Sinf majlislarining bayonnomalari
Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1-“B” sinfida
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1-“B” sinfida
bo`lib o`tgan 4 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 24. 12. 2020-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi : M. Sohibova Yig`ilish kotibi: S. Aliyeva Qatnashdilar: 1-“B”sinf o`quvchilari Kun tartibi 1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari 2. O`quvchilarni to`garak mashg`ulotlariga jalb qilish 3. Dars tayyorlash bilim garovi Eshitildi Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Sohibova M. so`zga chiqdi, u o`z nutqida II chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 9 nafarini qiz bolalar 12 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida1-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. Sinfda o`quvchilarni o`zlashtirishi 100% ni ko`rsatdi. Sinfdagi o`quvchilar harflarni puxta o`rganib oldilar. Ularni o`zlashtirishi yaxshi natijalarni ko`rsatdi. Sinfimizda husnixati chiroyli o`quvchilarimiz ham bor. Ular harflarni mustaqil o`qiy oladilar, mustaqil diktant yoza oladilar. Demak, biz II chorak yakunini namunali deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. Bu chorakda hamma fanlardan baholanasizlar. Endi ko`proq dars tayyorlashingizga to`g`ri keladi. Hammangizni o`qishlaringizda tub burilish yasab yana ham faolroq bo`lasizlar degan umiddaman. Shuningdek III chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. Bundan tashqari II chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga qishki ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. II chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin. 2. III chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilariga o`quvchilarning fan to`garaklariga ishtiroki haqida to`xtaldi. Sinf o`quvchilari sport, matematika, ingliz tili , ona tili, tasviriy san`at to`garaklariga qatnashishlari haqida to`xtalib o`tdi. Maktabda , tumanda faoliyat olib borayotgan to`garaklarga faol ishtirok etish o`quvchilarni bilimini oshiradi, chaqqon epchil , bilimli bo`lib o`sishiga yordam beradi . Har bir o`quvchi biror bir to`garakka qatnashsa yaxshi bo`lar edi. Bu sinfda o`quvchilarni o`z kuchiga ishonchni oshiradi, sinf sifat o`zlashtirishining yuqori bo`lishiga olib keladi deb so`zini yakunladi. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1) O`quvchilarni fan to`garaklariga va sport to`garaklariga jalb qilish fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. 2) To`garaklarga faol ishtirok etish va o`z vaqtida to`garaklarga qatnashish o`quvchilar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarini dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlashbilan bog`liqligi haqida aytib o`tdi . Sinfimizda 21 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada bo`ladi. Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling