Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi guruh talabasi ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan kurs ishi mavzu


O’smir shaxsining ijtimoiylashuvida o’z –o’ziga baho berishni qishloq hududida yashovchi o’smirlarda o’rganilishi


Download 121.22 Kb.
bet7/9
Sana28.02.2023
Hajmi121.22 Kb.
#1235828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumiy tayyor 11

2.2. O’smir shaxsining ijtimoiylashuvida o’z –o’ziga baho berishni qishloq hududida yashovchi o’smirlarda o’rganilishi
Ijtimoiy jihatdan moslashgan o'smirlar o'zlarini faol hayotiy pozitsiyani egallash, yuqori kayfiyatda bo'lish, hayot qiyinchiliklarini mutlaqo engib bo'lmas darajada qabul qilish, muammolar va kamchiliklarga berilib ketish, o'ziga ishonish, o'zini ijobiy baholay olish va hayotni yuqori darajada sevish deb ta'riflaydilar. Ular yuqori hissiy sezgirlik, engil qo'zg'aluvchanlik, tez-tez kayfiyatning o'zgarishi, egotsentrizm, kattalar (ota-onalar va muhim boshqalar) bilan muloqotda bezovtalik, haddan tashqari tanqid va o'ziga ishonch, boshqalarning baholariga befarqlik va yolg'izlik hissi, o'z nuqtai nazarini boshqalarnikiga qarama-qarshi qo'yish moyilligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy mu hitning qarshiligi ko'pincha ularning g'azabini qo'zg'atadi, ular osonlik bilan paydo bo'ladi, lekin tezda hissiy "portlashlarni" o'tkazadilar. Ular o’zlarida bo’lib o’tayotgan bu kabi o’zgarishlarni ba’zan to’g’ri tushunib yetmaydilar ,shuning uchun ham ularda ko’p hollarda atrofdagilar hususan ota-onalari bilan kelishmovchiliklar , nizoli vaziyatlar ko’p uchraydi , ular endi yosh bola emasliklarini, uni erkin qo’yishlarini unga tanbex berish shart emasligini bildirishadi . Lekin bazan ota-onalar bolalardagi bu o’zgarishlarni to’g’ri qabul qila olishmaydi yaxshi bir gapni ikki qila olmaydigan farzandi endi unga gap qaytaredigan bo’lib qolganini tushunishmaydi bu esa muammoli vaziyatni yuzaga keltirib , bolaga qattiq gapira boshlaydilar shu holat esa kelishmovchilikga sabab bo’lib , bolada ota-onam meni tushunmedi degan hulosaga kelishiga sabab bo’ladi .
O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi,shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi,balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi. Ya’ni nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega.
Bu kabi holatlarni o’rganish va oldini olish maqsadida biz o’smirlarda test va so’rovnomalar o’tkazdik.
Ijtimoiylashuv jarayonidagi o’smir shaxslarni “Men” konsepsiyasi , o’ziga bo’lgan ishonchi va o’zini o’zi qadrlashini o’rganish maqsadida, qishloq hududida istiqomat qilayotgan o’smirlardan Rossiyalik psixolog Afanasyeva Rimma Axatovna tomonidan o’smir o’quvchilar ishlab chiqilgan “O’ziga bo’lgan ishonch” va “ O’zini o’zi qadrlashi ” metodikalaridan foydalandik.
“O’zini –o’zi qadrlash” metodikasi 10 ta savoldan “Ha” , “Yo’q ” javoblaridan iborat , tasdiq javob uchun 1 ball , inkor uchun 0 ball beriladi .”O’ziga bo’lgan ishonch ” metodikasi esa 20 ta savoldan iborat. Yuqorida biz aynan manashu ikki metodikani shahar hududida yashovchi o’smirlardan olingan test natijasini berdik, endi bu ikki metodikani qishloq hududida istiqomat qiluvchi o’smir qiz va o’g’il bolalardagi natijalarni ko’rib chiqamiz ( 12 ,13, 14 yoshli o’smir qiz va o’g’il bolalar quyida ilovada 2-jadvalda berilgan.)
“O’zini–o’zi qadrlash“ metodikasi natijalariga ko’ra 25 nafar o’g’il bolalardan 32 % o’ziga nisbatan yuqori baxo berishlari, 44 % o’rta baxo berishlari, 24 % o’ziga past baxo berishi aniqlandi.

Past baxo bergan o’smirlar bilan suxbat olib borganimizda ularning aksariyati oilada o’rta farzandligini ota-onasi akasi va ukasiga ko’proq e’tibor berishlarini bu esa ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishini aytib o’tdilar. O’qituvchilari bilan olib borgan suxbatdan shu narsa aniq bo’ldiki past natija qayd etilgan o’smirlar namunali hulqli bo’lsalarda darsga ishtiyoqmand emasliklari , yaxshi bilim olishmasligi , maktabga hech qandey motivlarsiz kelib ketishlari aniqlandi .Bundan ko’rinib turibdiki o’smir bola ikki holarda o’zida nisbatan past baxo beradi :
Birinchidan ota-onasi unga e’tibor qaratmasa ;
Ikkinchidan aqliy taraqqiyoti yetarli bo’lmasa ya’ni maktabda yaxshi o’qimasa
Shu ikki holat o’smirning ongida hayotda hech narsaga erisha olmayman , bu qo’limdan kelmaydi degan hulosaga kelib qolishiga bevosita sabab bo’ladi.









Download 121.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling