Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Javoblar
1. - gina qo‘shimchasi jarangsiz undoshdan so‘ng -kina tarzida bo‘ladi. 2. -be, -ba, -li, -siz qo‘shimchalari. 3. Quroq, kattaroq so‘zlari. 4. Oddiy va orttirma darajadagi sifatlar. 5. Тub, yasama sifatlar, oddiy darajadagi sifatlar. 6. -be, -ba kabi sinonimlari bor. 7. Poyonsiz, cheksiz so‘zlaridagi -siz. 8. Yasama sifat. 9. Keskir, topqir, chopqir. 10. Yaxshi — sifat, xushfe’llik, yomonlik, hurmat, nafrat — ot. Тopshiriq. Siz nutqiy tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan tushuntiring. 261-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘ngra undagi sifatlarni alohida yozing, har birining ma’nosini, gapdagi vazifasini, darajasini, sodda yo qo‘shmaligini belgilang. 1. Naddoflar ko‘chasining o‘ng tomonida kattakon karvonsaroy bo‘lib Jome’ va Ark ko‘chasining boshida qad ko‘targan serhasham madrasa bilan ajoyib bir uchlikdan iborat silsila tashkil qilar, bir-biriga mutanosib husn qo‘shardi. 2. Bir necha diltortar bo‘lmalarda yoshgina cho‘rilar, hurliqoday kanizaklar turardi. 3. Abu Bakr Kalaviyning eng ezgu amoli — kishi ko‘nglini olish, miskinli qalbini farahbaxsh etish, o‘ziga ziyon bo‘lsa-da, o‘zga dilini ovlashdir. 4. Baland bo‘yli, shoptmo‘ylov bir yigit Abu Bakr Kalaviy oldida xuddi tol oldidagi terakday serrayib turardi. Yoniga qilich emas, uzun pichoq osib olgandi... «Barvasta qomatli, jussador, fil uning salobati oldida xartumini yerga qo‘yadi...» — o‘yladi Abu Bakr Kalaviy. 5. Poshshoying shulmi? — so‘radi nopisandlik bilan Ahiy Jabbor. 6. Тolibi ilmlarga shul narsa ayon bo‘lsinkim, bir bebaho risola, risolayi majmua bordir, ilmga dil berganlar o‘shani topmaklari lozim. 7. Risolada Arastu, Al- Farobiy, Ibn Sinolarning bebadal asarlari jam bo‘lmishdir... 8. Qizning ochiq chehraligi, uning oyday jamoliga mahliyo bo‘lgan yigitni yana ham o‘rtantirib yubordi. 9. Qizda husn-u malohatdan boshqa ifodalab bo‘lmas bir sehr-jodu ham mujassam ekan, bunga yigitning imoni komil edi. (Muhammad Ali) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling