Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi kurs ishi Ro‘yhatga olindi “Sifat menejmenti ” fanidan
Download 258.23 Kb.
|
Niyozova Shohida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoning turli mintaqalarida standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan davlatlar misolida)
- qaror
1 jadvalDunyoning turli mintaqalarida standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan davlatlar misolida)
AQSH ning ko’plab mutaxassislari past sifatni Amerika mahsuloti uchun mehnat unumdorligi va uning raqobatbardoshligi o’sishining asosiy to’sig’i deb baholashgan. Sifat darajasini oshirish yoki mag’lub bo’lish – Amerika sanoati uchun boshqa muqobil yo’l bo’lmagan. Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan. Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning avtomobilь, po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini himoyalash yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy masadga aylangan Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qaralgan. SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni rivojlantirishga qaror qilingan: ishchilarni motivatsiyalash; sifat to’garaklari; statistik nazorat qilish usullari; xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish; sifat harajatlarini hisobga olish; sifatni oshirish dasturlari; moddiy rag’batlantirish; AQSH da 80 – yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug’i bo’ldi. O’sha davrda AQSH da E. Demingning ikkita kitobi: “Sifat, unumdorlik va raqobatbardoshlik” va “Inqirozdan chiqish” nashrdan chiqqan. Bu monografiyalarda “14 qoida” nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o’rin olgan bo’lib, ular umumiy sifat (Total Quality) ning asosini tashkil qilgan. AQSHda sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida resurslar, salohiyat, qadr – qimmat va yuqori ish haqi to’lanadigan yuqori pog’ona rahbariyati mavjud. Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko’ra, “sifat – yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir”. Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi o’zidan oldingi ishchi mahsulotlarining iste’molchisi hisoblanadi. SHuning uchun, har bir ishchining vazifasi navbatdagi ishchini qoniqtirishdan iborat. Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo’nalishga aylandi. AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Malьkolьm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi. Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilamiz: matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini qattiq nazorat qilish; miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati; firmani boshqarishni takomillashtirish. Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSH ning Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu o’z navbatida yagona, global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi. Download 258.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling