Sinfdan tashqari ishlar


Download 52.68 Kb.
bet6/9
Sana29.03.2023
Hajmi52.68 Kb.
#1305591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ostonaqulova Mahliyo

Zinama-zina» metodi

«Zinama-zina» metodi – o`yin tarzida tashkil etishga mo`ljallangan bo`lib, berilgan topshiriqlar asosida marraga kim birinchi chiqish-dan iborat hisoblanadi.
Quyida uning sxematik tuzilishi keltirilgan bo`lib, mavzuga oid savollar ketma-ketligi asosida oddiydan murakkabga qarab tuziladi.



Masalan, “Anorganik moddalarning sinflanishi” mavzusi bo`yicha guruhlarga quyidagicha topshiriq beriladi. Berilgan anorganik moddalarning sinflari xossalari, olinishi va ishlatilishi haqidagi ma`lumotlarni yozing.

Mavzu

Anorganik moddalarning sinflari

Oksidlar




Asoslar




Kislotalar




Tuzlar





Mavzu: Olimpiada uchun masala tuzish
Reja:
1. Olimpiada uchun masala tuzish
2. Xalqaro kimyo olimpiadasi
3. 9-10- sinflarda kimyo olimpiadasi
Ko'pincha kimyo olimpiadalarida standart yechish usullariga ega bo'lmagan masalalar beriladi. Bunday masalalami yechish kimyoviy tafakkurlash orqali amalga oshiriladi. O'qitishdagi jamiki ta'lim, tarbiya, rivojlantirish jarayonlari kimyoviy tafakkurni shakllantirishga olib keladi. Bu jarayondagi ta'lim oluvchilaming faolligi, bilimlarni mustahkam egallash zaruriyati kimyoviy tafakkurning shakllanishi va rivojIanishida muhim omil hisoblanadi.
Ko'pgina maktablarda sinfdan tashqi mashg'ulotlarning alohida bir ommaviy shakli kimyoviy olimpiadalar har yili muvaffaqiyat bilan o'tkazib turiladi. Olimpiada kimyo sohasida o'quvchilarni bilim jihatdan o'zaro musobaqalashishlari uchun birlashtiradi va ularga ta'lim-tarbiyaviy jihatdan katta ta'sir ko'rsatadi:
a) o'quvchilarda kimyoga havas uyg'otadi va tafakkurini rivojlantiradi;
b) o'quvchilarning yangi nazariy va amaliy material bilan tanishishlariga sabab bo'ladi;
d) o'quvchilarda eng muhim amaliy malakalar hosil qiladi;
e) o'quvchilarni kirnyoviy fIlalar yuritishlariga yordam beradi;
f) o'quvchilarni hozirgi zamon kimyosining eng dolzarb muammolarini tushunishlariga ta'sir ko'rsatadi;
g) o'quvchilarda fIkrni jamIab, sabr-toqat bilan ishlash va boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish xususiyatlarini hosil qiladi.
Kimyoviy olimpiada o'quvchilaming kimyodan qanchalik bilimIari borligini ko'rsatib beradi, o'rta maktabda kimyo o'qitishni yanada yaxshilashga yordam qiladi. Kimyoviy olimpiada maktab, tuman, shahar, viloyat va butun respublika miqyosida o'tkaziladi. Maktab kimyoviy olimpiadasi, o'quv yilining ikkinchi choragida o'tkaziladi. Olimpiada har qaysi sinfda alohida o'tkaziladi. Bu davrda
olimpiada ishtirokchilari beshta masala (uchtasi nazariy va ikkitasi amaliy) yechishlari kerak.
Amaliy masalalar quyidagicha bo'lishi mumkin:
a) modda hosil qiling va moddaning hosil bo'lganligini ayni moddaga xos reaksiyalar yordamida isbotlang;
b) eksperimental masalalar yechish. Nazariy va amaliy masalalar ham maxsus jadvalda ko'rsatilgan kunlarda yechiladi.
Tadbir so'ngida maktabda kecha o'tkazilib, kechada olimpiadaning yakuni e'lon qilinadi, masalalarning yechilishi tahlil qilinadi va olimpiada g'oliblari mukofotlanadi. Maktab olimpiadasi g'oliblari tuman, shahar va viloyat turlari olimpiadalarida ham g'oliblikni egallasalar, respublika olimpiadasida qatnashish huquqi beriladi.

Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling