Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi guruh talabasi ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan kurs ishi mavzu
Download 121.22 Kb.
|
Umumiy tayyor 11
Realistik baho shaxsni o’rab turganlar – ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi – referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal, “kumir”) bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho – o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimizning singishi, vatanparvarlik, adolatlilik, fidoiylik sifatlarining shakllanishi va mustaqillik mafkurasiga sadoqat xislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash xislarini rivojlantirmoqda. Bu esa, o’sha milliy o’zlikni anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o’z-o’zini baholash – o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi: -o’z-o’zi bilan muloqot (o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish va o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida); -o’z-o’zini ishontirish ( o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish); -o’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga olish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifati); o’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda o’zida ma’dagi o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o’z-o’zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o’rin tutadi. O’z-o’zi bilan dialog – oddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o’ynaydi. Ye.Klimov bunday dialogning uch bosqichini ko’rsatib o’tadi. shaxs ichki dialogining bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan belgilar keltirilgan. Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqatga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga xolis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o’z “ich-etini yeb tashlaydi”. Bu o’sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir. Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o’rni va funksiyalarini, qadr qimmatini anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib, Vatan tuyg’usini tom ma’noda xis qila olmaydi. Bu ish asosan har bir o’zbek oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush tarzining ajralmas bo’lagiga aylantirish, muloqot madaniyatining Sharqona ko’rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg’unlashtirish, mehnat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish mumkin. Bunda “Men” konsepsiyasi alohida o’rinni egallaydi. “Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etish kiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqilgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo’lgan. “Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qismlarni ajratadi; Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi; Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi; Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi. “Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi. Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos: 1. Real “Men” (“Men kimman”); 2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman). 3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi). Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin. Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi: 1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji; 2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan. 3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja. O’z-o’zini baholash shaxsning markaziy tushunchalariga, ularning mag’ziga taalluqli. U ko’p jihatdan shaxsning ijtimoiy moslashuvini belgilaydi, fe’l-atvor va faoliyat regulyatori hisoblanadi. Albatta, shuni ham unitmaslik kerak, o’z-o’ziga baho berish avvalo-boshdan shaxsga xos obyektiv tushuncha emas.O’z-o’ziga baho berishning shakllanishi ijtimoiylashuv jarayonida, faoliyat va shaxslararo aloqalar jarayonida sodir bo’ladi. Sotsium ko’p jihatdan shaxsning o’z-o’ziga baho berishiga tasir ko’rsatadi. Insonning o’z-o’ziga munosabati insonning dunyoga bo’lgan munosabati tizimidagi eng kechki xulosa hisoblanadi. Ammo shunga qaramasdan (balki aynan shu tufaylidir), shaxsning munosabatlari strukturasida o’z-o’ziga baho berish muhum o’rin egallaydi. O’z-o’ziga baho berish to’g’ridan to’g’ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog’liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish haqidagi bugungi ma’lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o’smirning asotsial va delinkvent fe’li va o’ziga-o’zi baho berishning o’zaro bog’liqligi haqida tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o’z-o’ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko’ra, o’smir – delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o’ziga-o’zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog’liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog’liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma’lum shart – sharoitlarda delingvent fe’l-atvorning namoyon bo’lishiga olib keladi. Shu bilan birga eksperimental ma’lumotlarga asoslangan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud.Ushbu nuqtayi nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish darajasi boshqa o’smirlarga nisbatan pasroq. Teskari natijalar olingan tadqiqotlarning ko’pchiligi esa, ushbu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, metodik nuqtai nazardan to’g’ri emasdir. Bir qator tadqiqotlarda ko’rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o’smirlar bilan shug’ullanuvchi jmoat tashkilotlari e’tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilganidek, yomon “Men” konsepsiyasi (o’ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo’rqish, o’z-o’ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe’l-atvorning buzilishiga olib keladi.Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta’sirlari ajratib ko’rsatiladi. (X.Remshmidt): O’z-o’ziga bo’lgan hurmatning pasayishi va ko’pincha buning oqibatida ijtimoiy tanazzul, agressivlik va jinoyatchilik. Qiyin vaziyatlarda konformistik reaksiyalar stimulyatsiyasi bo’lib, bunday yosh odamlar guruhlarning ta’siriga juda tez tushadi va jinoiy hatti-xarakatlarga kirishib ketadi. Idrokdagi chuqur o’zgarishlar o’zini salbiy baholaydigan yosh insonlar yaxshi ishlar bajarayotganini bazo’r idrok etadi, chunki o’zini bunday ishlarga qodir emasdeb hisoblaydi. Umuman olganda, qayd etib o’tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o’smir qonunbuzarning o’ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma’lumotlarda ma’lum qarama-qarshiliklar ko’zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo’lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj dolzarblashadi. Ko’rib chiqilayotgan muammoga va hosil bo’lgan qarama-qarshilikka boshqa konseptual pozitsiyalaridan ham qarasa bo’ladi. Taxmin qilish mumkinki, o’smir qonunbuzarlarning o’z-o’ziga baho berish muammosida eng asosiy narsa yuqorilik yoki pastlik emas, balki ularning o’z bahosi sotsiumning bahosi bilan qarama-qarshiligi, tashqi bahoga (ota-onalar, pedagoglar,sinf) mos emasligidir. Bu jihatdan baho xar doim shaxsiy bahodan pastroqdir (agar u tog’ri bo’lsa ham).O’smirning delinkventlikka, asotsial fe’liga turtki mana shunda ko’rinadi. Download 121.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling