Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi guruh talabasi ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan kurs ishi mavzu
Download 121.22 Kb.
|
Umumiy tayyor 11
Bob yuzasidan xulosa.
O’smirlarda ijtimoiylashuv jarayonlarida “Men” konsepsiyasi aspektlarini o’rganish uchun qishloq va shaxar hududlarida yashovchi o’smir va qizlardan test olindi . Dastlab shaxar hududidagi o’smir yigit va qizlarning O’zini o’zi qadrlashi va O’ziga bo’lgan ishonchini aniqlashga qaratilgan metodikalardan foydalanildi, unga ko’ra shaxardagi o’smir o’gil bolalarning bolalardan 38 % o'ziga nisbatan past baxo beradi, 62 % esa yuqori baxo berib o’zini – o’zi hurmat qilishi qadrlashi aniqlandi. “O’ziga bo’lgan ishonch” metodikasi natija taxlillariga ko’ra 23,5 % o’ziga nisbatan ishonch, masuliyatlilik, mustaqillikga ega, 76,5 % o’ziga nisbatan ishonch hissi o’rtacha ekanligi aniqlandi. Huddi shu yoshli shaxardagi o’smir qizlarning 29 nafar qiz bolalar “O’zini –o’zi qadrlash“ metodikasi natijalariga ko’ra 48 % o’ziga nisbatan yuqori baxo berishadi, 52 % o’smir qizlar esa o’zlariga nisbatan past baxo berishlari aniqlandi O’zini–o’zi qadrlash ( 20 ta savoldan iborat) metodikasi natijalari quydagilar : o’smir qizlar 48 % o’ziga nisbatan ishonch, masuliyatlilik, mustaqillikga ega, 24 % o’smir qizlar o’rtacha o’ziga ishonch va mustaqillikga ega, 28 % o’smir qizlarimizda esa o’ziga ishonch hissi past ekanligi aniqlandi. Bunda o’gil bolalarda o’zini–o’zi qadrlash qizlarga qaraganda yuqoriroq ekanligi, aksincha o’ziga ishonch metodikasida qizlarning o’ziga ishonch hissi baland ekanligi aniqlandi. Bu metodikalar huddi shu yoshli qishloq huhudida istiqomat qiluvchi o’smirlardan ham olindi natijalar quydagicha : “O’zini–o’zi qadrlash“ metodikasi natijalariga ko’ra 25 nafar o’g’il bolalardan 32 % o’ziga nisbatan yuqori baxo berishlari 44 % o’rta baxo berishlari, 24 % o’ziga past baxo berishi aniqlandi. "O'ziga bo'lgan ishonchni o'zini o'zi baholash" testi (20 ta savolli) 25 nafar o’g’il bolalardan 32 % o’ziga ishonch mustaqillik va masuliyatlilikka ega, 56 % o’smir o’g’il bolalar o’rtacha o’ziga ishonch va mustaqillikga ega 12 % o’smir bolalar esa o’ziga ishonchi past ekanligi aniqlandi. Xulosa. Shaxsning shaxs bo’lib shakillanishida ijtimoiylashuv jarayoni muhim axamiyatga ega bo’lib inson jamiyatning to’laqonli azosi uning bir qismi bo’lishi o’zining o’rniga egaligi ,biror bir mehnat faoliyati bilan shug’illanishi zaruriy aspekrlardan biri sanaladi .Buning uchun esa yoshlik davrda oiladan boshlab to maktab davri o’smirlik va o’spirinlik davriga qadar bolalarni sotsializatsiya jarayoni bo’lib o’tadi. Bu ijtimoiylashuv jarayonida esa shaxsning “Men” konsepsiyasi ya’ni o’ziga bo’lgan baxosi muhim o’rin tutadi . Bilamizki “Men” konsepsiyasi 3 yoshdan asta shakillanib boradi va aynan o’smirlik yosh davrining eng muammoli va krizisli pallasiga yetganda eng yuqori bosqichga chiqadi buning omillari sabablari turlicha bo’lib o’smirlikda turli o’zgarishlar o’zini huddi kattalardek his qila boshlash ,yosh bola emasligini kattalarga ko’rsatib qo’yishga intilish, tengdoshlaridan ortda qolmaslikga urinish eng asosiysi esa hamma narsani qila olishiga ishonish o’ziga nisbatan yuqori baxo berish,alturizmdan uzoqlashib egoizmning kuchayishi yana boshqa bir omillar sabab bo’lishi mumkin. O’smirlik davrida “ Men” konsepsiya o’zining eng kulminatsion cho’qisiga chiqishi natijasida ijtimoiylashuv jarayonida biroz muammaoli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin masalan: Birinchidan o’smir bola yoki qiz o’zi bilan o’zi bo’lib qolishi ; Ikkinchidan atrofdagilarga nisbatan bepisandlik ; Uchinchidan hech kimni yoqtirmasligi ; To’rtinchidan yolg’iz qolishni xoxlashi, bunga intilishi ( bazan ota –onasiga uni tinch qo’yishlarini so’rashi mumkin. ) Beshinchidan hech kimga yoki hech nimaga qo’shilmasligi mumkin. Bu kabi holatlar o’smir bolalarda uchraydigan jarayon hisoblanadi manashu davrda o’smir bola jamiyatda uzilib qolishi sotsializatsiya jarayoni biroz sekinlashishi uyda qolib ketish holatlari ko’p kuzatiladi. Bunday vaziyatga o’smir yigit yoki qizga qattiqqo’llik qilmaslik, taziq o’tkazmaslik, biroz erkin bo’lishiga imkon berish maqsadga muoviq bo’ladi , chunki bu o’tkinchi bir vaziyat bo’lib vaqt o’tishi bilan o’smir o’zi buni tushunib yetadi. O’tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijasida bola shaxsi ontogenezining turli bosqichlarda o’zini-o’zi anglash jarayoni turlicha kechishi, lekin o’smirlik yosh davri ushbu bosqichlar orasida o’ziga xos ahamiyat kasb etuvchi davr ekanligini, bunda turli ijtimoiy institutlar orasida oila va undagi sog’lom munosabatlar muhitining ahamiyati katta ekanligini asoslangan . Bunda oilani tashkil etuvchi asosiy subyektlar - erkak va ayolning ota-onalik hamda er-xotinlik rollari va maqomlari boladagi eng asosiy ijtimoiy tasavvurlar, jumladan, o’zi haqidagi tasavvurlar va yaxlit “Men” konsepsiyasining shakllanishida alohida o’ziga xos rol o’ynaydi. Ya’ni bolani o’zini-o’zi anglash jarayoni, uning rivojlanishi, avvalo, o’zini-o’zi anglash subyektlari sifatida ota-onalarning o’ziga xos xulq-atvoriga bog’liq. Ota-onalarning maskulinlik-femininlik darajasi, ularning jinsiy o’zini-o’zi anglashi va oilaviy rollari adekvat - mos bajarilishi boladagi o’z jinsi va unga oid bo’lgan barcha tasavvur va tushunchalarning paydo bo’lishida muhim omildir. “Men” konsepsiyasi besh tarkibiy qismdan iborat bo‟lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar konsepsiyasi, yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins konsepsiyalari kiradi va ular o’ziga xos iyerarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog’liq tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchi bo’ladi. Aynan o’smirlik davrida esa “Men ” konsepsiyasining ijtimoiy muhit tuzilmasi katta axamiyatga ega bo’lib unda o’smirning ijtimoiylashuv jarayonida o’ziga bo’lgan baxosi va o’ziga bo’lgan ishonch hissi muhim aspertlardan biri bo’ladi. Download 121.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling