o`rnatib, kitob bilan do`st tutindilar . Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. 5 ta tashabbus asosida olib borilgan ishlar qoniqarli deb topilsin. 2. Sinf o`quvchilarini faolligini oshirish maqsadida 5 ta tashabbus asosida yana ham ko`proq mashg`ulot va tadbirlar uyushtirish fan o`qituvchilari va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi, u o`z nutqida sinf o`quvchilaining fanlardan o`zlashtirishi haqida fikr bildirib o`tdi. O`quvchilarning o`zlashtirishi haqida gap borar ekan , o`quvchilar o`qishni anchagina susaytirganligini, o`quvchilarda faollik shijoat yetishmayotganligini aytib o`tdi. Hamma o`quvchida harakat bor , lekin anchagina sust .Ana shu sustkashlik sizning o`zlashtirishingizga ta`sir ko`rsatmoqda. Demak sizdan bitta talab, dars tayyorlashga ko`proq e`tibor qaratish lozim. Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Sinf rahbarining o`zlashtirish ahvoli haqidagi ma`lumotnomasi axborot uchun qabul qilinsin. 2. Sinf o`quvchilarni dars tayyorlashga nisbatan e`tiborni kuchaytishlari lozimligi uqtirilsin . Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi. U sinf o`quvchilariga uyda dars tayyorlash haqida quyidagi fikrlarni bildirdi. Sinf rahbari o`quvchilariga dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqida aytib o`tdi . Sinfimizda 24 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan, o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab, uy vazifalarini bajarib kelsalar sinfimizda fanlarni o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi. Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin. 2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi ________________ D. Ulug`ova Kotib ________________ D. Ochildiyev Sariosiyo tumanidagi 24- umumta`lim maktabi 3-“A” sinfida bo`lib o`tgan 5 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 26-fevral 2021-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Raximova M. Kotib Toshboboyev J. Qatnashdilar: 3-“A” sinf o`quvchilari KUN TARTIBI 1. “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusida suhbat olib borish 2. O`quvchilarni kundalik daftarlarining yuritilishi ahvoli Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling