Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 239-mashq. O‘qing. Ot so‘z turkumiga xos so‘zlarni toping va ularni 
belgilang. 
Aziz farzandlar! Siz o‘z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko‘z 
qarog‘larisiz. Ammo, unutmang: tanbal, daqqi, bezori, sharobxo‘r, g‘irrom, 
fosiq, giyohvand, fahsh kishi ma’naviy nogiron degan so‘z. Unga hech 
kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q. O‘zi uchun, qorni uchun yashab, nafs 
gadosi bo‘lib yurganlar jamiyat uchun «ortiqcha odamlardir». 
Azizlar! Fan cho‘qqilarini egallang. Тokim ilmiy taraqqiyotda biz faol 
«iste’molchi» emas, faol bunyodkorlik maqomini qo‘lga kiritaylik. 
(G‘aybulloh as-Salom) 
240-mashq. Sirojiddin Sayyidning «Vatan nadir?» she’rini ifodali 
o‘qing. So‘ng she’rni nasriy bayon qiling. 
VAТAN NADIR?
Vatan nadir — anglang ranj-u ozoridan,


So‘rang uni Mirzo Bobur mozoridan.
O‘z zuryodin haydab gulshan, gulzoridan,
Dovonlarda bag‘ri biryon yurt edi bu.
Dilni o‘rtar hamon g‘am-u g‘urbatlari,
Yot ellarda qolib ketdi turbatlari,
«Fig‘onkim...» deb o‘tdi qancha furqatlari,
Yorkentlarda ko‘zi jayron yurt edi bu.
O‘zi gulday o‘g‘lonlarin saylab berib,
Nomlarini ro‘yxatlarga joylab berib,
Cho‘lponlarin o‘zi itday boylab berib,
Izlaridan o‘zi giryon yurt edi bu.
Kelgandi nom borki bunga kelib ketgan,
Cho‘ntaklari tillolarga to‘lib ketgan,
Yana xoksor el ustidan kulib ketgan
Mehmoni ko‘p, mute mezbon yurt edi bu.
...Nadir millat qudratining tamadduni?
Amir Тemur haykalidan so‘rang buni,
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
Bir sultonni Xudo yurtga qarab bergay,
Olam ahli so‘ng u yurtga taraf bergay,
Abadiyat qadar unga sharaf bergay,
Sharaf-shoni ro‘yi jahon yurt bo‘ldi bu!
(Sirojiddin Sayyid) 
Ayrim so‘zlar izohi: turbatlari — tuproq, yer, ziyoratgoh, maqbara, 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling