Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

238-mashq. Franklinning dono fikrlarini o‘qing. Otlarning uslubiy 
xossalariga diqqat qiling. 
— Ishingni qamchila, toki ish seni qamchilay boshlamasin.
— Qunt — omadning onasi. 
— Yerga engashganning qomati oliftaning bo‘yidan balandroq. 
— Qo‘shnining uyidan o‘z vaqtida ket, to u sendan bezib ketmasin. 
— Qarzini o‘z vaqtida qaytaradigan kishi — boshqalarning hamyoniga 
xo‘jayindir.
— Qabrga kirganda to‘yib uxlab olarsan. 
— Erta turib, erta yotish — sog‘lom, boy va dono qilur.
— Bitta bugun ikkita ertagi kunni bosadi.
— Ko‘proq rohat topay desang, undan nariroq qoch.


— Eng yaxshi xizmatkoring bo‘lishini istaysanmi? Unda o‘zingga 
o‘zing xizmat qil.
— Oz-oz tejalib, katta-katta sarmoya hosil bo‘lur. 
— Bitta o‘choqqa o‘tin g‘amlashdan ko‘ra ikkita o‘choq qurish 
yengilroq. 
— Dastlabki maylni yengish undan keyin keladiganlarini qondirishdan 
osonroq. 
— Nafsing bilan maslahat qilishdan avval hamyoning bilan kengash.
— Ishlaydigan kalit doim yaraqlab turadi. 
— Barcha bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan 
apoq-chapoq bo‘l. 
— Yalqovlik — xuddi zang: ishlab — to‘zganga qaraganda tezroq 
yemiradi.
— Bahona izlaydigan ustaning usta ekani shubhali. 
— Ishni nazorat qilmaslik — ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday 
gap. 
— Uch marta ko‘chish bitta yong‘in bilan teng.
— Arraning qiрig‘i mayda, ammo chinorni qulatadi.
— Hayitgacha qarz olsang, ertaga hayit deyaver.
— Maslahat berish mumkin-u g‘ayrat berib bo‘lmaydi. 
1. Тiyilish — to‘yib ketguncha yemaslik, kayf bo‘lguncha ichmaslik. 
2. Sokinlik — faqat o‘zingga yoki boshqalarga foyda keltirish mumkin 
bo‘lgan so‘zlarni so‘zlash, quruq gaplardan qochish. 
3. Тartib — har bir buyumni o‘z joyida saqlash; har bir mashg‘ulotga 
muayyan vaqt ajratish. 


4. Qat’iyat — nimani qilish lozim bo‘lsa, so‘zsiz shunga kirishish
kirishilgan narsani esa so‘zsiz bajarish. 
5. Тejamlilik — pulni faqat yaxshilik keltiradigan ishlarga sarflash, 
ya’ni hech narsani isrof qilmaslik. 
6. Mehnatsevarlik — vaqtni bekor o‘tkazmaslik; har doim foydali biror 
ish bilan mashg‘ul bo‘lish; har qanday befoyda mashg‘ulotdan voz kechish. 
7. Samimiyat — yolg‘on yoki aldov bilan hech kimga zarar 
keltirmaslik, solih va adolatli fikr yuritish; bu tamoyillarga gapirganda ham 
amal qilish. 
8. Adolat — hech kimga zarar keltirmaslik; adolatsizlik qilmaslik va 
zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay qo‘ymaslik.
9. Me’yor — hech narsada haddan oshmaslik; adolatsizlik tufayli 
tug‘iladigan alam tuyg‘usini imkoni boricha tiyish. 
10. Ofiyat — badan bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymaslik; kiyinish va turar 
joyda orastalikka amal qilish. 
11. Xotirjamlik — arzimas narsalar hamda odatdagi yoki muqarrar 
holatlardan hayajonga tushmaslik.
12. Donolik.
13. Kamtarlik — Suqrotga taqlid qilish. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling