Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi kurs ishi Ro‘yhatga olindi “Sifat menejmenti ” fanidan
Sifat menejmenti tizimi va menejment tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va ularga talablarni belgilovchi xalqaro standartlar
Download 258.23 Kb.
|
Niyozova Shohida
Sifat menejmenti tizimi va menejment tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va ularga talablarni belgilovchi xalqaro standartlar
Sifat menejmenti tizimi (SMT)ning samaradorligi va muvaffaqiyatligi ISO 9000 standartida bayon etilgan sifat menejmentining sakkizta tamoyilini tushunish va undan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liqdir. Ulardan eng muhimi beshinchi tamoyil – menejmentga tizimli yondashuv bo‘lib hisoblanadi. Tizimli yondashuvda barcha qiziquvchi tomonlaming talablarini qanoatlantiruvchi integrirlangan sifat menejmenti tizimi zaruriyati yuzaga keladi. Shuning uchun ham oxirgi vaqtda turli xil tashkilotlarda SMT integrirlash bo‘yicha ishlar faol rivojlanmoqda. Tashkilotlarda turli xil menejment tizimlarini birlashtirish to‘g‘risida masalalar oxirgi yillarda ISO 9001 standarti talablariga muvofiq SMT joriy etish va ulami sertifikatlashtirish keng ko‘lamda “ommaviy” amalga oshirilmoqda. Biroq, bunday birlashtirish uchun faqat ISO 9001 standarti nashr qilinganidan so‘ng keng e’tibor qaratilmoqda. Menejment tizimlarini integratsiyalashga intilish bir qanda korxonalarda SMT bilan birga ekologik boshqaruv, mehnat xavfsizligi tizimlarini joriy etib va sertifikatlashtirib hamda buning asosida sifat sohasidagi boshqa qiziqishlar va biznesni takomillashtirish modeli o‘zlashtirildi. Jahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me’yorlashga yagona yondashuvni ishlab chiqdi. Ko’rsatma beradigan hujjatlar pog’onalarining piramidasi rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat va uni ta’minlash usullarini davlat tomonidan tartibga solish shakli sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari . Ilmiy – texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotning sifati milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda. Barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarda jahon bozorida mahsulotning sifati, raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish yo’llari faol izlanmoqda. Jahonning uch yetakchi mintaqasi: AQSH, Yaponiya va G’arbiy Yevropa misolida sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko’rib chiqamiz. Global sanoat salohiyatining katta qismi yo’q qilingan ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda hamma davlatlarda keng iste’mol mahsulotlarining yuqori tanqisligi yuzaga kelgan. AQSH ning hududi to’pga tutilmagan yoki quruqlikdagi janglar maydoniga aylanmagan. Sobiq askarlarning uyiga qaytishi natijasida butun dunyoda ortgan ehtiyojlarni qondirish uchun AQSH sanoati tez o’sib, muzlatgichlar, televizorlar, avtomobillar va radiopriyomniklarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqara boshlagan. 40 – 50 – yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati past edi. Faqat rejalashtirilgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor berilgan. Sifatning past darajasi oqibatida sarflanadigan katta harajatlar AQSH sanoati uchun jiddiy muammoga aylangan. Namunaviy Amerika korxonasining barcha joriy harajatlarining 20 – 25%i mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash va bartaraf qilishga sarflangan. Boshqacha aytganda, korxona ishchilarining chorak qismi hech narsa ishlab chiqarishmagan – ular birinchi safar noto’g’ri bajarilgan ishlarni tuzatishgan. Agar bunga korxonadan chetga chiqqan va bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni ta’mirlash yoki almashtirib berish harajatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda past darajadagi sifat oqibatida sarflanadigan umumiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining 30 va undan ko’p foizini tashkil qiladi. Download 258.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling