Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ch.Do`sanova so`zga chiqdi, u “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruzasini o`quvchilarga o`qib eshittirdi. Har bir insonning o`z oilasi bor. Oilada ota-ona , buva-buvi , aka- uka, opa singillar ahil yashaydilar. Ular har doim, har qanday holatda bir-biriga yordam berishi lozim. Oila kichik Vatan hisoblanadi. Shu bilan birga atrofimizda tengdoshlarimiz , o`rtoqlarimiz ham bor . Biz ular bilan ham o`zaro hurmatda bo`lmog`imiz lozim. Bolajonlar siz qanday sehrli so`zlarni bilasiz? O`zaro hurmat ana shu sehrli so`zlardan boshlanadi. “Assalomu alaykum”, “Labbay”, “Rahmat”,” Iltimos”, “Rahmat” kabi “Sehrli so`zlar”dan o`rinli foydalanish o`zaro hurmatga olib keladi. Siz ham ana shu so`zlardan doimo foydalaning ,o`rtoqlaringiz va atrofdagilarga o`zaro hurmatda, kichiklarga izzatda bo`ling deb o`z so`zini yakunladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1.“O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruza ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2. O`rtoqlari va atrofdagilarga nisbatan hurmatda bo`lish , kichiklarga g`amxorlik qi`lish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarining aylanma daftarlarining yuritilishi ahvoli haqida ma`lumot berdi. Daftarlarni yuritilishi haqida gap borar ekan daftar o`quvchining yuzi hisoblanadi, u orqali o`quvchiga baho beriladi, ota-ona va sinf rahbari o`rtasidagi vosita hisoblanadi. Sinfimizda 19 nafar o`quvchi bo`lib ularning barchasida aylanma daftari mavjud. Sinf o`quvchilari barchasi daftarlarini toza yuritishgan deya olmaymiz. Sinfda daftarlarini toza, ozoda saqlagan o`quvchilar Aliyeva Sokina , Sa`dullayeva Marjona, Aliyev Akramshoh, Hikmatullayeva Sabrina , Abduraximov Azamatlar bo`lib bu o`quvchilarga rahmat aytamiz. Lekin ba`zi o`quvchilar borki ularni daftarlari talab darajasida emas. Bu o`quvchilarga daftarni yuritilishi haqida tushunchalar berib, nazoratga olamiz –deb o`z so`zini yakunladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: Aylanma daftarlar kunlik tekshirilib borilsin. Aylanma daftarlar yuritilish ahvolini kuzatib borish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin Yig`ilish raisi : Ch.Do`sanova Yig`ilish kotibi: L.Xikmatullayeva Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1- “B” sinfida bo`lib o`tgan 4 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 26. 12. 2022-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi I.Narzulloyeva Kotib M.Abdujamilova Qatnashdilar: 1-“B”sinf o`quvchilari Kun tartibi 1. 2-chorak yakunlari haqida 2.”Eng faol sinf” ko’rik-tanlovlarida sinfning ishtiroki haqida 3. Maktab o’z uyim ,unga mening qo’shgan hissam Eshitildi 1. III chorak yakuni va IV chorak vazifalari Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari I.Narzullayeva so`zga chiqdi. Sinf rahbari II chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. II chorak 10-noyabrdan boshlanib,27-dekabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 10 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Xolmurodova Kumushbibi, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina,Xayrulloyev Javohir, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 87% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. . Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. Sinfda 12 nafar o`quvchi harflarni yaxshi o`zlashtirdilar, 11 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz III chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman .. Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi. 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda qoniqarli deb topilsin. 2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf rahbari II chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. II chorak 10- noyabr kuni boshlanib, 27- dekabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 23 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 10 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Xolmurodova Kumushbibi, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina,Xayrulloyev Javohir, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi ____% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. . Sinf davomati ____ % ni tashkil etdi.Qodirova Munisa kasal bo`lganligi tufayli ___ soat dars qoldirdi Demak, II chorak yakuni va o`zlashtirishni yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. Sinf davomati ____ % ni tashkil etdi.Qodirova Munisa kasal bo`lganligi tufayli ___ soat dars qoldirdi. Shuningdek II I chorak vazifalari ham belgilab olindi.Unga ko`ra o`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, fanlarni puxta o`rganib borishlari lozimligi aytildi. Bundan tashqari II chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga qishki ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari, turli xil portlovchi o`yinchoqlardan foydalanmaslik haqida ham aytib o`tildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda qoniqarli deb topilsin . 2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilariga o`quvchilarning fan to`garaklariga ishtiroki haqida to`xtaldi. Sinf o`quvchilari sport, matematika, ingliz tili , ona tili, tasviriy san`at to`garaklariga qatnashishlari haqida to`xtalib o`tdi. Bundan tashqari sinfdagi ___nafar o`quvchi maktabdan tashqari to`garaklarga ham jalb qilinganligi aytib o`tildi. Maktabda , tumanda faoliyat olib borayotgan to`garaklarga faol ishtirok etish o`quvchilarni bilimini oshiradi, chaqqon epchil , bilimli bo`lib o`sishiga yordam beradi . Har bir o`quvchi biror bir to`garakka qatnashsa yaxshi bo`lar edi. Bu sinfda o`quvchilarni o`z kuchiga ishonchni oshiradi,sinf sifat o`zlashtirishining yuqori bo`lishiga olib keladi deb so`zini yakunladi. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1) O`quvchilarni fan to`faraklariga va sport to`garaklariga jalb qilish fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. 2) To`garaklarga faol ishtirok etish va o`z vaqtida to`garaklarga qatnashish o`quvchilar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, yangi yilni xush kayfiyat shodu- xurramlik bilan kutib olish haqida aytib o`tdi. Bu bayram bolalarning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Barcha o`quvchilar bu bayramni orziqib kutadilar. Bayram kunlari turli xil portlovchi vositalardan foydalanmaslik haqida gapirib, unday narsalar turli xil noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi, bunday sovuq o`yinchoqlardan umuman foydalanmaslik lozimligini uqtirdi. Eng uzoq davom etadigan ta`til, bu qishki ta`tildir. Shuning uchun bu ta`tilda ko`proq kitob o`qish, she`r yod olish, sport to`garaklariga qatnashish, ota- onalarning ruxsatisiz ko`cha- kuyda yurmaslik, yo`l harakati qoidalariga qatiy rioya qilish lozimligi tushuntirildi. Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Qishki ta`tilni maroqli va mazmunli o`tkazish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. 2. Bayram kunlari turli xil portlovchi vositalardan foydalanmaslik, yo`llarda sirpanchiq uchmaslik sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin . Ularni nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. 3. Bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun fan va sport to`garaklariga jalb qilish sinf rahbari va fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatisin. Yig`ilish raisi: D. Ulug`ova Kotib : A. Abduzoirov Sariosiyo tumanidagi 24- sonli umumta`lim maktabi 4-“A” sinfida bo`lib o`tgan 6 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 26-fevral 2021-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Ulug`ova D. Kotib Ochildiyev D. Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari KUN TARTIBI 1. “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusida suhbat olib borish 2. O`quvchilarni kundalik daftarlarining yuritilishi ahvoli Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling