Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub
Download 0.53 Mb.
|
10-sinf va 11-sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug`at bilan ishlash! JILMAYMOQ, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq.
- QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
GAPDAGI KIRITMALAR USLUBIYATI
Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. Eslatma! Kiritmalar Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi. Masalan: O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar. Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar. Salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. Lug`at bilan ishlash! JILMAYMOQ, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq.–Ovoz chiqarmay ko‘z, lab harakati bilan kulgi ifoda qilmoq, miyig‘ida kulmoq. Eslatma! Jilmaymoq va iljaymoq so‘zlari stilistik jihatdan neytral hisoblanadi. Eslatma! Irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega. Bu salbiy bo‘yoq irjaymoq so‘ziga nisbatan tirjaymoq so‘zida, tirjaymoq so‘ziga nisbatan ishshaymoq so‘zida, ishshaymoq so‘ziga nisbatan irshaymoq so‘zida kuchliroq. QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqea-hodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq, ochiq va qabariq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat munosabatining ifodalanishini qiyoslang: Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan ochiq aks etgan) – Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan aks etmagan). Eslatma! So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan, bu uslub qo‘llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma gaplarning, asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi. Eslatma! Ilmiy va rasmiy uslublarda esa mazmunni to‘liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili turi afzal ko‘riladi. Eslatma! Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, uslubiy bo‘yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo‘shma gaplarning har ikki turi qo‘llanaveradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling