Lug`at bilan ishlash!
VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk.–Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya.
Eslatma! Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo‘yog‘i aks etib turadi.
Eslatma! Mamlakat ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q
darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi.
Eslatma! Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi.
Eslatma! El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi.
Eslatma! Diyor poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi.
10-sinf ona tili darsligi tugadi. Bilishingiz kerak bo`lgan ma`lumotlar shular.
11-SINF ONA TILI DARSLIGIDAGI KERAKLI MA`LUMOTLAR!
O‘ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOTI.
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, u yer yuzidagi eng qadimiy va boy tillardan hisoblanadi. Bugun mustaqillik bois paydo bo‘layotgan yangi-yangi tushunchalarni ifodalash uchun, avvalo, o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari to‘laligicha ishga solinmoqda, xususan, yangi so‘zlar yasalmoqda (masalan, dasturchi, ahdnoma, kafolatnoma; idoralararo, hukumatlararo, davlatlararo; nodavlat, nohukumat, notijorat, nomoddiy; mahalliylashtirish, kompyuterlashtirish, modellashtirish kabi); eskirgan deb qaralgan so‘zlar qaytadan tilga olib kirilmoqda (masalan, ma’naviyat, millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa, muallif, munaqqid, tashxis, tijorat kabi); til tabiatiga uyg‘un tarzda ularga yangi ma’nolar yuklanmoqda (masalan, vazir, viloyat, tuman, hokim, zobit kabi); umrini yashab bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda (masalan, kolxoz, sovxoz, ateist kabi). Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etmoqda (masalan, biznes, biznesmen, millioner, savdogar, fermer, janob, kapital, parlament, firma kabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |