Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Yasama sifat nima va qanday vositalar yordamida sifat yasaladi? 
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi deganda nimani 
tushunasiz? 
3. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni bir-biri bilan almashtirib 
bo‘lmaydigan holatlarni ayting. 
254-mashq. Uyga topshiriq. O‘qigan badiiy asaringizga taqriz yozing. 
Unda yasovchi qo‘shimchalarni ham ishlating. 
255-mashq. Тalabalarga eslatma! 
1. O‘z nutqingizda keng iste’molda bo‘lmagan so‘zlarni ko‘proq 
ishlating.
2. Yetarli darajada so‘z boyligiga ega bo‘ling.
3. Gapda so‘zlarni o‘rinli va me’yorida ishlating, gapni grammatik 
jihatdan to‘g‘ri tuzing, tasviriy vositalardan unumli va o‘rinli foydalaning.
4. Тo‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qiling. 
5. Matn yaratish qobiliyatini o‘zingizda mujassam eting.
6. Matnni tahlil qilishga o‘rganing. 
7. Mushohada malakasiga ega bo‘ling.
8. So‘z ma’nodoshlaridan unumli foydalaning. 
Aziz talaba! Og‘zaki va yozma nutq jarayonida yuqoridagi ko‘nikma va 
malakalarga ega bo‘lgan tinglovchigina so‘z xazinasining durdonalaridan 
oqilona foydalana olgan bo‘ladi. 
Тopshiriq. Yuqoridagi fikrlarga amal qilib, «Bir qultum suv» mavzusida 
matn tuzing. Bu grammatik o‘yin-topshiriq «Matnni davom ettiring» deb 
ataladi. (Har bir talaba bittadan gap yozib, bog‘lanishli matnni davom 
ettiradilar.) 
Тopshiriqni bajarganingizdan so‘ng esa matnda ishlatilgan sifat so‘z 
turkumiga e’tibor bering va uning ostiga bir chiziq chizing. 
256-mashq. Sifat yasovchi qo‘shimchalardagi antonimlik munosabatini, 
shuningdek, ularning ma’nodoshini ham ayting. O‘quv xonasidagi birinchi 


qator insondagi ijobiy fazilatlarni (rostgo‘y, kuyunchak), ikkinchi qator shu 
so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolari — salbiy fazilatlarini (yalqov, 
yolg‘onchi) topadilar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling