Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi kurs ishi Ro‘yhatga olindi “Sifat menejmenti ” fanidan


Download 258.23 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi258.23 Kb.
#1566200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Niyozova Shohida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI FAKULTET
MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
Kurs ishi

Ro‘yhatga olindi “Sifat menejmenti ” fanidan
_____
____”____ 2022 yil
Mavzu: "________________________________________________"
K U R S I SH I
Himoya hay’ati a’zolari
1._________________________ Bajardi: 5-kurs MC-61guruh
2._________________________ talabasi _____________________
3._________________________ Ilmiy raxbari : ________________

TOSHKENT-2022


Reja:


Kirish

  1. Sifat menejmenti tizimini rejalashtirish

  2. Sifat menejmenti tizimi va menejment tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va ularga talablarni belgilovchi xalqaro standartlar

  3. Sifat menejmenti tizimida jarayonlarning turlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mahsulotlar va xizmatlaming sifati masalasi korxonaning nufuzini, rivojini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshhhgi belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda mahsulot sifatini boshqarish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi va sifatni ta’minlash masalalari korxonaning doimiy siyosati darajasida ko‘- rilishi bozorda o‘zining muqim o‘miga ega bo‘lish, strategik hamkorlik va iste’molchilar bilan faoliyat olib borishning garovi sanaladi.
Zamonaviy sharoitda Sifat masalalari hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida insoniyatning hayot tarzini, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlik omillari dolzarb ahamiyat kasb etishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotida va unga о‘tish davrida jamiyat rivojlanishining barqarorligi va iqtisodiy turg'unligini ta’minlovchi omil tarzida ham ko‘riladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot va xizmatlar sifatini xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish hamda korxona va tashkilotlarda xalqaro standartlami keng joriy qilish respublikamiz eksport salohiyatini oshirishning muhim va strategik omillaridan biridir. Iqtisodiyotni rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro standartlami joriy qilish bo'yicha hukumatimiz tomonidan qator chora va tadbirlar amalga joriy qilinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yiI 22- iyuldagi 349-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”,
2006-yil 29-avgustda 183-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi,
2009-yil 19-iyuldagi №173-sonli “Xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini respublika korxonalariga joriy etishni kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari shular jumlasidandir. Mazkur qarorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlaming tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini yanada oshirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadi ko‘zda tutilgan bo‘lib, respublikamiz korxonalarida sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, ulami doimiy takomillashtirish va samaradorligini oshirishga tashkiliy, uslubiy va texnik-iqtisodiy yondashishlami talab etadi. Qabul qilingan qarorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar sifati masalalarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda tashkil etish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab berilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
- Respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiqfeo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish;
- ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, joriy etish, sertifikatlashtirish bilan bog'liq jarayonlaming tizimli momtoringini olib borish;
- xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan korxonalarni rag'batlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va hokazo. Shu bilan birga qabul qilingan qarorlarda xalqaro standartlarga mos ravishda sifatni boshqarish tizimlarini yaratish va joriy etish bilan birga bu ishlami yuqori saviyada olib borish maqsadida, kadrlar tayyorlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan.



  1. Download 258.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling