Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63 §. Odamdagi irsiy kasalliklar
molekular genetik usul yordamida odam genomini tash-
kil etuvchi DNk molekulasida joylashgan genetik axborot (infor - ma tsiya) – genlar tuzilishi va funksiyasi tadqiq qilinadi. Biokimyoviy usul. odamda uchraydigan juda ko‘p patologik holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o‘zgarishlar yuzaga kelishiga bog‘liq bo‘ladi, buni tegishli bio- kimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qand- li diabet kasalligining sabablari o‘rganildi. Bu kasallik me’da osti bezi ning odatdagi faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, bu bez qon- ga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko‘payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida chuqur o‘zgarishlar ro‘y beradi. 1. Geneologik usulning mohiyati nimadan iborat? 2. egizaklar usulini mohiyati nimadan iborat? 3. Sitogenetik usul orqali nimalar o‘rganiladi? 4. Biokimyoviy usul yordamida nimalar o‘rganiladi? http:eduportal.uz 171 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM 63 §. Odamdagi irsiy kasalliklar Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoq- da. odatdan tashqari o‘zgarishlar va kasalliklar genotipga bog‘liq- dir. odamlar populyatsiyasida 2000 dan ortiq irsiy kasalliklar nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan. odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo bo‘lish sabablarini hamda davolash usullarini tibbi- yot genetikasi o‘rganadi. Tibbiyot genetikasining dolzarb vazifalari quyi dagilardan iborat. 1. odamlarda mutatsiyalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash. ularni yuzaga keltiruvchi omillar jumlasiga odam irsiyati- ga salbiy ta’sir etuvchi radiatsiya nurlari, har xil kimyoviy mutagen moddalar, qoradori, nasha kabi narkotik moddalar, spirtli ichim- liklar kiradi. 2. Irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash metod- larini yaratish. Tibbiyot genetikasi irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash uchun bir qator tezkor immunologik, biokimyoviy, sitogenetik va boshqa usullarini ishlab chiqdi. Masalan, fenilketonuriya, raxit, polimiyelit kasalliklarni har xil dori-darmonlar yordamida davolash yo‘llari topildi. Tibbiyot genetikasining ahamiyati, ayniqsa insoniyat tarixi ning hozirgi davrida beqiyos ortib bormoqda. Chunki yer kurrasida- gi ekologik muhitning keskin yomonlashayotgani va undagi fizik-kimyoviy mutagen omillarning barcha organizmlarga, jum- ladan, odam nasliga o‘ta salbiy ta’sir etayotganligi tufayli, ularda irsiy kasalliklar ko‘payib bormoqda. Irsiy kasalliklarni o‘rganish, ular ning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish sohasidagi tibbiyot genetikasining mas’uliyati va ahamiyati yana- da ortmoqda. Irsiy kasalliklar shartli ravishda ikkiga: gen va xro- mosoma kasalliklariga ajratiladi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling