Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi guruh talabasi ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan kurs ishi mavzu


Download 121.22 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi121.22 Kb.
#1235828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumiy tayyor 11

Bob yuzasidan xulosa.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligiga ham bog’liq. Maktabga o’qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo’lgan va unga turli talablar qo’yiladigan - o’quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo’lmog’i lozim. Bolaning endi o’zini katta bo’lganini, bog’cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor bo’lgan o’quvchi bo’lishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan shug’ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o’qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Har bir bola jamoaga qo’shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Eng qiyin davr sifatida etirof etiluvchi o’smirlik davri bolada “ Men” konsepsiyasining eng baland bo’lgan davrni ham ifodalaydi ,aynan shu davrda bolalar o’zlariga nisbatan juda yuqori baxo berishlari , ba’zan yon atrofidagi insonlarga nisbatan bepisand bo’lishlari ham mumkin. Bu davrdagi “Men” konsepsiyasining aspekrlari bo’lib abbalo ota-ona , oila mahalla, maktab va do’stlari bo’ladi. Oilada olayotgan tarbiyasi , maktabda berilayotgan bilim va ko’nikmalar bolalarning o’z- o’zlarini anglashlari o’zlariga real baxo berilishida katta xizmat qiladi. Biz ushbu bobda o’smirlardagi “Men” konsepsiyasi haqida to’xtalib o’tdik. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, olimlar tomonidag olib borilgan tatqiqiqotlar o’smirlik davrida bolaning o’ziga bo’lgan ishonchi , o’ziga bergan baxosi, qo’lidan barcha ish kelishiga ishonchi boshqa yosh davriga qaraganda biroz yuqoriroq bo’ladi.
II BOB. O’SMIR SHAXSINING IJTIMOIYLASHUVIDA “MEN” KONSEPSIYASINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARINI AMALIY AHAMIYATI
2.1. O’smir shaxsining ijtimoiylashuvida o’z –o’ziga baho berishni shahar hududida yashovchi o’smirlarda o’rganilishi
Yuqorida aytib o’tganimizdek o’smirlik davri va undagi bolaning o’ziga bo’lgan ishonchi, ”Men ” konsepsiyasi uning ijtimoiylashuv ya’ni sotsializatsiya jarayonida muhim axamiyat kasb etadi. Insonning shaxs bo’lib shakillanishi uni hayotda o’z o’rniga ega bo’lishida ijtimoiylashuv jarayoni katta axamiyatga ega.
Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho«Men» - obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi.Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin.Ya’ni bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi,shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi,balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi. Ya’ni nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhireferent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi.
O’z-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarningboshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi.
Aynan shu ijtimoiylashuv jarayonidagi o’smir shaxslarni o’ziga bo’lgan ishonchi va o’zini o’zi qadrlashini o’rganish maqsadida Rossiyalik psixolog Afanasyeva Rimma Axatovna tomonidan o’smir o’quvchilar uchun ishlab chiqilgan “O’ziga bo’lgan ishonch” va “ O’zini o’zi qadrlashi ” metodikalaridan foydalandik.
“O’zini –o’zi qadrlash” metodikasi 10 ta savoldan “Ha” va “Yo’q ” javoblaridan iborat, tasdiq javob uchun 1 ball, inkor uchun 0 ball beriladi.
Biz Farg’ona shaxar 20- sonli umum ta’lim maktabining 50 nafar o’smir o’gil va qizlardan asosan 12,13, 14 yoshli o’quvchilarda yuqoridagi ikki so’rovnomani o’tkazdik. Olingan natijalar 1-jadvalda berilgan. ”O’zini–o’zi qadrlash “ metodikasi natijalarga ko’ra o’smir yoshidagi o’gil bolalarning 21 nafar o’smir o’g’il bolalardan 38 % o'ziga nisbatan past baxo beradi, 62 % esa yuqori baxo berib o’zini–o’zi hurmat qilishi qadrlashi aniqlandi.




O’ziga nisbatan past baxo beruvchi o’smirlar bilan suxbat olib borilganda ularning barchasi ota-onalari tomonidan yetarlicha e’tibor berilmagan va otasi boshqa davlatda mehnat faoliyatini olib borayotgani sababli ular bilan deyarli suxbatlashmasligi , bolasining qiziqlari bilan hisoblashmasligi faqatgina bolasini moddiy tomondangina ta’minlab qo’yganligi aniqlandi. Aynan manashu oilaviy muhit sabab bola o’ziga nisbatan past baxo bermoqda.
”O’ziga bo’lgan ishonch” metodikasi natija tahlillariga ko’ra 21 nafar o’smir o’g’il bolalarning 5 nafar ya'ni 23,5 % o’ziga nisbatan ishonch, ma’suliyatlilik, mustaqillikga ega, 16 nafari 76,5 ya’ni % o’ziga nisbatan ishonch hissi o’rtacha ekanligi aniqlandi.



Download 121.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling