Sinfdan tashqari ishlar
Kimyo fanidan 9-sinflar uchun yozma ish savollari
Download 52.68 Kb.
|
Ostonaqulova Mahliyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-masala
- 2-masala
- Elеktrоn tа`lim rеsurslаri
Kimyo fanidan 9-sinflar uchun yozma ish savollari
1-masala . Tarkibida 58.5 gr natriy xlorid bo’lgan osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganda , anodda 2.24 l xlor(n.shda) hosil bo’lgan. Elektrolizdan eritmada qanday moddalar va qancha miqdorda hosil bo’lganligini hisoblang2-masala. 56% li sulfat kislota eritmasidan 650 gr tayyorlash uchun sulfit angidrid va 14% li sulfit kislota eritmasidan qancha miqdorda (g) olish zarur? 3-masala Massasi 620 kg bo`lgan tabiiy fosforitdan massasi 250 kg fosfat kislota olindi. Tabiiy fosforitdagi Ca3(PO4)2 ning massa ulushini aniqlang? 4-masala Quyidgi o`zgarishlarni amalga oshiring. Si –Mg2Si – SiH 4 – SiO2 – Na2 SiO3 -– H2 SiO3 –SiO2 5-masala. Xlor va vodorodning ta’sirlashishidan 0,5 mol vodorod xlorid hosil bo‘ldi. Reaksiyaga kirishgan xlorning hajmini (n.sh.da) hisoblang. Kimyo fanidan 10-sinflar uchun yozma ish savollari 1-masala 6,84 % li mis(II) xlorid eritmasidan 100 g tayyorlash uchun mis (II) xlorid kristallogidrati CuС12* 2Н2О va 2 % li eritmasidan qancha miqdorda (g) olinishi zarurligini toping. 2-masala Tabiiy misning 73% Cu va 27% Cu izotoplarining aralashmasidan iborat bo`lsa uning o`rtacha molekulyar massasini aniqlang? 3-masala Tabobatda kalsiy xloridning 5 % li eritmasi qo’llanadi.Shunday eritmadan 150 gramm tayyorlash uchun necha gramm kalsiy xlorid talab etiladi? 4-masala Quyidgi o`zgarishlarni amalga oshiring. Fe – FeO – FeSO4 –Fe2(SO4)3 – Fe(OH)3 – Fe2O3 – Fe Xulosa Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma`lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e`tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi. O`quvchilarga tarbiya berish ularga ta`lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o`z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O`quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo`yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o`quv jarayoni bilan bog`langandir. Yoshlarning g`oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo`lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e`zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag`zi bo`lmog`i lozim. Ushbu malaka ishi taqdimotida qo`llanilgan interfaol usullardan darsda foydalanishning mazmun va mohiyati shundan iboratki, o`quvchilar bilim samaradorligi, fikrlash qobiliyati oshadi. O`qituvchi o`quvchilarni qiziqtirish maqsadida ularni shartli ravishda guruhlarga ajratadi.Bu guruhlar o`rtasida o`zaro musobaqa boshlanadi.Sinov darslari bilimlarni takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish, o`quvchining iqtidori va zakovatini aniqlash,ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish kabi didaktik maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, bitta mashg`ulotda bir nechta pedagogik texnologiya uyg`unlashtiriladi. Shunday qilib texnikoviy ijodkorlik o’quvchilarni ilmiy texnikoviy va umumiy ta`lim fanlaridon olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning tafakkurini rivojlantiradi, mustahkam mexnat ko`nikmalari va malakalarini tarkib topishiga yordam beradi, ratsionalizatorlik o`rgatadi, bilim doirasini kengaytiradi. Sinfdan tashqari ishning bu barcha formalari ko`plab o’quvchilarni jalb qilishga imkon beradi. Tajriba sinfdan tashqari ishning ommaviy formalari yuksak darajada samarali ekanligini tasdiqladi. Ular o’quvchilarning xozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari to`g`risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi va xokazo. Lekin, afsuski ular o’quvchilarni foydali mexnatga, bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmaydi. Shuning uchun o’quvchilar, masalan, tematik kechalarda, sinfdan tashqari ishning boshqa formalarida qatnashish bilan birga biror boshka to`garak ishida xam qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo`ladi. Ba’zi xollarda o`z-o`zidan shunday bo`lib xam qoladi. Chunonchi to`garak a’zolari tomonidan o`z ishlarini namoyish qiladigan ko`rgazmalar tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga ko`p maktablarda e’tibor bilan qaraladi. Ko`rgazmalar doimiy va vaqtincha buladi. Lekin ko`rgazmalar doimiy bo`lgani ma’qulroq. Bunday ko`rgazmalarda o’quvchilar yasagan buyumlar yillar davomida yig`ib boriladi. Ayrim maktablarda xar bir o’quvchining o`zi xaqida biror esdalik qoldirishi xatto an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat texnik mexnatgagina emas, balki qishloq, xo`jaligiga va maishiy xizmatga oid bo`lishi xam mumkin. Ko`rgazma to`garak a’zolari uchun muxim stimul, sinfdan tashqari ishda qatnashishga targ`ib qilishning samarali vositasi xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod “ O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. “ T.: SHarq, 1997. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod “ O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. “ T.: SHarq, 1997. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. “ T.: SHarq, 1999. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // Boshl. ta’l. jurnali. “ Toshkent, 2005. “ №5. 5, 6, 8-9-betlar. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar. Zunnunov va boshq. Adabiyot o’qitish metodikasi. “ T.: O’qituvchi, 1992. Rafiev. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi. “ T.: 2003. G`ulomov. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. ” T.: O’qituvchi, 1992. I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996. Elеktrоn tа`lim rеsurslаri: www.chemistry.ru www.studenty.ru www.Alximik.ru www.tdpu.uz http://chemteq.ru http://collej.ru/chemstry lex.uz multimedia.uz ziyonet.uz Download 52.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling