Sinfdan tashqari ishlar


Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari


Download 52.68 Kb.
bet8/9
Sana29.03.2023
Hajmi52.68 Kb.
#1305591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ostonaqulova Mahliyo

Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Xalqaro kimyo olimpiadasida terma jamoamiz vakilliri 2013 yildan buyon qatnashib, bu davr ichida jami 21 ta medal, shundan 2 ta oltin4 ta kumush15 ta bronza medallarni qoʼlga kiritishgan. Birgina oʼtgan 2019 yilda 21-30 iyul kunlari Frantsiyaning Parij shahrida boʼlib oʼtgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) Oʼzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medal sohibi boʼlishdi.
Kimyodan masala yecha olish kimyoviy ta’limlar orasida muhim o’rinni egallab,u orqali kimyodan olingan o’quv materiallarining chuqur va to’liq o’zlashtirilishi ta’minlanadi,nazariy bilimlarni amaliy masalalarni yechishga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirishda muhim vositadir.O’rganilgan nazariy materiallarni kimyoviy masalalarni mohirlik bilan yechishga qo’llay bilishni har bir o’quvchi uddasidan chiqishi lozim zero milliy dasturning eng asosiy talablaridan biri ham shudir. Kimyogar mutaxasisligini tanlagan bo’lajak bakalavr-kimyoviy masalalar yechishning oddiy usullarini mukammal egallashlari orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradilar .Bunga erishish fanni chuqur va yaxshi o’rganish o’z o’zidan bo’lmaydi. Bu o’z navbatida o’quvchidandan fanga qiziqish yuksak intilish, mashaqqatli mehnat talab qiladi. Shu mehnatni yuzaga chiqaruvchi, hamda kimyo fanini chuqur o’rgatuvchi omillardan biri, olingan bilimlar asosida masala yechishdir.Bugungi kunda o’rta maktab va litsey o’quvchilarining masala yechishga qiziqishlari qanday? O’quvchilarda masala yechishinig shakillanmasligining asosiy sababi ularning e’tiborsizliklari va kimyo o’qituvchilarning o’zida masala yechish ko’nikmalarining yetishmasligi oqibatidir. Ayniqsa o’rta maktablarning o’quvchilarida kimyoviy masalalar yechish ko’nikmalarini hosil qilish juda nochor ahvolda .O’quvchilarning kimyoviy masalalarni yecha olmasliklari va qiynalishlarining asosiy sababi o’qituvchi ko’rsatgan standart yo’ldan chiqmay o’zlari mustaqil nostandart yo’llarini qo’llay olmasliklari ,masala mohiyati va uni yechish yo’llarini tushunmasliklari matematik va fizikaviy bilimlarni qo’llay bilmasliklari,masalani kimyoviy, matematik va fizikaviy jihatdan tahlil qila olmasliklaridir .Bu qiyinchiliklar yengilganda kimyodan masala yechish hech qanday og’irlik to’g’dirmaydi,aksincha yechish jarayoni qiziqarli bo’ladi,o’quvchi o’z ishidan qoniqish oladi ,fanga bo’lgan qiziqishi ortadi .O’quvchilaning ta’lim olish jarayonida masala yecha olishini rivojlantirib borishga erishishning birdan bir yo’li doimo sistematik ravishda masala yechib borishdir .Bunga erishishning yo’li o’quvchilarning o’quv dasturlarida kollej hamda litseylarda kimyoviy masalalar yechish uchun alohida soatlar ajratilsa va ularni bajarishga tajribali o’qituvchilar belgilansa soatlarning bajarilishi qattiq nazoratga olinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling