Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

248-mashq. Ko‘chiring, sifatlarning ma’nodoshlarini topib yoniga yozib 
bering. 
Namuna: 1. Yoshlardan yurak jo‘shqinligi, qalb qo‘ri, bilak kuchi, teran 
(zukko, yuksak) aql-idrok talab qilinadi. (G‘aybulla as-Salom) 2. 
Auditoriyaga qomatini tik tutgan, xushbichim, o‘ziga yarashgan kastum-
shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to‘n kiygan, oyog‘ida zamonaviy 
tufli, bo‘ynida chiroyli galstugi, ko‘zida tilla gardishli ko‘zoynagi bor, kalta 
mo‘ylov qo‘ygan, moshrang do‘ppili kishi viqor bilan kirib keldi. 
(B. Do‘stqorayev) 3. Kattaqo‘rg‘on suv ombori o‘nlarcha chaqirimlarga 
cho‘zilib, kengayib zumrad ko‘l kabi adirlar o‘rtasida yoyilib yotadi. 4. XX 
asr ikkinchi yarmida dunyoning ijtimoiyot bilan juda jiddiy va juda chuqur 
shug‘ullanadigan qismida «globalizm» degan tushuncha vujudga keldi. (I. 
G‘afurov) 5. Aldov, makr, xiyonat bilan hokimiyat tepasiga kelgan 
bolsheviklar ishonuvchan xalqlarni bir umrga tutqunga olish, johil bo‘lib 
qolish, mehnatdan boshi chiqmasligi, o‘zligi, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli 
haqida o‘ylamasligi uchun ozmuncha sa’y-harakat qilishmadi. 6. Chet 
ellarda vatandoshlar ona yurt haqida ko‘zidan yosh, titroq hayajon bilan 
gapirishlari, bir siqim tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyo qilishlari haqida o‘qigan, 
eshitgan edik, o‘zimiz guvoh bo‘ldik, deydi Anvar. (S. Umirov) 7. 
O‘zbekiston deb atalmish bizning mamlakatimizda mohir jurnalistlar 
anchagina. 8. Shayx Jaloliddin Kubrodek ulug‘ zotlar, Sulton Jaloliddin 
Manguberdidek bahodir farzandlar timsolida boshlangan va yarim asr 
davom etgan Vatan ozodligi uchun kurash ona xalqimiz uchun nihoyatda 
og‘ir kechdi. (M. Abdullayev) 
 
Тayanch tushunchalar 
sifat, sifatlarda ma’nodoshlik, shakl belgisi, xususiyat belgisi, rang 
belgisi, maza-ta’m belgisi. 
 
 
 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling