Sinfdan tashqari ishlar


Kimyoviy kechalarni tashkil etish


Download 52.68 Kb.
bet5/9
Sana29.03.2023
Hajmi52.68 Kb.
#1305591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ostonaqulova Mahliyo

Kimyoviy kechalarni tashkil etish.
Sinfdan tashqari ishlarning yana bir ko’rinishi kimyoviy kechalar bo’lib hisoblanadi. Kimyoviy kechalar muntazam ravishda o’tkazilishi mumkin. Ularning tematikasi turli - tuman bo’ladi. Ba’zilari ma’lum moddalarning (“Suv- oddiy va ajoyib modda”) yoki ba’zi kimyoviy jarayonlarning (“Olov sirlari”) chuqur o’rganilishiga bag’ishlansa, ayrimlari mamlakatning ichki hayoti dolzarb muammolariga (“Kimyo va qishloq xo’jaligi”, “Kimyo va sanoat”, “Vatanimizning tabiiy boyliklari”) bag’ishlanadi. Ayrim kimyoviy kechalarning ishlanmalari va dasturi “Maktabda kimyo” jurnalida berib boriladi.
Kimyogar olimlarning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan kimyoviy kechalar keng ommalashtiriladi.D.I.Mendeleyev, A.M. Butlerov, M.V. Lomonosov, N.N. Zinin, A.P.Borodin, A.Y.Favorskiy, N.D. Zelinskiy, S.Yu. Yunusov, O.S.Sodiqov, H.U. Usmonov kabi kimyogar- olimlarning hayot yo’llari va ilmiy faoliyatlari bag’ishlangan kechalar yoshlarga katta ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ozuqa beradi. 8- martga bag’ishlab kimyogar – ayollarning ilmiy faoliyatlari to’g’risida kechalar tashkil etishi mumkin. Ayniqsa, maktabda qiziqarli kimyoga bag’ishlangan kechalar katta muvaffaqiyat qozonadi.
Maktabda kimyoviy to’garak tashkil etilganligi uchun kimyoviy kechalarni tashkil etish to’garak a’zolari zimmasiga yuklatiladi.To’garakning navbatdan tashqari mashg’ulotida kechaning mavzusi, senariysi muhokama qilinadi va har qaysi to’garak ishtirokchisining vazifasi belgiladi. Kimyoviy kecha tashkilotchilarining quyidagi vazifalarini belgilash mumkin:
  1. Mavzuni tanlash, kechaning dasturini muhokama qilish va uning senariysini ishlab chiqish.Bu bosqichda o’qituvchi yetakchi rolini bajaradi, talabalar esa kimyoviy mavzularda she’rlar va senariy yozadilar, jurnallar va badiiy adabiyotladan materiallar tanlaydilar.


  2. Kechaga kimyogar olimlar va kimyoviy ishlab chiqarishning ilg’or vakillarini taklif etish. Bu vazifa muayyan o’quvchilar guruhiga topshiriladi.


  3. Kimyo fani bo’yicha o’quvchilarning bajargan ishlarining ko’rgazmasini tashkil etish: o’z qo’llari bilan tayyorlagan ko’rgazmali qurollar, asboblar, stendlar, albomlar, chiroyli rasmiylashtirilgan dokladlar, eksperimental materiallar va h.k.. Bu ishlar, albatta, o’qituvchining rahbarligi va ko’rsatmalari asosida bajariladi.


  4. Kimyoviy viktorinalarga tayyorgarlik ko’rish. Savollar eksperimental yoki nazariy yo’l bilan yechilishi mumkin. Savollar o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan tayyorlanadi.


  5. Kechaning badiiy qismiga tayyorgarlik ko’rish: O’quvchilarning badiiy chiqishlari ro’yxati va mazmuni kechaning tematikasiga mos kelishi kerak. Bu borada o’quvchilarga maktab yetakchisi ko’maklashadi.


  6. Kechaning tematikasiga muvofiq keladigan ilmiy-ommabop film yoki videoroliklar tayyorlash: Filmga o’qituvchi buyurtma beradi .Kechada o’quv filmlarni namoyish qilish tavsiya qilinmaydi.


  7. Kecha davomida demonstratsiya qilinadigan kimyoviy eksperimentga o’qituvchi alohida e’tibor qaratishi kerak. Demonstatsiyalarni o’tkazishga chuqur tayyorgarlik ko’riladi.Shuni esda tutish kerakki, eksperiment o’quvchilarning keng jamoasi oldida namoyish qilinadi. Shuning uchun texnika xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish lozim.


  8. Kechaning bezatilishi: rangli afishalar, taklifnomalar, kostyumlar, navbatchilik, ishtirokchilarga esdalik sovg’alari.


  9. Konkurs va viktorinalarni baholash uchun hakamlar tarkibiy shakllantiriladi.Bu tarkibda o’quvchilar, sinf rahbarlari, maktab bosh yetakchisi, sinfdan tashqari ish tashkilotchisi va kimyo fani o’qituvchsi kiradi. Kechaning yutug’i uni olib boradigan boshlovchining mahoratiga ham bog’liq. Shuning uchun boshlovchilikka nomzodni chuqur tanlov asosida aniqlash kerak.



Kechaning davomiyligi 2- 2,5 soat bo’lishi mumkin.U har yili bir marta o’tkaziladi va o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Kimyoviy kecha kimyo haftaligi (dekadasi, oyligi) ning bir bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Keyingi yillarda maktablarda fan haftaliklari, dekadasi yoki oyliklarini o’tkazish keng ommalashib bormoqda. Kimyo haftaligi doirasida oldindan rejalashtirilgan va tayyorlangan istalgan sinfdan tashqari tadbirlarni o’tkazish mumkin. Haftalik boshlanishidan 10 kun oldin maktab foyesida va kimyo kabineti eshigida tadbirlar ro’yxati va dasturi , o’tkazilish sanasi va vaqti osib qoyiladi.Qoidaga ko’ra har kuni bitta tadbir o’tkazish mumkin. Maktab kimyo kechalari to'g'ri tashkil etilsa, kimyo kursining bir qator ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Kimyo kechalari:
a) o'quvchilarni ajoyib va ilmiy jihatdan juda muhim dalillar
bilan bilimlarini boyitadi;
b) o'quvchilarda kimyoga havas uyg'otadi;
d) o'quvchilarga buyuk kimyogarlaming hayoti va ijodiyotini, hozirgi kimyoning muvaffaqiyatlarini va boshqalarni qiziqarli hamda to'laroq tushunishlariga yordam beradi;
e) kimyo havaskorlarining o'z ijodiy ishlarida qo'lga kiritilgan yutuqlarini ko'rsatishning nihoyatda qulay shakli bo'ladi. Maktabda eng ko'p o'tkaziladigan kechalar:
a) qiziqarli kirnyo kechalari;
b) yubiley kechalari;
d) o'quvchilarning ijodiy ishlarini ko'rsatish kechalari;
e) hozirgi kimyo fani va kimyo sanoatining muvaffaqiyatlarini ko'rsatish kechalaridir.
Qiziqarli kimyo kechalari sinfdan tashqari o'tkaziLadigan eng muhim tadbirlarning biridir. Ilg'or o'qituvchilar kimyo kechasini qiziqarli o'tkazish uchun ma'lum bir g'oyani maqsad qilib qo'yadiLar. O'quvchiLar kecha davomida bu g'oyani o'z tinglovchilarining saviyasiga mos ravishda sekin-asta tushuntirib beradilar.
Ilmiy tushunchalami hamda hodisahrning mohiyatini asoslaydilar, har qaysi demonstratsiyani izohlaydilar. Bunday kechada tinglovchilar ko'pdan ko'p qiziqarli faktlar bilan tasdiqiangan bir qator ilrniy qonun-qoida]arni bilib oladilar. Masalan, rangsiz moddalardan turli ranglarni hosil qilish va hokazolar.
Maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kimyo fani va kimyo sanoatining yutuqlarini ko'rsatish kechalarida eng dolzarb mavzular, masalan, «Tabiiy gazdan zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar», «Suvning ajoyib xossalari»,
tinglanadi. Kechani kimyoviy tajribalar bilangina emas, balki boshqa vositalar bilan ham qiziqarli o'tkazish mumkin. O'qituvchilar, masalan: a) kimyoviy viktorina, b) qiziqarli ayniqsa, eksperimental kimyoviy masaialar, krosvordlar, d) «hikoya-topishmoqIar» va boshqalardan samarali foydalanadilar. Bu kechalarda
o'qituvchilar asosiy e'tiborni kimyoning mohiyatiga qaratadilar.
Kechaga kelganlarga beriladigan savollar, masalalar va boshqalarning qiziqarli bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday kechalarning muhim tomoni shundaki, kechadagi hamma jarayonlar o'quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Bu kechalarga o'quvchilar puxta tayyorgarlik ko'radilar. Viktorina savollari, krossvord va masalalar o'quvchilarga oldindan e'lon qilinadi. O'quvchilar darsIiklarni ko'rib chiqadilar, muhokama va munozaralar o'tkazadilar.
“ BUMERANG» METODI ”
Ushbu metod o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`lish hamda dars mobaynida o`qituvchi tomonidan barcha o`quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
O`quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o`quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o`quvchi tomonidan o`z baholarini egallashiga imkoniyat yaratishdan iborat.
Amaliy mashg`ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar. O`quvchi dars jarayonida mustaqil o`qishlari, o`rganishlari va o`zlashtirib olishlari uchun mo`ljallangan tarqatma materiallar (o`tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo`yicha qisqa matnlar, suratlar, ma`lumotlar).
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi.
Ushbu metod bir necha bosqichda o`tkaziladi:
• o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
• o`quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
• o`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;
• berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o`rganiladi;
• har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
• yangi guruh a`zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya`ni bir-birlariga so`zlab beradilar, matnni o`zlashtirib olishlariga erishadilar;
• berilgan ma`lumotlarning o`zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi, ya`ni guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
• yangi a`zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
• darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
O`quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi (yoki opponent guruh) o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so`rov o`tkazadilar;
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to`plagan umumiy ballari aniqlanadi:
• har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi;
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo`yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a`zolari tomonidan to`plangan umumiy ballar yig`indisi aniqlanadi;
• guruhlar to`plagan umumiy ballar guruh a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi.

Mavzu: Akademik litseylarda qo`llaniladigan sinfdan tashqari ishlar


Reja:
1. Sinfdan tashqari ishlar
2. Kimyoviy ekskursiyani tashkil etish
3. Akademik litseylarda qo'llaniladigan sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati Mamlakatimiz mustaqillik sharofati ila «Ta’lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Bu muhim xujjatlarda yoshlarimizga chuqur bilimlar berish bilan birga kasb-xunarga o’rgatishning yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berildi. Bu ulkan va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barcha fan o’qituvchilari qatori kasb ta’limi o’qituvchilari dars jarayonida ma’lum bilimlar sistemasini berish bilan cheklanmasdan, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amalda, ya’ni xayotda tadbiq etilishiga erishmog’i lozim. Bu borada sinfdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlarning ahamiyati juda katta. Chunki dars vaqt jihatidan chegaralangan o’quv rejasidagi bilimlarni berish bilan kifoyalanadi. Kasb ta’limiga oid bo’lgan bilimlarni har bir kollej o’qituvchisi sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirish imkoniyati kattadir. Bularning amalga oshirilishi talabalarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi, puxta va atroflicha bilim bilan qurollantiradi mustaqil va ijodiy fikrlash kobiliyatini rivojlantirishda, qolaversa ongli kasb tanlashida muhim rol o’ynaydi. Ayrim fan o’qituvchilari sinfdan tashqari mashg’ulotlarni darsdan tashqari mashg’ulotlar bilan aralashtirib yuboradilar. Vaholanki, darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida, ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunda sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etadilar. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari talabalarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko’riladigan masalalardan yana biri talabalarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo’llashdan iboratdir. Mehnat ta’lim fanlaridan uyushtiriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar quyidagilarni hal qilishga yordam beradi. Talabalarning fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish: qo’shimcha adabiyotlardan foydalana olish ko’nikmasini o’stirish, mustaqil bilim olish ko’-nikmasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan yakindan tanishtirish, kuzatish va tajribalar o’tkazishga o’rgatish, mustaqil ravishda referat va dokladlar yozishga o’rgatish va h.k. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida xar bir yoshning sanoat korxonalarida va kishloq xo’jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo’lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o’zi egallagan kasblarning mohir ustasi bo’lmog’i shukun talabidir. Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi ham dars jarayonida talabalarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlar bilan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma’lumotlarning hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o’qituvchi sinfdantashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlarda talabalarning fanga bo’lgan qiziqishini bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini xisobga olgan holda, mustaqil ravishda qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim.Mehnat va kasbiy ta’lim o’qituvchisi faqat kasb ta’limi haqida umumiy yo’nalishlar ham berib boradi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda talaba sharoitini hisobga olish muhimdir. Masalan, qishloq maktablarida qishloq xo’jaligi texnikalariga va texnikaviyyo’nalishdagi kasb hunar kollejlari, umumta’lim maktablari sharoitini hisobga olib tashkil etilgansinfdan tashqari mashg’ulotlarning uyushtirilishi yaxshi natijalar beradi.Bunda talabalarda kuzatuvchanlik, olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilish, xulosalar chiqarish, amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish xususiyatlari shakllana boradi. Sinfdan tashqari ishlarda faqat bilim berishga berilib ketmasdan, ishning tarbiyaviy tomoniga jiddiy e’tibor berish lozim. Bu hol hozirgi sharoitda ayniqsa muhim. Talabalarimiz mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi, haqidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim. Sinfdan tashqari mushg’ulotlarda yoshlar turlituman kasbhunarga oid amaliy ishlarni bajarishadi. Masalan, kechalar, uchrashuvlar, ko’rgazmalar tayyorlashi mumkin. Umumta’lim va kasb-hunar kollejlarida sinfdan tashqari mashg’ulotlarning shakllari. Sinfdan tashqariolib boriladigan mashg’ulotlar asosan 3 turga bo’linadi: 
1. Ayrim talabalar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg’ulotlar. 
2. Talabalar guruxi bilan olib boriladigan mashg’ulotlar. 
3. Talabalar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar. 
Ayrim talabalar bilan yakka tartibda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ilmiy ommabop kitoblar o’qish, ko’rgazmali qurollar yasash, kuzatish va tarjribalar o’tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Talabalar guruxi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarda to’garak mashg’ulotlari, fizika, qishloq xo’jaligi texnikalari kabinetlarini jihozlash, devoriy gazetalar, fotomontajlar chiqarish, o’quv filmlari namoyish qilish, albomlar tayyorlash, ekskursiyalar uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Ommaviy mashg’ulotlarga gurux talabalari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg’ulotlarda «Radio kuni», «Fizika va texnika», «Fizika va qishloq xo’jaligi texnikalari», «Fizika-qishloq xo’jaligi texnikalari xaftaligi» kabi kechalar, konferensiyalar, muzokaralar, vektarinalar, qishloq xo’jaligi novatorlari bilan uchrashuvlar o’tkazish, ommabop va badiiy filmlar namoyish qilish tajriba, ekskursiyalar materiallariga asoslangan ko’rgazmalar tashkil etish, o’tkir zexnlilar mushoirasi kabi turlari kiradi. Jadvallardan ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari mashg’ulotlarning xar bir shakllari ko’rsatilgan bo’lib, ular dars bilan uzviy aloqadadir.Bu ishlarning yaxshi samara berishi va ijobiy hal qilinishi uchun ilmiy adabiyotlar bo’lishi zarur. Demak,bizning fikrimizcha quyidagi ilmiy uslubiy adabiyotlarni tavsiya etish mumkin. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan metodik qo’llanmalarida kasb-hunar kollejlarida sinfdan tashqari mashg’ulotlarning shakl va metodlari, ularni o’tkazish usullari hamda ish tajribalari haqida ba’zi bir fikr, muloxazalar bayon qilingan bo’lib lekin, uning to’liq metodik ishlanmasi berilmagan. Fizika-texnikaga oid bo’lgan sinfdan tashqari uyushtirilgan mashg’ulotlarni yuqorida bayon qilingan shaklllari asosida olib borilishi maqsadga muvofikdir. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlarning hammasi birbirini to’ldirib borishi kerak. Ayrim talabalar guruxi bilan yakka tartibdagi, ommaviy mashg’ulotlar o’rtasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas. Chunki, talaba o’zi o’qigan kitobmaqolalar bo’yicha ayrim hollarda o’qituvchiga xisobot berishi yoki konferensiyada, mushoiralarda, kechalarda ma’ruza qilishi mumkin. Ommaviy ishlarda esa ko’rgazmali qurollar tayyorlash, ko’rgazmalar tashkil qilish kinofilmlar ko’rish bilan zaruriy kasblarga qiziqishlari oshishi mumkin. Demak, kasb-hunar kollejlarida uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlarni yuqorida bayon etilgan shaklda olib borishda ishning mazmuniga qarab turli usullardan foydala-niladi. Vaholanki, bajariladigan ishning mazmuni, shakli va qo’llaniladigan me-todlari bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ta’lim-tarbiya ishlarining 
bir butun holda olib borishni ta’min etadi. Umumiy ta’lim va kasbhunar kollejlari-da tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy formalari quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi. Umumiy ta’lim va kasb –hunar kollejlarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning shakllari- Ayrim talabalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar 
-Guruhlarga bo’linib o’tkaziladigan mashg’ulotlar 
-Ommaviy tarzda o’tkaziladigan mashg’ulotlar 
-Refaratlar yozish
- Kurs ishlari loyixalari
- Dokalatlar yozish
-Tugaraklar
-Ekskursiyalar 
Suxbat Kecha Uchrashuv vaKo’rgazma Viktarina Xaftalik Kuzatish 
Bitiruv ishlarini yozish Respublika va viloyat miqyosida olimpiadalarga, ko’rgazmalarga tayyorlash «Ta’lim to’g’risida» gi qonun respublikamizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining huquqiy me’yoriy asoslarini ta’minlab bergan asosiy xujjatdir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasbhunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi, hamda har kimning bilim olishdan iborat bo’lgan Konstitusiyaviy huquqini ta’minlaydi. Ushbu dasturiy xujjatda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun talabalarni kasb-hunarga yo’llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg`ulotlarni samarali o’tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidantalabalarni sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kasb yo’naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish, ikkinchidan, mashg’ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir talabaning individual fazilat va sifatlarini to’laroq e’tiborga olish muhim hisoblanadi. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda kasblar to’g’risida ma’lumot berish, kasbga yo’llash, kasbiy yo’l-yo’riq ko’rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda,talabalarni kasbga yo’naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin. Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o’quv jarayonini loyihalash bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni: 

birinchi bosqichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini, 


talabalarni kasb-hunarga yo’llash ishlari samaradorligini oshirishga ularning 
sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmunini takomillashtirish orqali erishish; 
ikkinchi bosqichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga 
oshirish yo’llarini belgilab olish, ya’ni sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 
talabalar extiyoji va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; talabalarni mashg’ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus 
tanlov metodi bilan uyg’unlashtirish, sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmunini 
tanlashda individual va individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o’rinli 
foydalanish; 

uchinchi bosqichda - sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimi orqali 


talabalarni kasbga yo’naltirish samaradorligini oshirish maqsadida ularning 
shaxs sifatlarini tashxis qilish metodikasini amalga oshirish. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar bir tomondan, dars jarayonining uzviy 
davomi bo’lsa, ikkinchi tomondan talabalarni kasb tanlashga yo’llash 
imkoniyatlarini kengaytiradi va keng yo’l ochib beradi. 
An’anaviy metodikaga ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotlarga talabalar 
ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi lozim. Lekin mashg’ulotlarni tashkil etishning 
ushbu shakli bir qator ijobiy tomonlari bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, tajribalardan ma’lum bo’ladiki, talabalarning sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda bo’lishi, berilgan topshiriq 
va vazifalarni bajarishda intizomsizlik, jamoga aloqador umumiy maqsadlarni 
hurmat qilmaslik kabi salbiy holatlar mashg’ulotlarning samarasiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Mazkur salbiy omil ta’sirini kamaytirish va talabalar extiyojlarini to’laroq 
qondira oladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllaridan foydalanish 
maqsadga muvofikdir. Buning uchun dastlab talabalarning qiziqish doirasini 
belgilab olish hamda ularni kasbga yo’naltirish uchun xizmat qiluvchi 
mashg’ulotlar shaklini to’g’ri tanlash kerak. Buning uchun maxsus test-
so’rovnoma ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir deb o’ylaymiz. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalarning o’z iqtidorini, mustaqil 
ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi. Bu hol o’quv dasturida ko’zda tutilganidan ko’ra 
murakkabroq vazifalar qo’yishga va ularni hal etishga asos bo’ladi. Ixtiyoriylik 
mezonining talab qiziqishlari bilan uyg’un holatda qo’llanilishi talabalar 
tashabbuskorligi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari 
ish jarayonida kasb-hunar ta’limining asosiy vazifalarini bajarish bo’yicha 
yaxshi natijalarga erishiladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi: 
1. Mehnat yoki kasb-hunar ta’limi davomida talabalar olgan bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish; 
2. Unumli mehnatga asoslangan ijodiy faoliyatga talabalarni jalb qilish; 
3. Hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni 
kengaytirish; 
4. Xalq xo’jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga 
tayyorlash; 
5. Mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirish. 
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar turli shakllarda amalga oshirilishi lozim. 
Bir so’z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida talabalarni kasbga yo’naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha shakllaridan foydalanish shubhasiz, samarali natijalarga olib keladi. 
O’qitish jarayonida maktablardagi to’garak mashg’ulotlarida, yosh texniklar stansiyalarida, kasb-hunar kollejlari muassasalarda talabalar ijodiy 
qobiliyatini o’stirish muammosi katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari qishloq xo’jaligi texnikalari bo’yicha talabalar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish umumta’lim predmetlari, mehnat ta’limi o’qituvchilari va to’garak rahbarlari eng muhim vazifasidir, chunki qiziqishlar bo’yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa formalari 
bilan uzviy bog’liq holda shaxsni uyg’un shakllantiradi va kollej bitiruvchilarini 
sanoat hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat 
qilishga tayyorlaydi. O’qituvchilar va texnika to’garagi rahbarlarining ilg’or ish 
tajribasini o’rganish, umumlashtirish hamda tatbiq qilish doimo pedagogika 
fanining muxim vazifalaridan biri bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. 
Bizning ilmiy ishimizda o’qituvchilar va to’garak rahbarlari texnik 
ijodiyot obyektlarini tanlashga ham, talabalar mehnatini moddiy texnik 
jihozlashga ham oldindan sinchiklab tayyorlanishi zarurligiga alohida e’tibor 
berilgan. 

Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling