RITORIK SO‘ROQ GAPLAR USLUBIYATI
Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta’kidli va ta’sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi. Misollar: Hozir erta turmasa bo‘ladimi?!
Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi?! (ma`no esa shuni teskarisi)
Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (ma`no esa shuni teskarisi)
Lug`at bilan ishlash!
BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.– Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs.
Eslatma! Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch-to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin «katta xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi.
Eslatma! Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi.
Eslatma! Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor.
Eslatma! Ishboshi nisbatan eskirgan.
Eslatma! Boshchi kam qo‘llanadi.
Eslatma! Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos.
Eslatma! Rahnamo kitobiy uslubga xos, ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin turadi.
Eslatma! Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy uslubga xos.
Eslatma! Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi.
Eslatma! Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega.
Eslatma! Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.
Do'stlaringiz bilan baham: |