Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruzasini o`quvchilarga o`qib eshittirdi. Har bir insonning o`z oilasi bor. Oilada ota-ona , buva-buvi , aka- uka, opa singillar ahil yashaydilar. Ular har doim, har qanday holatda bir-biriga yordam berishi lozim. Oila kichik Vatan hisoblanadi. Shu bilan birga atrofimizda tengdoshlarimiz , o`rtoqlarimiz ham bor . Biz ular bilan ham o`zaro hurmatda bo`lmog`imiz lozim. Bolajonlar siz qanday sehrli so`zlarni bilasiz? O`zaro hurmat ana shu sehrli so`zlardan boshlanadi. “Assalomu alaykum”, “Labbay”, “Rahmat”,” Iltimos”, “Rahmat” kabi “Sehrli so`zlar”dan o`rinli foydalanish o`zaro hurmatga olib keladi. Siz ham ana shu so`zlardan doimo foydalaning ,o`rtoqlaringiz va atrofdagilarga o`zaro hurmatda, kichiklarga izzatda bo`ling deb o`z so`zini yakunladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1.“O`zaro hurmatda bo`l” mavzusidagi ma`ruza ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2. O`rtoqlari va atrofdagilarga nisbatan hurmatda bo`lish , kichiklarga g`amxorlik qi`lish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarining kundaliklarining yuritilishi ahvoli haqida ma`lumot berdi. Kundalik haqida gap borar ekan kundalik o`quvchining yuzi hisoblanadi, u orqali o`quvchiga baho beriladi, ota-ona va sinf rahbari o`rtasidagi vosita hisoblanadi. Sinfimizda 25 nafar o`quvchi bo`lib ularning barchasida kundalik daftari mavjud. Sinf o`quvchilari barchasi kundalikni to`g`ri yuritishgan deya olmaymiz. Sinfda kundalikni toza, ozoda saqlagan o`quvchilar Yo`ldoshev Muhammad, Botirov Elyor, Ochildiyev Diyor, Aliyev Akbarshoh, Raximova Sabrina , Abdurasulova Muyassarlar bo`lib bu o`quvchilarga rahmat aytamiz. Lekin ba`zi o`quvchilar borki ularni kundaligi talab darajasida emas. Bu o`quvchilarga kundalik yuritilishi haqida tushunchalar berib, kundalikni to`g`ri yuritishlarini nazoratga olamiz –deb o`z so`zini yakunladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1. Sinf rahbarining kundaliklarni yuritilishi haqidagi axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2. Kundalikni toza, ozoda saqlash va to`g`ri yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin . Yig`ilish raisi ______________ Raximova M. Kotib ______________ Toshboboyev J. Sariosiyo tumanidagi 24- umumta`lim maktabi 3-“B” sinfida bo`lib o`tgan 5 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 26-fevral 2021-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Narzulloyeva I Kotib Sultonova S. Qatnashdilar: 3-“B” sinf o`quvchilari KUN TARTIBI 1. “O`zaro hurmatda bo`l” mavzusida suhbat olib borish 2. O`quvchilarni kundalik daftarlarining yuritilishi ahvoli Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling