Синие и оранжевые волны


Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi


Download 267.47 Kb.
bet8/8
Sana09.01.2022
Hajmi267.47 Kb.
#266439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Bugayenko Lyubov

Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

4) juftlab ifodalovchi: juft, para;

5) og’irlikni o’lchaydigan: gramm, kilogramm, sentner, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa, dahsar;

6) uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimetr, santimetr, metr, kilometr, chaqirim, gaz, qarich, quloch, yog’och, qadam;

7) yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, kunlik;

Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

8) vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya…, soat, kun, oy, hafta, yil;

9) maydon o’lchovini bildiradigan: sotix, gektar, tanob;

10) qiymat o’lchovini ifodalaydigan: so’m, tiyin, tanga, miri, paqir.

Bulardan tashkari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, sidra, daf’a.

Sonlarning otlashishi

Gapda otning so’rog’iga javob bo’ladigan va ot kabi ko’plik, egalik, kelishik shakllarida kela oladigan son otlashgan son deb ataladi: beshga, uchni, ikkimiz, ikkinchilar.

Otlashgan sonlar xuddi otlar kabi ega, ot-kesim, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va hol vazifasini bajaradi:

Besh – o’nning yarimi.

Beshni uchga qo’shsa, sakkiz bo’ladi.

Imtihonlar yigirmaninchida bo’ladi.

Sonlarning tuzilish jihatdan turlari

Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:

Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Sodda sonlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: bir, uch;
  • Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o’n uch, bir yuz o’n sakkiz;
  • Juft sonlar ikkita turli o’zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti, o’n besh-o’n olti;
  • Takroriy sonlar bir o’zakning takrorlanishidan tuziladi: to’rtta-to’rtta, ikki-ikki.
  • Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi.

    Tilchi olimlar sakson va to’qson sonlarining sakkiz va o’n, to’qqiz va o’n so’zlaridan tuzilganligini aniqlashgan.

Son tahlili namunasi

  • So’rog’i.
  • Butun yoki kasrligi.
  • Ma’no turi.
  • Hisob so’zi bor-yo’qligi.
  • Otlashgan yoki otlashmaganligi.
  • Tuzilish turi.
  • Gapdagi sintaktik vazifasi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 267.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling