Sinfdan tashqari ishlar


Xalqaro kimyo olimpiadasi


Download 52.68 Kb.
bet7/9
Sana29.03.2023
Hajmi52.68 Kb.
#1305591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ostonaqulova Mahliyo

Xalqaro kimyo olimpiadasi(International Chemistry Olympiad, ICHO)
Bu olimpiada har yili 20 yoshdan katta boʼlmagan maktab oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladi. Olimpiadaning asosiy maqsadi - dunyo boʼylab maktab oʼquvchilarining kimyoviy fanlarga qiziqishini oshirish.
✅ Har bir mamlakatdan toʼrt nafardan ortiq boʼlmagan oʼquvchilar va ikkita murabbiydan iborat jamoa ishtirok etadi. Ilk marotaba IShO 1968 yilda Chexoslovakiyada boʼlib oʼtgan. Oʼshandan beri olimpiada 1971 yildan tashqari har yili oʼtkazilib kelinmoqda. Dastlabki musobaqada 3 ta davlat jamoalari ishtirok etgan. Uchta ishtirokchi davlatning har biri oltita talabadan iborat guruhni tashkil etgan. Unda 4 ta nazariy vazifalarni bajarish taklif qilingan. Ikkinchi kimyo olimpiadasi 1969 yilda Polshada boʼlib oʼtgan, unda Bolgariya ham ishtirok etgan. Аvvaliga har bir jamoa besh nafar oʼquvchidan iborat boʼlib, bunda eksperimental tur qoʼshildi. Keyin ishtirokchilar sonini toʼrttaga cheklab, koʼproq jamoalarni taklif qilishga qaror qilindi. 1970 yilda uchinchi Olimpiada Vengriyada tashkil etildi. Yildan-yilga ushbu musobaqaning nufuzi ortib, ishtirokchi davlatlar soni doimiy ravishda koʼpayib bordi va hozirgi kunda Xalqaro kimyo olimpiadasida 68 ta davlatdan kelgan jamoa ishtirok etmoqda. Oʼtgan 2019 yilgi Olimpiada Parijda 21-30 iyul kunlari boʼlib oʼtdi. Bu yilgi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2020 joriy yilning 6-15 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston ishtiroki: milliy terma jamoamiz vakillari ushbu olimpiadada ilk bor 2013 yilda qatnashib bitta oltin va ikkita bronza medali sohibi boʼlgan. Shu yildan boshlab terma jamoamiz muntazam ishtirok etib kelmoqda.
📄Nazorat materiallari: Olimpiada ikki bosqichdan iborat:
👉 1-bosqich: eksperimental.
👉 2-bosqich: nazariy savollar.
Ikkala bosqichga ham 5 soatdan vaqt ajratiladi va turli kunlarda oʼtkaziladi. Nazariy turda maksimal 60, amaliy turda 40 ball beriladi. Har bir tur bir-biridan mustaqil ravishda baholanadi va imtihon natijalari yigʼindisi qatnashchining umumiy natijasini aniqlaydi. Har bir ishtirokchi davlatdan ikkita murabbiy xalqaro hayʼat aʼzolari tayyorlagan topshiriqlar muhokamasida qiladi va ularni milliy tiliga tarjima qiladi. IShOda rasmiy ravishda ishtirokchilar individual baholanadilar.

Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling