Sinf majlislarining bayonnomalari


Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin


Download 0.72 Mb.
bet51/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini nazorat qilish sinf rahbari hamda ota –onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi : M. Sohibova
Yig`ilish kotibi: S. Aliyeva

Sariosiyo tumani 24- umum ta`lim maktabi 4-“A” sinfida


bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

30-oktabr 2020-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi Ulug`ova D.
Kotib Ochildiyev D.
Qatnashdilar: 4-“A”sinf o`quvchilari
KUN TARTIBI
1. “Yo`l qoidasi -umr foydasi” mavzusida tushunchalar berish
2. Iqtidorli va istedodli o`quvchilarni aniqlash , ular bilan qo`shimcha mashg`ulotlar
tashkil etish .
3. Sinf o`quvchilarini davomatini nazorat qilish
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari D. Ulug`ova so`zga chiqib, sinf o`quvchilariga “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga, hayotiga tahdid, xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Bo`layotgan shikastlanishlar orasida ko`p uchraydigani bu yo`l transport hodisalaridir. Shunisi achinarliki respublikamiz yo`llarida sodir etilayotgan yo`l transport hodisalari oshib bormoqda. Buning natijasida ko`plab bolalar nogiron, majruh bo`lib qolmoqda, ba`zilari halok bo`lmoqda. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez harakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar.
Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi.Maktabda olgan bilimlarimiz, ota-ona o`gitlariga amal qilaylik, ularni hayotda qo`llay olsak har qanday noxush holatlarga chek qo`ygan bo`lar edik.

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:


1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf o`quvchilariga
o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurish sinf o`quvchilarining
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari D. Ulug`ova so`zga chiqib, sinfdagi iqtidorli va istedodli o`quvchilar haqida ma`lumot berib o`tdi . Sinfimizda ta`lim olayotgan o`quvchilar ichida o`z tirishqoqligi bilan boshqa o`rtoqlaridan ajralib turadigan iqtidorli va istedodli o`quvchilar aniqlangan . Iqtidori aniqlangan o`quvchilar Sattorov Azamat , A`zamova Dilnura matematika fani bilimdoni hisoblanishadi. Abdurasulova Muyassar so`zamolligi , o`qish texnikasidan kuchliligi bilan ajralib turadi. Aliyev Akbar, Yo`ldoshev Muhammadlar fanlarni puxta o`rganish bilan bir qatorda chiroyli husnixati bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`lishgan. Bundan tashqari sinfimizda istedodli o`quvchilar ham bor. Esonova Dilnura , Raximova Sabrina bo`sh vaqtlarida rangli qog`ozdan turli xil ijod namunalarini yaratishadi. Maxmanazarov Shaxobiddin , Qodirova Munisa rasm chizib o`z ijodiy ishlari bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`lyaptilar.
Ular bilan fan o`qituvchilari, sport murabbiylari qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishgan.
Bolajonlar siz ham intilsangiz biror bir fanni yaxshi o`rganib olasiz . Buning uchun ko`proq mashg`ulotlarga qatnashish , darslarni puxta o`rganish kerak. Sinfdagi boshqa o`quvchilarni ham faol bo`lishga, yangi bir ijod namunasi bilan bo`y ko`rsatishiga ishonaman.
Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi:

  1. O`z qiziqishi va intilishi bilan boshqalarga o`rnak bo`ladigan o`quvchilarimizga rahmatnoma e`lon qilinsin .

  2. Sinfdagi iqtidorli va istedodli o`quvchilarni nazoratga olish fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin .

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Bugun sinf davomatini yo`lga qo`yish juda muhim bir masala bo`lib turibdi.
Bizning sinfimizda I chorak yakuniga ko`ra davomat juda yaxshi bo`ldi. Sinfimiz o`quvchilari sababli va sababsiz dars qoldirganlari yo`q.
Bir soat qoldirilgan dars tufayli qancha olinishi mumkin bo`lgan bilim qolib ketadi. Shuning natijasida o`quvchi o`zlashtira olmaydi. Siz ota- onalar o`quvchini dars to`liq ishtirok etishini ta`minlab berishingiz lozim. Biz esa ularga kerakli bilimni beramiz, deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf davomatini to`g`ri yo`lga qo`yishda sinf rahbariga ko`maklashish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2. Sinf davomatini orqaga tortadigan o`quvchiga qat`iy chora ko`rilishi haqida ma`lumot berilsin.
Yig`ilish raisi Ulug`ova D.
Kotib Ochildiyev D.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling