Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin  
1-g u r u h g a
1. Ot so‘z turkumining grammatik ma’nosini ayting.
2. Otlarning yasalishini tushuntiring.
3. Nutqda otning o‘rni va ahamiyati haqida gapiring.
4. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ayting.
5. So‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjudligining nima ahamiyati bor?
6. Yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasini ayting. 
7. Kelishik shakllari o‘rtasidagi sinonimiya qanday bo‘ladi? 
8. Ko‘makchi va kelishiklar sinonimiyasini tushuntiring.
2-g u r u h g a
1. Ot so‘z turkumining morfologik xususiyatini ayting.
2. So‘z yasovchilar o‘rtasida antonimiya bo‘ladimi?


3. Sof ko‘makchilarni kelishik bilan almashtiring.
4. Qaratqich kelishigiga ta’rif bering.
5. Kelishiklarning qo‘llanishiga ta’rif bering.
6. Harakat — holat oti qanday bo‘ladi?
7. Qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigi farqini ayting.
8. Sintaktik usul bilan ot yasalishi deganda nimani tushunasiz? 
3-guruhga 
1. Bir kelishik qo‘shimchasining o‘rnida ikkinchisini ishlatish 
mumkinmi?
2. Atoqli otlarni turdosh otlarga aylantiring. 
3. Sifat turkumiga oid so‘zlardan hosil qilingan atoqli otlarni ayting. 
4. Fe’llardan hosil qilingan atoqli otlarni yozing. 
5. Ikki yoki undan ortiq o‘zakdan hosil bo‘lgan atoqli otlarga misollar 
keltiring. 
6. Vosita ma’nosini bildiruvchi kelishik qo‘shimchalari bilan 
ko‘makchilar orasidagi sinonimiyani misollar bilan tushuntiring. 
237-mashq. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping va ularni izohlang. 
HADIS NAMUNALARIDAN 
Rahmli va mehribon tangri nomi bilan
Rasululloh alayhissalom aytadilar: 
Ilmni o‘rganib, so‘ng uni boshqalarga o‘rgatmaslik go‘yoki mol-u 
dunyoni yig‘ib, uni sarf qilmay, ko‘mib qo‘yish bilan barobardir. 
* * * 
Qaysi bir xalqning ichida jinoyat va gunoh ish qiluvchilardan ko‘ra 
qilmaydiganlar ko‘p va kuchli bo‘la turib ularni tiyib qo‘ymasalar 
Тangrining ofati hammalariga barobar bo‘ladi. 
* * * 
Inson farzandi yaratilganda yonida o‘limning 99 sababi ham birga 
yaratiladi. Agar u shu o‘limlardan xalos topib yashasagina, unga qarilik 
nasib etadi. 


* * * 
Odamlar bilan murosa-yu madorada bo‘lish ham sadaqa hisoblanur. 
Garchi o‘zlaringiz amal qilmasangiz-da, odamlarga amri ma’ruf 
qilaveringlar va garchi o‘zlaringiz saqlanmasangiz-da, yomon ishlardan 
boshqalarni qaytaraveringlar. 
* * * 
Foydali ilmlarni o‘rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so‘rab, har 
bir narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. 
* * * 
Bemorni ko‘rgani borganda uning peshanasiga qo‘lni qo‘yib hol-ahvol 
so‘rash barkamol ziyorat hisoblanadi. Qo‘l berib ko‘rishib salomlashish 
mukammal bo‘ladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling